So’nggi yangiliklar

18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  3 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  1 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  2 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  3 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  10 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2

Farg'onada "Mehribonlik uylari" tarbiyalanuvchilari o'rtasida futbol uchrashuvi o'tkazildi Yangiliklar

Farg'onada "Mehribonlik uylari" tarbiyalanuvchilari o'rtasida futbol uchrashuvi o'tkazildi

Bugun Farg'ona shahridagi "Istiqlol" stadioni maydonida "Mehribonlik uylari" tarbiyalanuvchilari o'rtasida futbol uchrashuvi tashkil etildi.

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va sport musobaqalarini o'tkazish orqali do'stona aloqalarni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan mazkur futbol uchrashuvida Marg'ilon va Qo'qon shaharlaridan tashrif buyurgan "Mehribonlik uylari" tarbiyalanuvchilari ishtirok etdilar. Farg'ona viloyati hokimligi, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, viloyat xalq talimi boshqarmasi hamda viloyat futbol associaciyasi tashabbusi ostida tashkil etilgan futbol uchrashuvi O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan tasdiqlangan qoidalar asosida o'tkazildi.

Qiziqarli va gollarga boy tarzda o'tgan bahsda Marg'ilon  shahridan tashrif buyurgan "Mehribonlik uyi" tarbiyalanuvchilari qo'qonlik tengqurlarini 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdilar.

Musobaqa yakunida mazkur futbol uchrashuvi ishtirokchilariga mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan diplom va esdalik uchun sovg'alar topshirildi.

SHuningdek, futbol uchrashuvi yakunida Farg'ona futbol akademiyasining 2005-yilda tug'ilgan futbolchilari respublika chempionligini qo'lga kiritganliklari uchun viloyat hokimligining maxsus sovg'alari topshirildi.


Bekzod Tolibov tayyorladi


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика