So’nggi yangiliklar

23:00Ла Лига. "Барселона" - "Вальядолид" 7:0, Рафинядан хет-трик  2 22:45ҚПЛ. "Ордабаси" меҳмонда "Қайсар"га мағлуб бўлди, Яхшибоев ва Умаров эса...  1 22:00РПЛ. "Акрон" ва Эсанов "Ахмат" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  1 22:00Ла Лига. "Атлетико" Бильбаода "Атлетик" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  5 22:00Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Вальядолид"га жавобсиз 7та гол урди!  53 21:45РПЛ. "Спартак" ўз уйида Раҳмоналиев ва Ашурматов ҳаракат қилаётган "Рубин"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  1 21:40Расман: "Вест Хэм" ПСЖ футболчисини ўз сафига қўшиб олди  1 21:30АПЛ. "Вест Хэм" Лондонда "Ман Сити"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  6 21:15Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" ва Алиқулов ўз майдонида "Қосимпошо"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  2 19:30РПЛ. ЦСКА яна ғалаба қозонди  2 19:00АПЛ. "Арсенал" ғалабани қўлдан чиқарди, Деклан Райс фаолиятида биринчи маротаба қизил карточка олди  4 18:51Пирс Морган: "Бу нимаси? Райс оёғидан зарба қабул қилиб олгани учун четлатилдими?"  9 18:36АПЛнинг 5та баҳси учун таркиблар билан танишинг  1 18:29АПЛ. Қизил карточка "Арсенал"га қимматга тушди ва Лондон клуби жорий мавсумдаги дастлабки очколарини йўқотди  13 18:17"Бухоро" ва "Хоразм" клублари, клуб расмийлари иши Тартиб-интизом қўмитасига оширилди  4

Evropa milliy chempionatlaridagi eng omadsiz jamoa Yangiliklar

Evropa milliy chempionatlaridagi eng omadsiz jamoa

"Bolonya" hozirda – Evropa TOP chempionatlaridagi eng omadi chopmayotgan jamoa sanaladi.

10 turdan so'ng 12 ochko to'pladi va 11-o'rinni band etib turibdi. Biroq yaratilgan va to'g'ri foydalanilmagan momentlar jihatidan ular yuqoriroq — 3-o'rinda bo'lishi mumkin edi.

Italiyada Mixaylovich shogirdlari vaziyatlar yaratish bo'yicha "Atalanta"dan keyingi ikkinchi o'rin (ammo urilgan gollar soni bo'yicha 11-pog'onada) va o'tkazib yuborilgan gollar soni bo'yicha uchinchi (o'tkazilgan gollar bo'yicha 11-o'rin) hisoblanadi.

BUNGA SABAB NIMA?

Muvaffaqiyatsizlik birinchi turdan boshlangandi. "Verona"ga qarshi bahsda "Bolonya" 19 tadan ko'proq xavfli vaziyatlar yaratgan (2,11 – 0.11 xG bo'yicha), bevosita jarima maydonidan 8 marta zarba berdi, lekin atigi bir marta gol urishga erishdi.

"Verona" 5 marta zarba berdi (barchasi uzoqdan) va u ham bitta gol urdi. O'yin esa 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.

"Spal" bilan bo'lgan uchrashuvda esa gol urish uchun talaygina imkoniyat bo'lgandi: 23 zarba, 9 aniq zarba, 5 – jarima maydonchasidan. Biroq yana bittagina gol... G'alaba qozonishdi, lekin gollar soni 1 dona!

Endi qisqaroq. "Breshia"ga qarshi o'yinda uch barobar ko'p imkon yarata oldilar va 4:3 hisobda g'alaba qozondilar. "Roma" bilan uchrashuvda tengma-teng vaziyat bo'ldi – mag'lub bo'ldilar. "Jenoa"ga qarshi bahsda hisob ochilmadi. "Udineze" bilan to'qnashuv ham momentlar bo'yicha yana tenglik, ammo yana mag'lubiyat. Ikki barobar ko'proq vaziyat yaratishlariga qaramay, "Lacio" bilan durang o'ynadilar.

"Bolonya" munosib ravishda mag'lub bo'lgan yagona o'yin — "Yuventus"ga qarshi bahs bo'ldi: turinliklar ikki barobar ko'p xavfli vaziyatlar yaratdilar. Biroq uchrashuvdan avval Sarri "Bolonya"ni xavfli jamoa deb atagandi. Qolaversa, bu mavsum unga eng yoqqan jamoalardan biri ekanini takidlagandi.

NIMA UCHUN JAMOANING OMADI YURISHMAYAPTI?

Evropa ligasi top-5ligida faqat 7ta jamoa "Bolonya"dan ko'proq xavfli vaziyat yarata oladi. Hattoki "Liverpul", "Yuventus" va "Barselona" ularga qaraganda kamroq xavfli vaziyatlardan gol uradi.

Barcha muammo vaziyatdan foydalanishda. Yani, "Bolonya" o'yinchilari ko'p bor xavfli vaziyat yaratadilar, ammo ulardan to'g'ri foydalana olmaydilar. "Bolonya" imkoniyatdan unumli foydalanish bo'yicha Evropa chempionatlaridagi eng yomon jamoa bo'lsa ajabmas: zarbalarning atigi 15%i golga aylanadi... Yana bir muhim fakt: protiv "Bolonya"ga qarshi o'yinda raqib posbonlari top darjada harakat qiladilar. Masalan, SPAL golkiperi "Bolonya" bilan bahsda eng yaxshi o'yinchi bo'ldi va 8 o'ta xavfli vaziyatlarda to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi. Strakosha ("Lacio") esa darvoza tomon yo'llangan xavfli 6 zarbadan keyin to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

Oldinda kim "qovun tushiryapti"? Umuman olib aytganda, hujum chizig'idagi barcha. Sansone, Orsolini, Soriano, Santander o'ta qulay imkoniyatlardan ham noaniq zarba berishni "uddalashmoqda". Ortiqcha etirozlarga sabab bo'lmayotgan yagona inson – Rodrigo Palasio (sheriklari unga ikki bor qulay vaziyat yaratib berishdi va u har ikki safar gol urdi).

Sansone va Kreychi yaratib berayotgan vaziyatlardan keyin sheriklari urganlaridan ikki marotaba ko'proq gol urishlari zarur edi. 

Jamoa deyarli mavsum boshidan buyon bosh murabbiysiz harakat qilmoqda. 13 iyul kuni Mixaylovich press-konferenciyada leykemiyaga chalinganini elon qilgandi. Mavsumoldi mashg'ulotlarni ham "Bolonya" uning bevosita ishtirokisiz o'tkazdi: u klinikada yotgan, jamoa bilan videoaloqa orqali suhbatlashib turdi. Mavsum startidan etti tur o'tib, oktyabr o'rtalarida murabbiy qaytdi.

"Breshiya"ga qarshi o'yindagi g'alabadan so'ng "Bolonya", o'sha uchrashuvda jamoa 1:3 hisobida mag'lub bo'layotgan, ammo yakunda 4:3 hisobidagi g'alaba qozondi, futbolchilar Mixaylovich yotgan shifoxonaga keldilar va murabbiy ismini aytib olqishladilar. Sinisha esa kulgancha ularga oyna ortidan qarab turardi.

Palasio o'yindan so'ng shunday deb intervyu berdi: Tanaffus vaqtida Mixaylovich jamoa bilan bog'landi va futbolchilar o'z kuchlariga ishonishlarini talab qildi. Bu ish berdi va ikkinchi bo'limda barchamiz qo'shimcha energiyaga ega bo'lgandek harakat qildik. Aynan uning mentaliteti sabab biz shunday o'yin ko'rsatyapmiz". Avvalroq Sansone ham butun jamoa murabbiy uchun kurashayotganini aytib o'tgandi.

Bolonyada Mixaylovichni qattiq hurmat qilishadi, sababi o'tgan mavsum u mo'jiza ko'rsatdi. Klub Filippe Indzagi qo'l ostida yanvar oxirida ham 18-o'rinda edi, bor yo'g'i 13 ochko va 10 ta urilgan gol. Keyin Mixaylovich keldi va 31 ochko, 9 g'alaba, 38 ta gol. Birinchi o'yindayoq "Bolonya" "Inter"ni dog'da qoldirdi (bu 14 oydan beri safardagi ilk g'alaba edi). Mavsmni jamoa 10-pog'onada yakunladi.

Sinisha buni shunday ifodalagandi: "Men shunchaki futbolchilar bilan dildan suhbatlashdim, ularni tingladim, nima istayotganimni tushuntirdim va ular barchasini qoyillatib bajarishdi".

Yozda Mixaylovich "Roma"ning taklifini rad etdi va "Bolonya" bilan shartnomani uzaytirdi. Qoyil qolmay iloj yo'q!


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика