Evropa ligasi. Ahmedovning jamoasi durang bilan boshladi
19 sen 2014 01:55
Yangiliklar
Evropa ligasi. Ahmedovning jamoasi durang bilan boshladi
Hamyurtimiz Odil Ahmedov tup suradigan Rossiyaning "Krasnodar" jamoasi mehmonda Franciyaning "Lill" klubi bilan kuch sinashdi. Uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan Odil Ahmedov o'yinning 35-daqiqasida jamoadoshi Labordeni qulay vaziyatga chiqardi va bellashuvda hisob ochildi, 0:1. Lekin "Krasnodar" uchrashuv so'nggiga qadar g'alabani o'z qo'lida ushlab qola olmadi.
"Lill" himoyachisi Ker 63-daqiqa hisobni tenglashtiruvchi golni urishga muvaffaq bo'ldi, 1:1.
SHu tariqa "Krasnodar" Evropa ligasini durang bilan boshladi.
Evropa ligasi, 1-tur.
"H" guruhi.
"Lill" Franciya – "Krasnodar" Rossiya 1:1
Stad Per Morua
Gollar: 0:1 – 35 Laborde, 1:1 – 63 Ker.
"Lill": Enema, Suare, Ker, Basha, Korshya, Lopesh, I. Guye, Mavuba (Delaplas, 46), Balmon (Mendesh, 77), Ru (M. Fray, 46), Oriji.
"Krasnodar": Dikan, Sigurdsson, Grankvist, Endjeychik, V.Kaleshin, Izmaylov (V.Bistrov, 69; Burmistrov, 86), Gazinskiy, Laborde (Vanderson, 70), Ahmedov, Pereyra, Ari.
Ogohlantirishlar: Grankvist (19), Gazinskiy (62), V.Bistrov (79), Endjeychik (84).
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar