Falkao "Neshvill"ga ko'chib o'tishi mumkin
24 jan 2021 13:41
Yangiliklar


Falkao "Neshvill"ga ko'chib o'tishi mumkin
"Galatasaroy" rahbariyati jamoa hujumchisi Radamel Falkaoni sotib yuborishga qaror qildi.
Kolumbiyalik forvardga AQSHning "Neshvill" klubi qiziqish bildirmoqda. MLS jamoasi vakillari allaqachon Falkao bilan bog'lanib, o'z takliflarini bildirishgan. Mazkur transfer "Neshvill" bosh murabbiyi Geri Smitning shaxsiy tashabbusi hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, 34 yoshli forvard "Galatasaroy" tarkibiga 2019 yilning sentyabr oyida kelib qo'shilgan edi. U Turkiya Superligasining joriy mavsumida 8 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar