Fakt. "Nasaf" uchta o'yindan buyon gol ura olmayapti
17 sen 2019 09:15
Yangiliklar


Fakt. "Nasaf" uchta o'yindan buyon gol ura olmayapti
Superliganing 19-turida "Nasaf" Navoiyda "Qizilqum" bilan 0:0 hisobida durang o'ynadi.
SHunday qilib, Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi jamoaning golsiz seriyasi uchta o'yinga etdi. So'nggi marta "ajdarlar" 11 avgust kuni 16-tur doirasida "Bunyodkor" bilan o'yinda gol urishgandi. SHundan keyin 3ta o'yinda, yani 270 daqiqa davomida "Nasaf" futbolchilari raqiblari darvozasiga umuman gol ura olishmadi. Takidlash lozimki, mana shu uchala o'yinni "ajdarlar" safarda o'tkazishdi.
20-turni "Nasaf" o'z maydonida "Buxoro"ga qarshi o'tkazadi.
"Nasaf"ning so'nggi uchta o'yini:
"Lokomotiv" - "Nasaf" 1:0
"Qo'qon-1912" - "Nasaf" 1:0
"Qizilqum" - "Nasaf" 0:0
O’xshash yangiliklar

Fikrlar