So’nggi yangiliklar

22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  0 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  2 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  2 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  2 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  11 18:39"Юве" Копмейнерс бўйича таклифни яхшилайди – олдинроқ хавбек учун 45 млн евро беришганди. "Аталанта" уни 60 миллионга баҳоламоқда  0 18:15"Реал" Карвахаль ва Менди билан келишувни узайтиради  1 17:55Зафармурод Абдираҳматов: "Биз қўлимиздан келганча ҳаракат қилдик, лекин тўп дарвозага киришни истамади"  61 17:32"Интер" ва Дюмфрис йилига 4 млн евро маош билан 2028 йилгача шартнома бўйича келишувга эришди. Дензелга МЮ қизиққанди  1 17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  1 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  2

Faqat chiroyli gapiradigan hamda tushunarsiz ishlayotgan O'FA, mashg'ulot maydoni yo'q "Navbahor" va boshqalar haqida - Andrey Kanchelskis ishtirokidagi matbuot anjumani Yangiliklar

Faqat chiroyli gapiradigan hamda tushunarsiz ishlayotgan O'FA, mashg'ulot maydoni yo'q "Navbahor" va boshqalar haqida - Andrey Kanchelskis ishtirokidagi matbuot anjumani

Superliganing 1-turi doirasidagi "Navbahor" - "Qo'qon-1912" (1:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida Andrey Kanchelskis jamoa qaerda shug'ullanishi bilmayotgani, O'FAning ishlash tizimi haqida keskin gapirdi.

"Jangovor o'yin guvohiga aylandik. Ehtiroslar, hayajon, mavsum boshlanishi bo'lgani uchun ham hech kim yutqazgisi kelmaydi. Barchada yuqori ishtiyoq. Maydon holati yaxshi bo'lmagani uchun birinchi o'ringa kurashchan futbol, yakka kurash, uzun paslar orqali o'ynashga majbur bo'linadi. Bugun ham shunday bo'ldi. Men futbolchilardagi ishtiyoq, jon kuydirishlarini ko'rib quvondim. Bundan mamnunman. Agarda hisob 1:0 paytida ikkinchi golni urganimizda barchasi boshqacha kechardi. Yoki 1:1 paytida ular gol urganida, yutqazarmidik. Natija adolatli. O'yinga yondoshuv va ishtiyoq menga yoqdi. Bu uchun yigitlarga rahmat.

Nihoyat mavsum boshlandi. CHunki biz buni juda intiqlik bilan kutgandik. CHempionat boshlanishi juda cho'zilib ketdi. O'FA doim nimadirlar o'zgarishlar qilaveradi. Hozir ham tushunarsiz holat. Ikkinchi tur o'yini 20 kunlik tanaffusdan keyin boshlanadi. Tushunmayman, O'FA qanday ishlashadi? Umuman ular nimani istashadi, tushunmayman. Keyinchalik qanday ishlashadi, bilmayman. CHempionat boshlandi. Lekin keyingi o'yinni yana 20 kun kutishimizga to'g'ri keladi. Birinchi marotaba bunday holatga duch kelishimiz. Men bunday tashkilotning ishlash uslubini tushunolmayapman. Lekin bu erda shunday ishlashadi, shunday qoidalar bor. Demak shunga rioya qilib ishlaymiz va yashaymiz.

Namanganda o'ynashni istagandik. Lekin stadion, maydon bunga tayyor emas. SHu boisdan ham Toshkentda o'ynashga to'g'ri kelmoqda. Agarda uyimizda o'ynaganimizda osonroq bo'lardi. Uzoq yo'ldan shuncha yo'l bosib kelgan minglab muxlislarga rahmat. Yo'l uzoq, juda mashaqqatli yo'l, qiyin, dovon oshib kelish oson emasligini juda yaxshi bilaman. Ularga kelib bizni qo'llab-quvvatlashgani uchun rahmat. Umid qilamanki, tez orada maydon to'g'rilanadi va biz o'z uyimizda suyukli ishqibozlarimizni xursand etamiz", - deya gap boshladi Andrey Kanchelskis.


- To'g'ri, birinchi tur va xulosa qilishga erta. Lekin o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yayotgan "Navbahor"ni umumiy o'yin chizgisi zerikarli bo'lganini qanday izohlaysiz? Hozir "Qo'qon-1912" bosh murabbiyi ham raqib chiroyli yoki qiziqarli futbol o'ynamaganini takidladi...

- Birinchi turda qaysi jamoa chiroyli o'ynaganini ko'rdingiz? Birorta jamoani alohida ko'rsata olasizmi?


- CHempionat etakchilari hali o'ynagani yo'q. CHempionlikni ko'zlayotgan jamoalar ichidan birinchi bo'lib "Navbahor" ishga kirishdi.

- Yuqori maqsadlar? Bu haqida istalgancha gapirsa yoki yozsa bo'ladi. Jamoa Yuqori maqsadlarni avvalo ishlar bilan mustahkamlash kerak. Jamoaning vazifa va maqsadlari ulkan, lekin maydon yoki stadion tayyor emas! Bunga nima deysiz? Agarda maqsadlar yuqori bo'lsa, unda barcha ishlar shunga monand bo'lmog'i lozim. Yuqori darajada bo'lishi kerak, to'g'rimi? Hamma istalgan gapni aytaverishi mumkin. Lekin quruq gapdan nima foyda? Bizda xattoki mashg'ulot maydoni yo'q. Bu paytda qanday maqsadlar haqida gap ketishi mumkin? 


- Yangi mavsumda jamoa oldiga qanday vazifa qo'yilgan?

- O'tgan yili bronza medalini qo'lga kiritdik. Bu yili esa o'tgan mavsumdagi natijani takrorlashga haqqimiz yo'q. Kamida OCHL yo'llanmasiga ega chiqishimiz lozim bo'ladi. Hozir hamma "Navbahor"ning maqsadlari haqida gapirmoqda. Maqsad haqida gapirishdan avval ishlarni yuqori darajada bajarmoq zarur. SHundagina keyin jamoadan ham natija talab qilish mumkin. Hozir qumda shug'ullanayotgan jamoaning qanday vazifa yoki maqsad haqida gap ketmoqda? Men qumda shug'ullanayotgan futbolchilardan qanday qilib nimanidir talab qilaman? O'zingiz o'ylab ko'ring, yashil maysaga chiqish naqadar yoqimli, to'g'rimi?  Qumda to'p tepishchi? SHunda qanday qilib chiroyli futbolni so'rash yoki talab qilish mumkin? Hammasi ish to'g'ri yo'lga qo'yilgan bo'lishi kerak. Va yuqori darajada. Bu erda chiroyli gapirishni do'ndirisharkan. O'FA ham masalan. Beyjiklar, bo'yinbog', o'yinga 1,5 soat qolganida kelish shart. Lekin stadionlar yoki maydonlar yo'q. Biz polizda futbol o'ynayapmiz. Bu to'g'rimi? Avval kichik muammolarni hal etish kerak. Keyin kattarog'iga o'tiladi. 


- Jamoaning transfer kampaniyasidan ko'nglingiz to'ldimi?

- Murabbiy hech qachon qoniqmaydi. Istalgan jamoaning murabbiyi bunday ko'ngli to'lmaydi. Qachonki mavsum yakunida birinchi o'rinni olsam, shundagina ko'nglim to'ladi. Hozir esa istalgan narsani aytish yoki tasavvur qilish mumkin. Ammo vaziyatga real qarash kerak. Men hozirgi tarkibdan havotirga tushmayapman. Yaxshi raqobatbardosh tarkib yig'ilgan. Muhit yaxshi, kollektiv joyida. Muxlislar juda zo'r. Bu yaxshi jihatlarimiz. Ammo minus taraflarimiz ham mavjud. Biz kimni olishni imkonini topgan bo'lsak, o'shalarni oldik. Transfer oynasi yopildi. Poezd ketib bo'ldi. Menga qolsa jamoaga Ronalduni olib kelardim. Yoki Messini. Lekin buning imkoni yo'q. SHaroitdan kelib chiqib selekciya qildik. Yigitlar yaxshi, men ulardan ko'nglim to'q.


- Sizni ayni paytda nima yoki qaysi chiziq bezovta qilmoqda?

- Meni qaerda shug'ullanishim bezovta qilmoqda. Bu hozir eng og'riqli va meni o'ylantirayotgan masala. Biz futbol jamoasi. Biz shug'ullanishimiz kerakku. Qaerda shug'ullanamiz? Yoki futbolni shug'ullanmasdan ham o'ynasa bo'ladimi? Bizda mashg'ulot o'tkazish uchun maydon yo'q. Biz yaxshi yashash uchun Toshkentda istiqomat qilayotganimiz yo'q. Namanganda maydon yo'qligi uchun poytaxtdamiz. Bizga qolsa Namanganda yashab, o'sha erda shug'ullanib, Toshkentga faqat o'yin uchun kelishni istardim. Bu erda maydon bor. SHu uchun ham Toshkentdamiz. Namanganda shug'ullanish yaxshi bo'lardi. CHunki muxlislar keladi, muhit ajoyib bo'ladi. Ortiqcha chiqim bo'lmaydi. Har taraflama shunisi qulay bo'lardi. Meni bezovta qilayotgan narsa va muammo mashg'ulot maydonining yo'qligi.

Reyting: +105   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика