Falkao mashg'ulot vaqtida jiddiy jarohatlandi
12 apr 2021 19:42
Yangiliklar
Falkao mashg'ulot vaqtida jiddiy jarohatlandi
"Galatasaroy" hujumchisi Radamel Falkao jamoaviy mashg'ulotlarda jarohat orttirib oldi, deya xabar tarqatdi turk klubi rasmiy sayti.
Kolumbiyalik futbolchi jamoadoshi Kerem Akturkoglu bilan to'qnashuvdan keyin yuz suyagini sindirib olgani tasdiqlandi. 35 yoshli forvard tez orada jarrohlik stoliga yotadi. Uning tiklanish muddati hozir nomalum.
Eslatib o'tamiz, Falkao "Galatasaroy" tarkibiga 2019 yilda "Monako"dan kelib qo'shilgan edi. U joriy mavsum 15 uchrashuvda maydonga tushib, 8 gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar