Farhod Abdullaev OCHL–2017 turniri 3-turida hakamlar nazoratchisi bo'lib ishlaydi
06 mar 2017 12:53
Yangiliklar
Farhod Abdullaev OCHL–2017 turniri 3-turida hakamlar nazoratchisi bo'lib ishlaydi
Osiyo futbol konfederaciyasi (OFK) OCHL–2017 turniri “D” guruhi 3-turidan o'rin olgan “Al-Vahda” (BAA) – “Al-Hilol” (Saudiya Arabistoni) uchrashuviga rasmiylarni tayinladi.
Uchrashuv bosh hakami – yaponiyalik Ryuji Sato. Unga qanotlarda hamyurtlari Toru Sagara va Xiroshi Yamauchi yordam beradi. To'rtinchi hakam vazifasi ummonlik Holid Marhun Sulaymon al-SHaqsiga yaklatildi.
O'zbekistonlik FIFA va OFK instruktori, OFK hakamlar departamenti maslahatchisi va texnik eksperti Farhod Abdullaev mazkur o'yinda hakamlar nazoratchisi bo'lib ishlaydi. Bangladeshlik Anvarul Haq uchrashuv komissari etib tayinlandi.
“Al-Vahda” – “Al-Hilol” uchrashuvi 14 mart kuni Abu-Dabi shahridagi Al Nahyan Stadium maydonida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
13:03
O'zbekiston U-20 bosh murabbiyi Farhod Nishonov: "Bizdan yangi "Husanov"larni qidirishmoqda" 3
Fikrlar