Fabregas: "Serxio Ramos fikrlarini OAVga emas, menga aytishi kerak"
26 noy 2014 12:16
Yangiliklar


Fabregas: "Serxio Ramos fikrlarini OAVga emas, menga aytishi kerak"
Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Sesk Fabregas o'zining milliy jamoadagi ishtirokiga shubha bilan qaraganlardan xafa bo'ldi.
Fabregas va Diego Kosta terma jamoa o'yinlariga jalb etilmadi. Rasman ular jarohatlangan hisoblangan edi. Bunga Serxio Ramos shubha bilan qaragan.
"Serxio bilan telefonda suhbatlashdik. Hozir hammasi joyida. Unga Ispaniya yoshlar terma jamoasida o'ynashni birga boshlaganimizni va bundan narsalarni matbuotga gapirish kerak emasligini aytdim. U xar doimo menga qo'ng'iroq qilib, hammasini yuzimga gapirishi mumkin. CHap oyog'imda jarohat bor edi, agar terma jamoada o'ynaganimda, menda ham xuddi Modrichdagidek jarohat bo'lar edi" - deydi Fabregas.

Fikrlar