So’nggi yangiliklar

17:11ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Ўзбекистон – Қатар. Таркиблар маълум  30 16:42"Бавария" келгуси мавсум учун уй формасини намойиш этди  3 16:12"Арсенал" футболчисини "Крузейро"га сотди  0 15:38Шомуродовнинг устози Италия терма жамоаси бош мураббийи бўлиши мумкин  3 15:09"Ал Насср" Испания терма жамоаси футболчисига қизиқмоқда  0 14:43Ислом Иномов "Бунёдкор"ни тарк этди  2 14:14Хурсандчиликдан кейинги "бўшлиқ"ни тўлдириши лозим бўлган Кападзе севимли услубига қайтадими?!  30 14:00Тариқ Салмон: "Рақибимиз ўз юртбоши кўз ўнгида мағлуб бўлишни истамайди"  4 13:43"Манчестер Юнайтед" ярим ҳимоячиси жамоани тарк этди  2 13:15Бекзод Маматқулов Ўзбекистон футзал федерациясида йиғилиш ўтказди. Унда Элибоев, Свиридов, Раҳматов ва бошқалар қатнашди  1 12:49Қамчибек Ташиев ЎФА раҳбариятини Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧга чиққани билан табриклади  5 12:27Мешал Баршам: "Ўзбекистон ҳурматга сазовор жамоа"  7 12:00Тариқ Салмон: "Биз Эрон ва Ўзбекистонни мағлуб этган ягона жамоамиз. Рақиб ҳамон мундиал йўлланмасини нишонламоқда"  22 11:40Бугун Осиё Кубогига саралаш ўйинлари бўлиб ўтади  1 11:20Қосимовнинг жарима зарбалари, Аҳмедовнинг суперголи ва "Бунёдкор"даги 5:1. Ўзбекистон ва Қатар терма жамоаларининг ўзаро ўйинлар тарихи  5

“Farg'ona viloyati hokimi kubogi-2018” kundaligi: To'rtinchi kun Yangiliklar

“Farg'ona viloyati hokimi kubogi-2018” kundaligi: To'rtinchi kun

Farg'onadagi xalqaro musobaqaning to'rtinchi kuni ham ortda qoldi. Kecha “B” va “S” guruhlarida navbatdagi ikkinchi tur o'yinlari o'tkazildi.

Unda bir qator kutilmagan natijalar qayd etilganini aytish joiz.

“TOSHLOQ” GURUH PESHQADAMI

Toshliqlar ham “Viloyat hokim kubogi-2018”da muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda. Aziz Mamajonov shogirdlari “B” guruhidagi birinchi uchrashuvda “Neftchi-2” jamoasini 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi.

Yagona gol Jahongir Yusubjonov hisobiga yozildi.

“Viloyat hokim kubogi-2018”
“B” guruhi
2-tur
“Toshloq” – “Neftchi-2” – 1:0
Gol: 
Jahongir Yusubjonov.
“Toshloq”: G'ani Qobiljonov, Lochin Isroilov, Jahongir Yusubjonov, Mirkomil Asqaraliev, Doston Tursunzoda, Salohiddin Ortiqov, Sardor Soipov, Zafar Tursunov, Jasur Xolmatov, Abror Hamidxo'jaev, Ahror SHaripov.
Zaxira: Rustam Hoshimov,  Bobur Muhamadjonov, Mansur Soliev, G'ayrat Sultonov, Asil Mo'ydinov, Jalol Dadajonov, Davlat Karimjonov.
“Neftchi-2”: SHahzod Zaylobiddinov, SHohjahon Ro'zimatov, Asliddin Toshtemirov, Bobur Muqimov, Javohir Yusupov, Olloberdi Ergashev, Elyor Muqimov, Muhammad Qurbonov, Asad Davronov, Aziz Rahmonov, Doniyor Madaminov.
Zaxira: Rasul Abdumo'minov, SHaxboz Abduraimov,  Muhammadqodir Parpiev, Boburmirzo Solijonov, Asadbek Hafizjonov, Asilbek Omonbekov, Bekzod Hamidov.


“YOZYOVON LOCHINLARI” MAG'LUB

Ushbu guruhning ikkinchi uchrashuvida Andijonning “O'z Tong Kong Xo” jamoasi “Yozyovon lochinlari”ga qarshi maydonga tushdi. Teng kurashlar ostida o'tgan o'yinda Orif Mamatkazin shogirdlari 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi.

“Viloyat hokim kubogi-2018”
“B” guruhi
2-tur
“O'z Tong Kong Xo” – “Yozyovon lochinlari” – 2:1
“O'z Tong Kong Xo”: 
A. Obobakirov, M. Yuldashev, B. Ismoilov, SH. Ro'ziev, A. Abdullaev, A. Ishimov, A. Abduqodirov, A. Arziev, SH. Obidov, A. Salohiddinov, A. Yuldashev.
“Yozyovon lochinlari”: B. Yigitaliev, U. Hoshimov, Z. Ismoilov, B. Abdulajonov, SH. Abdurahmonov, A. Abdulhaqov, SH. Ibragimov, A. Mahmudov, Z. Nurmatov, A. Matkarimov, SH. Muxtoraliev.

2-turdan keyingi vaziyat

“B” guruhi taqvimida o'zgarish sodir bo'ldi. Quyida ushbu o'zgarishlar bilan tanishtirib o'tamiz.

3-tur
2 fevral

Neftchi – 2 – O'z Tong Kong Xo   Neftchi SK stadioni soat 11:00
Navbahor – Toshloq                     Neftchi SK stadioni soat 15:00
Yozyovon lochinlari dam oladi

 

4-tur
4 fevral

Yozyovon lochinlari – Toshloq           Neftchi SK stadioni soat 11:00
Navbahor – Neftchi-2                      Neftchi SK stadioni soat 15:00
O'z Tong Kong Xo dam oladi

 

5-tur
6 fevral

Yozyovon lochinlari – Neftchi-2       Neftchi SK stadioni soat 11:00
O'z Tong Kong Xo  – Navbahor         Neftchi SK stadioni soat 15:00
Toshloq dam oladi.

 
IRODALI G'ALABA

Muhsin Nizomiddinov boshchiligidagi "Qo'qon-1912" o'rinbosarlari “Viloyat hokim kubogi-2018”da irodali g'alabani qo'lga kiritishdi. Yoshlarimiz uchun “Zomin”ga qarshi kechgan uchrashuv muvaffaqiyatsiz boshlanganiga qaramay, vakillarimiz g'alabani o'zlari tomon ag'darishga erishdilar.

11-daqiqada himoyachilar o'z jarima maydonchalari ichida raqib futbolchisiga nisbatan qo'pollik ishlatishdi. Bosh hakam darvoz tomon penalti belgiladi. D. Toshmatov penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi.

Birinchi bo'lim yakunlanishi arafasida Dilshod Baratov muvozanatni tikladi.

Tanaffusdan keyin tashabbusga ega bo'lgan "Qo'qon-1912" o'rinbosarlari “Zomin” darvozasiga yana ikkita to'p kiritishga erishdilar. Iqbol Malikjonov va Ibrohim Usmonovlar o'z hisoblariga bittadan gol yozib qo'yishdi.

Mazkur g'alabadan keyin "Qo'qon-1912" o'rinbosarlari ochkolari soni oltitag etdi.

 

“Viloyat hokim kubogi-2018”
“S” guruhi
2-tur
“Qo'qon-1912-2” –  “Zomin” – 3:1 (1:1)
Bosh hakam:
O. To'ychiboev.
Gollar: Dilshod Baratov, Iqbol Malikjonov, Ibrohim Usmonov. – D. Toshmatov (pen).
“Qo'qon-1912-2”: Islom Abdullaev, Doniyor To'lashev,  Dilshod Baratov, Baxtiyor Abdubannonov, Xurshid Muxtorov, Iqbol Malikjonov, Ramz Isaqov, Doston Meliqo'ziev, Ibrohim Bozorov, Mamur Rahimov, Mo'min Sodiqjonov.
Zaxira: Muhammadali Sobirov, Sardor Isaqov, Ibrohim Ahmadjonov, Ismoil Tolipov, Ibrohim Usmonov, Xurshid Asqaraliev, Behzod Karimov.
“Zomin”: O. Sadiev, SH. Sadriddinov, A. Abdullaev, E. Karimov, U. Nabiev, T. Hamdamov, A. Tursunqulov, N. Kamolov, N. Ibragimov, D. Toshmatov, U. Bobonazarov.
Zaxira: L. Fayzullaev, S. Mamasodiqov, J. Musajonov.


“TURON”NING MUVAFFAQIYATI

Guruhdagi ikkinchi o'yinda O'zbekiston tumanining “Turon” jamoasi “Andijon” klubini 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Tajribali Bahrom Hakimov boshqarayotgan ushbu jamoa mazmunli futbol namoyish etayotganini takidlash joiz.

“Viloyat hokim kubogi-2018”
“S” guruhi
2-tur
“Turon” –  “Andijon” – 2:0

 

2-turdan keyingi vaziyat


Yana bir markaziy o'yin

Bugun asosiy tarkibimiz “A” guruhida peshqadamlik qilayotgan Farg'onaning “Istiqlol” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv  Farg'ona davlat universitetiga qarashli sport majmuasi (FarDU stadionida) soat 11:00da boshlanadi.


Bugungi o'yinlar anonsi bilan tanishing:
“A” guruhi
3-tur
1 fevral (payshanba)

Qo'qon-1912 – Istiqlol    FarDU stadioni  soat 11:00
O'sh – Mashal   FarDU stadioni  soat 15:00
Neftchi – Cementchi    Neftchi SK    soat 15:00



Abror DEHQONOV

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика