Fabino "Liverpul" safida debyut qilishga tayyor

Aslanov Jasurbek
7 sen 2018, 17:46
"Liverpul" yangi futbolchisi Fabino jamoaning uslubiga ko'nikib olgani va mersisaydliklar tarkibida debyut qilishga tayyorligini aytdi.

"Mavsumoldi yig'inlarini yaxshi o'tkazdim, bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdim. "Liverpul" uslubiga ko'nikib boryapman, tajribali futbolchilar menga yordam berishmoqda. Men va xotinimga bu shahar yoqdi, o'zimizni uydagidek his qilyapmiz. Endi debyut qilishni istayman" - deydi Fabino.

Eslatib o'tamiz, braziliyalik 45 mln evro evaziga "Monako"dan "Liverpul"ga o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Globo Esporte