So’nggi yangiliklar

16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  0 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  1 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  0 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  8 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  2 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  6 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  8

Faoliyatini "Ural"da boshlab, "Santyago Bernabeu" yoqimtoyi bo'lgan Lukas Vaskes haqida Yangiliklar

Faoliyatini "Ural"da boshlab, "Santyago Bernabeu" yoqimtoyi bo'lgan Lukas Vaskes haqida

Teglar :  Lukas VaskesReal
2001 yilning 14 apreli, Visente Del Boske boshchiligidagi "Real" "Vilyarreal"ni mag'lub etib, chempionlikka erishdi.

Guti xet-trik qayd etdi, balki faoliyatidagi eng yaxshi o'yinni o'tkazgandir. Mana shunday chiroyli lahzalarni tribunada 9 yoshli Lukas ham tomosha qilib o'tirgandi. Uning otasi ashaddiy madridchi edi va ilk marta o'g'lini sevimli jamoasining uchrashuvini ko'rsatgani stadionga olib borgandi. "Real"ning o'yini juda zo'r, Guti va Makmanamanlarning o'yinlaridan ko'z uzib bo'lmasdi. Final hushtagi chalinganidan so'ng o'g'il otaga shunday dedi: "Men ham shu erda o'ynashni istayman". O'sha kuni bola futbolga mehr qo'ydi. Futbolga ham.

6 yildan keyin Lukas eng yaxshi ko'rgan jamoasining o'yinini televizordan kuzatish uchun mashg'ulotlardan tezroq qaytishni o'ylardi. Eshikni yopishi bilan otasining baqirgan ovozini eshitdi: "Hoy, hozirgina Michel qo'ng'iroq qildi! Sen "Real" bilan 17 yoshinggacha mashg'ulotlarda bo'lar ekansan!". SHunda Lukas: "Dada, ustimdan kulmang!", deya otasining gaplariga ishonmadi. Orzular ushaldi. Agarda Ural bo'lmaganida bu suhbat bo'lmasdi.

Ha-ha, Lukas "Ural" akademiyasidaligida "Real" qiziqishlariga sabab bo'lgan. Faqatgina bu "Ural" La-Korunyadan. Lukas Vaskesning tug'ilib o'sgan joyi klub bazasidan 40 km uzoqlikda joylashgandi. Ispaniyaning "Ural"i 1962 yilda talabalar guruhidan tashkil topgan. Klubning ilk prezidenti Augusto Sezar Lendoyro bo'lgandi. 1998 yilda u tug'ilib o'sgan jamoasidan ketgandi va "Deportivo"da 25 yil ishlagandi. Aynan u erda 2000 yil Ispaniya chempionligini qo'lga kiritgan. 

Yillar o'tdi. Lukas Kastilyada to'p tepdi, do'stlari kabi "Santgo Bernabeu"da qarsak chalib turdi. Keyinchlik u "Espanol"ga ijaraga berildi. Primeroda 23 yoshga kirganida debyut qildi. Yaxshi mavsum o'tkazgani uchun Kataloniya jamoasi futbolchini 500 ming evroga xarid qildi va uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Unga xuddi orzularidan uzoqlashib ketayotgandek tuyulardi. Biroq bunga yaqin orada etishishini bilmasdi.

Atigi 2 hafta o'tib "Real" murabbiylar shtabida o'zgarishlar bo'ldi. Klub bosh murabbiyligi Rafa Benitesga topshirildi. U esa tezda Vaskesni ortga qaytardi. "Real"ning ilk xaridi 1 mln evrolik bo'lishi kerak edi, jamoa bundan unumli foydalandi.  "Espanol" ikki hafta o'tib qo'shimcha 500 ming evro ishlab oldi, Lukas esa yana bir imkoniyatga ega bo'ldi.

Bir yil o'tib u Evropa chempionlar ligasi finali penaltilar seriyasida 11 metrlik nuqtaning ustida turdi. Lukas birinchi bo'lib to'pni tepdi. 

"O'zimga ishonchim yuqori edi. SHu boisdan penaltidan gol urishga chanqoq bo'lib turgandim. Final hushtagi chalinganidan keyin Zidanning yordamchisi David Betonining oldiga bordim va birinchi bo'lib tepishimni aytdim. Albatta, bunday paytda jamoa turgan joy bilan penalti nuqtasi orasidagi masofa uzoqdek tuyular ekan. Xuddi barmog'imda yurayotgandek bo'ldim. O'sha vaziyatda o'zimga ishonchim yuqori edi va gol kiritdim", - dedi Vaskes sovrin yutib olinganini nishonlayotgan vaqtda. Yosh bolakayning orzusi ushaldi.

2018 yilning boshi Lukasning faoliyatidagi eng yaxshi pallalar bo'ldi. U La Ligada orasida to'p oshirishlarning effektivligi bo'yicha Messi bilan etakchilik qildi. "Gol+pas" tizimida esa u faqatgina Krishtianu Ronaldudan ortda qoldi. Lukasning atrofi har doim o'zidan ko'ra iqtidorli futbolchilar bilan o'ralgandi. Biroq u mehnatkash, o'ziga ishonchli va orzularini amalga oshirish uchun qattiq intiladigan futbolchi ekanligini isbotlab bo'ldi.

Mirjalol Normatov tarjima qildi

Reyting: +83   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика