"FarDU" "Andijon" va "Cementchi"ga qarshi o'ynaydi
11 fev 2019 18:18
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/476730_original.jpg)
![](/upload/storage/476730_220.jpg)
"FarDU" "Andijon" va "Cementchi"ga qarshi o'ynaydi
Farg'ona viloyati "Hokim kubogi-2019" musobaqalarida ishtirok etgan Farg'ona davlat universitetining "FarDU" jamoasi yangi mavsumda Pro-Ligada ishtirok etishni jiddiy maqsad qilgan.
SHu munosabat bilan jamoani yangi mavsumga munosib tayyorlash, jamoaga yangi futbolchilarni sinovdan o'tkazish maqsadida bir qator futbol klublari bilan o'rtoqlik o'yinlari tashkil etilishi rejalashtirmoqda.
Jumladan 13-fevral, chorshanba kuni Farg'ona davlat universiteti stadionida "FarDU" Andijonning "Andijon" (U-21) jamoasiga qarshi nazorat-sinov uchrashuvida maydonga tushsa, 14-fevral, payshanba kuni xuddi shu stadionda Quvasoyning "Cementchi" jamoasiga qarshi o'tkazadi. Eslatib o'tamiz, har ikki uchrashuvning boshlanish vaqtlari soat 11:00ga belgilangan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar