So’nggi yangiliklar

23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  14 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 21:16"Манчестер Сити" — "Челси". Таркиблар маълум  26 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  6 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  18 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1

Evropa ligasi. Nursiz o'yin, golsiz durang - "Vilyarreal" finalda! Yangiliklar

Evropa ligasi. Nursiz o'yin, golsiz durang - "Vilyarreal" finalda!

Evropa ligasining yarim finali "Arsenal" hamda "Vilyarreal" jamoalari ishtirokidagi javob o'yini matnli translyaciyasini kuzatib boring.

Arsenal Angliya – Vilyarreal Ispaniya 0:0

"Emireyts"

Arsenal – Leno, Belerin (Nketia, 90), Mari, Xolding, Tirni (Villian, 80), Parti, Saka, Edegor (Martinelli, 66), Smit-Rou, Pepe, Obameyang (Lyakazett, 80).

Vilyarreal – Ruli, Mario Gaspar, Albiol, Pau Torres, Pedrasa (Alberto Moreno, 90), Parexo, Koklen, Trigeros, CHukvueze (Pino, 30; Moyses Gomes, 90), Pako Alkaser (Bakka, 72), Jerar Moreno.

Ogohlantirish: Pino (87), Nketiya (90+2).

Dastlabki uchrashuv - 1:2

Arsenal

Europa League Final Stage . Semi Finals-tur

07/05/2021, 01:00

0
:
0
Tugadi

Villarreal

Stadion: Emirates Stadium, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Slavko Vincic

45'
90'
66'  Martin Oedegaard (Gabriel Martinelli)
80'  Pierre-Emerick Aubameyang (Alexandre Lacazette)
80'  Kieran Tierney (Willian)
90'  Hector Bellerin (Edward Nketiah)
90'  Edward Nketiah
29'  Samuel Chukwueze (Yeremi Pino)
72'  Paco Alcacer (Carlos Bacca)
86'  Yeremi Pino
90'  Alfonso Pedraza (Alberto Moreno)
90'  Yeremi Pino (Moi Gomez)

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! "Manchester Yunayted" bilan finalda "Vilyarreal" o'ynaydi!

5 daqiqa qo'shib berildi.

"Vilyarreal" vaqt cho'zish uchun ikki o'zgarish amalga oshirmoqda. Zerikarlilik yanada kuchaymoqda.

88. Xavfli vaziyat! Belerinning zarbasi raqibdan o'tmadi. Ammo kutishda davom etamiz. Kimdir hujum qilsa xursand bo'lyapmiz o'zi.

85. Na zarba, na hujum bor bu o'yinda. Rimda esa Evropa ligasi finalini ko'ryapmiz deb qo'yaveray. Bu huddi 3-o'rin uchun bahsdek o'tmoqda.

79. OBAAAAAA!!! Belerinning qanotdan oshirgan to'piga Obameyang boshi bilan zarba berdi. "Vilyarreal"ni darvoza ustuni qaytardi!

77. UXXXXXX!! Tirnining zarbasi noaniq ketdi.

73. ZARBAAAAA!! Rouning boshi bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

71. UXXXXX!! Jarimadan uzatilgan to'pga Mari boshi bilan noaniq zarba yo'lladi.

69. Bizning o'yinga ham Fernandesh yoki Kavani kerak. O'yinni o'ziga ola biladigan futbolchilar topilmayapti. 

66. Arteta hujumni "osvejit" qilmoqda. Edegor o'rnini Martinelli egalladi.

61. Rimda daxshat o'yin bo'lyapti men sizlarga aytsam. De Xea qahramonliklarining 50 foizi bo'lmaganida "Roma" navbatdagi bosqichga chiqadigan natija qayd etayotgan bo'lardi.

58. ZARBAAAAAA!! Juda ayyorona yo'llangan zarbani Leno qiyinchilik bilan qaytardi. 

56. Trigerosning zarbasi Maridan o'tmadi.

Agar "Arsenal" so'nggi daqiqalarda gol urishni istayotgan bo'lsa, bu juda xavfli. Tavakkal qilish yaramaydi. Gol qancha erta urilsa shuncha yaxshi bo'ladi.

53. ZARBAAAAAAA!! Moreno ajoyib imkoniyatdan foydalana bilmadi. O'yin taqdirini hal qilishi mumkin edi.

50. Smit-Rou!! Rulining xatosidan keyin Emil darvozani ishg'ol qila olmadi...

47. ZARBAAAAAA!! Pepening kuchli zarbasi darvoza yonidan o'tib ketdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffus!

Rimda Manchester ishni hal qilib bo'ldi. Endi kambek haqida gap so'z ham bo'lishi mumkin emas.

Taymga 3 daqiqa qo'shib berildi.

43. "Arsenal" juda xavfli hujum uyushtirishi mumkin edi. Saka to'pni uzatishda xato qildi.

41. UXXXXX!! Burchakdan uzatilgan to'pda keyin Parexoning zarbasi raqibiga tegib, burchakka chiqib ketdi.

39. ZARBAAAAAA!! Obameyangning zarbasini qaytarishda Ruli xato qildi. Ikkinchi urinishda to'pni ushlab oldi.

36. Ruli qo'lidan kelganicha vaqtni cho'zishga harakat qilmoqda.

33. O'yin hali ham zerikarli ruxda davom etmoqda. To'satdan kirib ketadigan bir gol barchasini o'zgartirib yuboradi.

29. CHukvueze jarohat olgan ko'rinadi. U almashtiriladi. Zerikarli kechayotgan o'yindagi ajoyib ijrochi o'yinni tark etmoqda.

26. ZARBAAAAAAAA!! Obameyangning zarbasi raqib posti ustuniga tegib maydonni tark etdi!

25. Tirnining uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

23. ZARBAAAAAA!! Parexoning jarimadan yo'llagan zarbasi darvozaning ustidan o'tib ketdi!

22. UXXXXXX!! Parti o'z jarima maydonchasi ostonasida Parexoni yiqitdi va jarima zarbasi belgilandi.

19. "Vilyarreal" jarima maydonchasi ichida xavfli vaziyat bo'lishi mumkin edi. Ruli to'pni mushtlari bilan urib yubordi.

16. "Arsenal" yana bir burchak zarbasiga ega bo'ldi. Bu safargi korner ham samarasiz.

13. Juda sifatsiz o'yin bo'lmoqda. Xatolarning ko'pligi o'yinni ko'rishga bo'lgan ishtiyoqni so'ndirmoqda. 

9. Balki o'yin tempi Rimdagi kabi yuqori emasdir. Ammo bu erda kurash uchun sabab bor! Atigi bir gol barchasini hal qilishi mumkin.

5. ZARBAAAAAA!! CHukvuezening kuchli zarbasini Leno qaytardi! CHiroyli seyv!

2. "Arsenal" dastlabki daqiqadan burchak zarbasini ishlab oldi. Undan uzatilgan to'pni himoyachilar qaytarib yuborishdi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari! Etiboringizni "Emireyts"ga qaratamiz. Ushbu stadionda Evropa ligasining ushbu mavsum finalchisi aniqlanadi. Uchrashuvni sizlar bilan Mirjalol Normatov kuzatib boradi.

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика