So’nggi yangiliklar

18:06Деку ва Флик ҳозирда Рэшфорд трансферини кўриб чиқмаяпти. "Барса" Диасга эътибор қаратмоқда  0 17:30"Сен буни ўқийсан". Жотанинг энг яқин дўсти ҳалок бўлган футболчига мактуб ёзди  2 16:40"Интер" ва "Галатасарой" Чалханоглу трансфери бўйича музокараларни бошлади  0 16:10Ўзини тополмаган ўнлик: Биринчи давранинг омадсиз трансферлари   10 15:51Расман: Кайл Уокер янги клубга ўтди  0 15:16Дюмфрис Англия топ клубига ўтиши мумкин  0 14:41Жота ва гуллар  8 13:46"Арсенал" баскетболчи учун 80 миллион евро тайёрламоқда   2 13:08Нико Уильямснинг товон пули миқдори маълум бўлди  10 12:27"Ливерпуль" Жотанинг оиласига футболчи билан шартнома бўйича тўлиқ суммани тўлаб беради  10 12:00Лунин қарор қилди  2 11:28МЮ ва "Арсенал" товон пули 85 млн евро бўлган "Интер" футболчисига қизиқмоқда  1 11:02Жасур Абдураимов Биринчи лига жамоаси бош мураббийига айланди  5 10:20"Истанбул Башакшехир" Шомуродовнинг трансфери учун қанча сарфлаши маълум  10 09:48"Насаф" қизиқаётган Ратиньонинг товон пули маълум  12

Farhod Abdullaev OFKning 47ta davlati bo'yicha hakamlar maslahatchisiga aylandi Yangiliklar

Farhod Abdullaev OFKning 47ta davlati bo'yicha hakamlar maslahatchisiga aylandi

Teglar :  Farhod AbdullaevOFK
OFK nazoratchisi, shuningdek OFK hamda FIFA instruktori hisoblangan o'zbekistonlik Farhod Abdullaev Osiyo Futbol Konfederaciyasi taklifiga ko'ra qitaning 47ta mamlakatida hakamlar maslahatchsi sifatida ish boshladi.

Yangi loyihaga ko'ra, Farhod Abdullaev hakamlar departamenti hamda qo'mitalari ishini yaxshilash ishlariga ko'maklashadi, shuningdek hakamlik bilan bog'liq boshqa masalalarda mahalliy hakamlar va nazoratchilarga yordam beradi.

Takidlash lozim, Farhod Abdullaev Tailand Futbol Associyaciyasi taklifiga ko'ra Bankok shahrida mahalliy Futbol associyacisi hakamlar departamenti vakillari bilan uchrashdi. Mazkur loyihaning ilk bosqichi hisoblangan Tailandda Farhod Abdullaev Tailand Futbol Associyaciyasi hakamlar qo'mitasi tuzilishida ishtirok etdi. SHuningdek, Abdullaevning maslahatiga ko'ra, mazkur qo'mita muntazam ravishda hakamlar va nazoratchilar uchun seminarlar tashkil etilishi kelishib olindi. OFK hamda Tailand Futbol Associyaciyasi hamkorligiga ko'ra, Abdullaev Tailandda o'tkaziladigan navbatdagi seminarlarda intsruktor sifatida ishtirok etishiga kelishib olindi.

Malumot uchun, Farhod Abdullaev ayni kunlarda Malyziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida ilk bor tashkil etilayotgan hakamlar ekspertlari seminarida ishtirok etmoqda. Osiyo Futbol Konfederaciyasi tashabbusiga ko'ra, ilk bor tashkil etilayotgan seminarda 17 nafar hakamlar nazoratchilari ishtirok etishdi. Ushbu seminarda, qitada hakamlar saviyasini oshirish masalalari muhokama qilindi, shuningdek, hakamlar va nazoratchilar faoliyatini yaxshilashga qaratilgan bir qator dasturlar ishlab chiqildi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика