Falkao: "Manchester Yunayted"da qolishni istayman"
18 dek 2014 00:54
Yangiliklar

Falkao: "Manchester Yunayted"da qolishni istayman"
"Manchester Yunayted" klubi hujumchisi Radamel Falkao jamoadagi kelajagi haqida gapirib o'tdi.
Albatta, vaziyatni o'rganib chiqib, bu jamoada o'ynaymanmi yoki klub qanday qarorga kelishini bilib olishim zarur. Menga qolsa "Manchester Yunayted"dan ketmagan bo'lardim. Ushbu shaharda baxtliman. Hamma narsa meni qanoatlantirmoqda.
Hozirgi holatim yaxshi. O'yinga tushishga 100% tayyorman. Murabbiy nima qarorga kelishini kutamiz. Lui van Gal bilan ko'p muloqotda bo'lamiz. Uning o'yin falsafasi menga maqul. Jarohatim bois jamoada yordam bera olmayotgan edim. Ayni paytda maydonga tushishga shayman.
Eslatib o'tamiz, Radamel Falkao "Monako" klubidan "Manchester Yunayted"ga ijara asosida o'tgan.

Fikrlar