So’nggi yangiliklar

22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  0 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  3 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  3 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  5 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  4 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  1 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  1 19:32Тер Штеген Францияда операция қилинади  3 19:05Алиссон Осиё турнеси давомида "Ливерпул"ни тарк этди  1 18:38Артета Зинченкони "Арсенал"дан кетмасликка кўндирди  0 18:16Расман: Валижон Раҳимов – "Бунёдкор" аъзоси!  2 17:56"Челси" "Аталанта" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1

Ey iTicket! CHiptalar qaerda??? Yangiliklar

Ey iTicket! CHiptalar qaerda???

O'zbekiston U-23 va Saudiya Arabistoni U-23 o'rtasidagi U-23 Osiyo kubogi final o'yini chiptalari bo'yicha muammo kuzatilmoqda.

Bugun 19 iyun kuni o'tkaziladigan U-23 Osiyo kubogi final o'yiniga chiptalar sotuvga chiqarildi. Biroq bu jarayon to'liq boshlanmasdan muxlislar orasida katta noroziliklar paydo bo'la boshladi.

"Bunyodkor" stadioni kassalaridagi holat.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan murojaatlarga ko'ra, "Bunyodkor" stadioni kassalarida faqatgina darvoza ortidagi joylar (25 ming so'mlik chiptalar) uchun chiptalar sotilmoqda. Boshqa qulayroq sektorlar uchun chiptalar kassalarda yo'q. CHiptalar sotuvi boshlanishiga uncha ko'p bo'lmagan bo'lsa ham stadion kassalarida yaxshiroq sektordagi chiptalar qolmagani iddao qilingan. Muxlislarning so'zlariga ko'ra, kassada sotilayotgan chiptalar olibsotarlar qo'lida 2-3 barobar qimmatga sotilmoqda. Bu esa bu chiptalar o'zi umuman sotuvga qo'yilganmi degan savolni paydo qiladi.


CHiptalarni onlayn xarid qilish.

Rasmiy manbalarda O'zbekiston U-23 va Saudiya Arabistoni U-23 o'rtasidagi o'yin chiptalari iTicket.uz saytida onlayn tarzda sotilishi malum qilindi. Biroq sayt kun davomida ishlamay qoldi. Bunga katta ehtimol bilan saytga bo'lgan yuklamaning oshib ketishi sabab bo'lgan. 

Yaqindagina iTicket.uz sayti qayta ishlay boshladi. Biroq hozirda sayt orqali chipta sotib olishning iloji yo'q. Saytda sotuvlar "tez orada" boshlanishi yozib qo'yilgan. Championat.asia iTicket.uz saytiga bog'lanishga harakat qilib ko'rdi. Ammo buning imkoni bo'lmadi.

Musobaqa tashkilotchilaridan rasmiy izoh kutib qolamiz.

Reyting: -101   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика