Farhod Abdullaev Klublar o'rtasidagi jahon chempionatining ilk uchrashuvida ishlaydi
04 fev 2021 10:37
Yangiliklar


Farhod Abdullaev Klublar o'rtasidagi jahon chempionatining ilk uchrashuvida ishlaydi
Ayni kunlarda Qatar poytaxtida Klublar o'rtasidagi jahon chempionati oldidan ushbu turnirda faoliyat olib boruvchi hakamlar uchun seminar mashg'ulotlari o'tkazilmoqda.
14 ta mamlakatdan 26 nafar hakamlar ishtirok etayotgan mashg'ulotlarda o'zbekistonlik Farhod Abdullaev ham qatnashmoqda.
Hamyurtimiz Xorxe Larriond (Urugvay), Oskar Ruis (Kolumbiya) va Mayk Van Der Rost (Gollandiya) bilan mashg'ulotlar o'tkazyapti.
Abdullaev jahon chempionatining ochilish o'yini «Tigres» (Meksika) va "Ulsan Hyunday" (Janubiy Koreya) bahsida inspektor sifatida ishlaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar