Faqat MYU emas. “Ayaks” o'zining tarixidagi eng yomon startini amalga oshirdi
09 okt 2023 08:31
Yangiliklar
Faqat MYU emas. “Ayaks” o'zining tarixidagi eng yomon startini amalga oshirdi
Kecha Niderlandiya chempionatining 8-turida “Ayaks” o'z maydonida “AZ Alkmar”ga mag'lub bo'ldi.
Ayni vaqtda Amsterdam jamoasi oltita turdan so'ng besh ochko to'pladi. Bu esa jamoa tashkil etilganidan beri qayd etilgan eng yomon start bo'ldi. SHuningdek, “Ayaks” so'nggi ettita uchrashuvda g'alaba qozonmadi.
Bundan tashqari, “Ayaks” chempionat bahslarining so'nggi uchta turida mag'lub bo'ldi. Bunday holat so'nggi bor 1999 yilda sodir bo'lgan.
Ayni vaqtda Moris Steyn shogirdlari turnir jadvalida 16-pog'onada ketishmoqda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq «Manchester Yunayted» ham APLdagi eng yomon startini amalga oshirgandi.
Fikrlar