Falkao “Galatasaroy”ga kerak emas
26 dek 2020 09:19
Yangiliklar
“Galatasaroy” qishki transferlar oynasi vaqtida jamoa hujumchisi Radamel Falkaoni sotishni maqsad qildi. Istanbul klubi futbolchining tez-tez jarohat olayotganigan norozi bo'lib, uni sotib yuborishga qaror qilgan. Kolumbiyalik hujumchi turk klubida yiliga 5 mln evro maosh oladi.
Falkao joriy mavsum Turkiya chempionatining 6 ta o'yinida qatnashib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar