Evropa chempionatlari tarixi: Evro-1976 va Panenka zarbasi
24 may 2016 15:00
Yangiliklar
Evropa chempionatlari tarixi: Evro-1976 va Panenka zarbasi
Evropa chempionatining hisob bo'yicha beshinchisi - 1976 yili Yugoslaviyada bo'lib o'tgan. Turnirda CHexoslovakiya terma jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritgan. Finaldagi penaltilar seriyasida Antonin Panenkaning zarbasi jamoasiga g'oliblikni keltiradi. O'sha zarbadan so'ng bunday uslubdagi zarbalar Panenka uslubidagi penalti zarbalari deb atala boshlagan. Ushbu chempionat final bosqichi to'rtta o'yindan iborat (yarim final, uchinchi o'rin uchun va final) bo'lgan so'nggi Evropa chempionati bo'lib qolgan.
16-20 iyunda Belgrad va Zagrebda bo'lib o'tgan turnir qaysidir manoda sensacion turnir bo'lgan. Italiya, Angliya, Franciya, Vengriya va Polsha kabi terma jamoalar chempionatning final bosqichiga yo'llanma ola bilmagandilar.
Yarim finallar:
CHexoslovakiya - Gollandiya 3:1
Yugoslaviya - GFR 2:4
Uchinchi o'rin uchun:
Gollandiya - Yugoslaviya 3:2
Final:
CHexoslovakiya - GFR 2:2 (5:3)

To'purar: Diter Myuller (4 ta gol)
Eng yaxshi o'yinchi: Diter Myuller

Antonin Panenka o'zining mashhur zarbasini amalga oshirmoqda
Avvalgi chempionatlar:
Evropa chempionatlari tarixi: Evro-1960
Evropa chempionatlari tarixi: Evro-1964
Evropa chempionatlari tarixi: Evro-1968O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar