So’nggi yangiliklar

14:26Исак унга бўлган қизиқишлар фонида "Ньюкасл"даги йиллик маошини сезиларли даражада ошириб олмоқчи, аммо...  1 14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  0 13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0 13:23"Like Cup" якунланди: "Ал Бадр" - чемпион!   1 13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  7 12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  16 12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  2 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2 11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  5 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  13 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   4 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  24 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  6

Farg'ona vodiysi kubogi. "Qo'qon-1912" so'nggi daqiqalarda o'tkazib yuborilgan gol tufayli “Neftchi"ga mag'lub bo'ldi Yangiliklar

Farg'ona vodiysi kubogi. "Qo'qon-1912" so'nggi daqiqalarda o'tkazib yuborilgan gol tufayli “Neftchi"ga mag'lub bo'ldi

Farg'onada bo'lib o'tayotgan “Farg'ona vodiysi kubogi" xalqaro futbol musobaqasi doirasida bugun Qo'qon shahrining "Qo'qon-1912" va Farg'onaning "Neftchi" jamoalari o'zaro kuch sinashishdi.

"Istiqlol" stadionida bo'lib o'tgan mazkur uchrashuv qiziqarli va keskin kurashlarga boy tarzda o'tdi. Ikkinchi bo'limga hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda "Neftchi"ning 77-raqamli futbolchisi, zahiradan o'yinga qo'shilgan Islombek Karimov qo'qonliklar darvozasiga gol kiritib, hisobni ochdi - 1:0.
SHu tariqa, “Neftchi” futbolchilari bugungi bahsda g'alaba qozonishdi va musobaqa finaliga yo'llanma olishdi.

Farg'onaliklarga finalda Qirg'izistonning "Nur-Batken" jamoasi raqiblik qiladilar.

“Farg'ona vodiysi kubogi” xalqaro turniri

“Neftchi” – “Qo'qon-1912” – 1:0 (0:0)

Hakamlar:
Doston Mirzaraimov, Ahror Rahmatov, Oybek Azamjonov, Mahmud Rustamov.

Gol: Islom Karimov – (90+1).

"Neftchi”: 21. Farrux Turdaliev, 7. Islom Toshpo'latov, 13. Jamshid Qobilov, 15. Mirjamol Nematov, 17. Mansur Saidov, 19. Alisher Abduvohidov, 20. Dilyor Irmatov, 28. Javohir Rasulov, 88. Jafar Ismoilov, 98. Jamshid To'raqulov, 99. Ibrohim Numonov.
Zaxira: 16. Xurshid Muhammadov, 35. SHerzod Abduraimov, 14. Abdujalil Manazarov, 26. Bobur Isroilov, 27. Sardor Mirzashoev, 32. Nodir Yuldashev, 33. Dilshod Umrzoqov, 38. Ibodjon Abelfazov, 77. Islom Karimov.

"Qo'qon-1912”: 1. Islom Abdullaev (12. Muhammadali Sobirov – 88), 4. Sobit Sindarov (7. Ramz Isaqov – 74), 5. Hojimat Erkinov (11. Ibrohim Muxtorov – 75), 9. Zafar To'raev (14. Barhayot Saidahmadjonov – 55), 16. Jasur Hasanov (19. SHahzod Mamurjonov – 70), 21. Timur Usmonov, 27. Doniyor To'lashev, 70. Murod Xolmuhammedov, 72. Alisher Samatov, 91. Otabek Haydarov (20. Abror Usmonov – 55), 99. Dilshod Baratov (17. SHukur Mo'minov – 75).

Bekzod Tolibov tayyorladi






Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика