Fabregas "Monako" bilan sovrin yutmoqchi

Aziz Tukhtamuradov
13 yanv 2019, 19:12
"Chelsi"dan "Monako"ga o'tgan futbolchi Sesk Fabregas yangi jamoasi safida sovrin yutmoqchi.

"Monako"ga o'tganimdan xursandman. Bu men uchun yosh futbolchilar va yangi murabbiy bilan birgalikdagi yangi loyiha. Bahs-munozaralar ko'p bo'ldi. Albatta, Terri Anri bilan ham gaplashdim. U men bu erga o'tishimni istadi. Bu katta ahamiyatga ega edi.

Endi men bu yerdaman. Chaqiriqlarni birgalikda qabul qilamiz. "Monako"ning salohiyati katta, shuning uchun men jamoaga yordam bera olaman. Biz birgalikda sovrin yuta olamiz, bu shu mavsumdayoq amalga oshsa ajoyib bo'lardi", - dedi Fabregas.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: "Монако" матбуот хизмати