So’nggi yangiliklar

14:43Воҳа дербиси олдидан "Машъал"да катта йўқотишлар  1 14:15"Ювентус" узумзор акс этган формасини тақдим этди  1 13:42Суперлиганинг 21-турини ўтказиб юборадиган футболчилар рўйхати  0 13:19Роналду 30га кирганидан сўнг Португалия сафида 89 та гол урди  9 12:37Ибраима Конате "Ливерпуль"га уч марта "йўқ" деди. Клуб унинг "Реал"га ўтишига кўниб бўлди  8 12:15Бразилия ЖЧ саралашида 5-ўринни эгаллади – бу тарихидаги энг ёмон натижа  3 10:56Ла Лигада ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  6 10:30ФИФА президенти Қатардаги портлашларга муносабат билдирди  12 10:02Қизил карточка, эҳтимолий пенальти ва четлатиш. "Алё, рэф!" ҳакамларнинг Ўзбекистон - Эрон учрашувидаги қарорларини таҳлил қилди  29 09:37Эшитдик-да тасдиқланди. Шерзод Игамбердиев расман ЎФАдан кетди  18 09:11Суперлига. Бугун ФИФА кунларидан сўнг навбатдаги турга старт берилади  6 08:40Криштиану Роналду яна бир рекордни такрорлади  11 08:10U-23 Осиё кубоги. Финал босқичига йўл олган барча жамоалар номи маълум  14 07:48ЖЧ масаласини ҳал қилган Бразилия ва Аргентина мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  0 01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  17

Farg'onada sog'lom turmush tarzini targ'ib etuvchi futbol musobaqasi bo'lib o'tdi Yangiliklar

Farg'onada sog'lom turmush tarzini targ'ib etuvchi futbol musobaqasi bo'lib o'tdi

Teglar :  Farg'ona
5 oktyabr kuni Farg'ona shahrida joylashgan “Atletik” sport majmuasida Davlat xizmatlari agentligi Farg'ona viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan tuman va shahar DXM hodimlari o'rtasida “Davlat xizmatlari agentligi sog'lom turmush tarafdori” shiori ostida futbol musobaqasi bo'lib o'tdi.

Ushbu sport tadbirini tashkillashdan bosh maqsad mutaxassis va hodimlar o'rtasida sport madaniyatini yanada rivojlantirish, ularning salomatliklarini mustahkamlashdan iborat.

Qura tashlash marosimidan so'ng tadbirning rasmiy ochilish marosimida, avvalo, O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi.

Tadbir avvalida so'z olgan DXA Farg'ona viloyati boshqarmasi rahbari Rano Boyqo'zieva bugungi kunda shu sohada olib borilayotgan ulkan o'zgarishlar va islohotlar, ularning zamirida xalq manfaati va ularga yaratilayotgan qulayliklar haqida to'htalib o'tdi. -Albatta, yaxshi dam mehnatga samara big'ishlaydi, -dedi o'z so'zida R.Boyqo'zieva. -SHuning uchun ham bugungidek sport bayramlarini hodimlar o'rtasida tez-tez tashkilashni niyat qilganmiz. O'ylaymanki, bu kabi sport tadbirlari ertangi ish kuningiz, va oilaviy hayotingizda ijobiy samara berishiga ishonaman.

Murosasiz kechgan bellashuvlarda tumanlardan kelgan barcha jamoalar faol ishtirok etdi va bellashuvga puxta tayyorgarlik ko'rganliklarini o'yinlar davomida isbotlashdi.
Demak, kuchli uchlikni band etgan jamoalar bilan tanishamiz:

1-o'rin Farg'ona tumani DXM jamoasiga nasib etdi. Ular jo'shqin futbol o'ynini namoyish etishib barcha jamoalardan ustun ekanliklarini isbotlashdi. 2-o'ringa Farg'ona shahar DXM jamoasi munosib deb topildi. Buvayda hamda Uchko'prik birlashgan futbol jamoasi esa 3-o'rin bilan kifoyalanishdi.

G'oliblikni qo'lga kiritgan jamoalar bilan birgalikda  “Eng yaxshi xujumchi”, “Eng yaxshi himoyachi”, “Eng yaxshi to'purar”, “Eng yaxshi darvozabon” naminaciyalari bo'yicha jamoalar  vakillari ham esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика