Farg'onada xalqaro turnir boshlandi
20 okt 2019 10:01
Yangiliklar
Farg'onada xalqaro turnir boshlandi
Ushbu musobaqaning dastlabkisi 2018 yilda Qirg'izistonning Batken shahrida o'tkazilgan edi. Farg'ona vodiysi jamoalarining bu yilgi bahslariga Farg'ona shahri mezbonlik qilmoqda. 19-21 oktyabr kunlari o'tkaziladigan turnir davomida usta jamoalar bilan bir qatorda yoshlar jamoalari ham o'zaro bahslashadilar. Turnirda Qirg'iziston Respublikasidan Batken, Osh viloyatlari, Tojikiston Respublikasidan Sug'd viloyati va mamlakatimizdan Farg'ona, Andijon va Namangan viloyatlari jamoalari ishtirok etmoqdalar.
Kecha qardosh Respublikalardan kelgan futbolchilar davlatimiz chegara postlarida tantanali, bayramona tarzda kutib olindilar. Kechaning o'zidayoq yurtimiz vakillari o'yinlarga kirishdilar. Unda ustalar jamoasidan “Neftchi” Andijonning “O'zTongXonKo” jamoasini 2:0 hisobida, yoshlar o'rtasidagi o'yinlarda esa farg'onalik yoshlar andijonlik tengqurlarini 5:3 hisobida mag'lubiyatga uchratdilar. SHuningdek, kecha qo'shni Respublikalardan kelgan yosh futbolchilarga Farg'ona shahrining diqqatga sazovor joylariga ekskursiya tashkil etildi.








O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Реал Сосьедад"га мағлуб бўлди
ЕЧЛ. "Будё Глимт" ўз уйида "Манчестер Сити"ни ишончли тарзда мағлубиятга учратди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бор аламини "Монако"дан олди
Ҳусниддин Алиқулов учун мавсум якунланди. Футболчи Жаҳон чемпионатида иштирок эта олмайди
Fikrlar