Evropaning 12 dan ortiq associaciyasi norozilik sifatida FIFAni tark etishni rejalashtirmoqda
20 okt 2021 20:11
Yangiliklar
Evropaning 12 dan ortiq associaciyasi norozilik sifatida FIFAni tark etishni rejalashtirmoqda
Evropaning 12 dan ortiq associaciyasi har ikki yilda bir marta jahon chempionatini o'tkazish taklifiga norozilik bildirish sifatida Xalqaro futbol federaciyasi (FIFA) tarkibidan chiqishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq FIFA prezidenti Janni Infantino FIFAning yil oxirigacha jahon chempionatini har ikki yilda o'tkazish to'g'risida qaror qabul qilish niyati borligini malum qilgandi. 22 sentyabr kuni Evropa futbol associaciyalari ittifoqi (UEFA) ushbu tashabbusni tanqid qildi.
Manbaning xabariga ko'ra, 12 dan ortiq associaciya UEFAga FIFAdan chiqish niyati haqida xabar bergan. FIFA nizomiga ko'ra, har qanday associaciya kalendar yili tugashidan olti oy oldin xabar berish orqali tashkilotdan chiqib ketishi mumkin.
Fikrlar