Fabio Kapello: "Donnarumma "Milan"ga nisbatan noshukurlik qildi"
06 okt 2021 19:48
Yangiliklar
Fabio Kapello: "Donnarumma "Milan"ga nisbatan noshukurlik qildi"
"Milan" sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello "San-Siro"da Millatlar Ligasi doirasida Italiya - Ispaniya uchrashuvida darvozabon Janluiji Donnarummani kutib olish haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Janluiji "Milan" muxlislaridan xafa bo'lmaslikni so'ragan. Umid qilamanki, uning iltimosini qondirishadi, chunki bu futbolchi terma jamoaning Evropa chempionatidagi muvaffaqiyatiga katta hissa qo'shgan.
Ammo shuni aytishim kerakki, u PSJga o'tib, Milanga nisbatan noshukurlik qildi. Klub o'zi uchun, uning oilasi uchun qilgan barcha ishlarini hisobga olsak, boshqacha yo'l tutishga arzirdi", - deydi Kapello.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar