Falkao: "Men turk futbolidan zavqlanaman"
10 avg 2019 13:14
Yangiliklar


Falkao: "Men turk futbolidan zavqlanaman"
"Monako" hujumchisi shu yozda "Galatasaroy"ga o'tishi mumkin.
Forvard unga turk futbolidagi atmosfera juda ham yoqishini aytib o'tdi.
"Turkiya futboli bilan yashash bu ajoyib. Menga bu erdagi muhit yoqadi", - deydi Falkao.
Radamelga shuningdek "Mayami" klubi va shahri yoqadi. Devid Bekxemning klubi tez orada boshlanadigan MLS chempionatida ishtirok etadi.
"Mayami - yashash uchun qulay bo'lgan shahar. Menga u erda yashash g'oyasi ham maqul", - deydi kolumbiyalik.
Radamel yakunlangan mavsum "Monako" safida 39ta o'yinda maydonga tushib, 16ta gol va 2ta assistga erishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar