London grandi "Ipsvich"ga Delap bo'yicha taklif bilan chiqdi
08 may 13:14
Yangiliklar


London grandi "Ipsvich"ga Delap bo'yicha taklif bilan chiqdi
"Ipsvich" forvardi Liam Delap faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.
Manbaga ko'ra, "Arsenal" 22 yoshli angliyalik futbolchining vakillariga taklif bilan chiqqan. Futbolchiga "Chelsi" ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Delap joriy mavsum APLda 34ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol urgan va 2ta golga hammualliflik qilgan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 35 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar