Evropa chempionati. Ronaldu rekord sohibi
22 iyu 2016 22:06
Yangiliklar
Evropa chempionati. Ronaldu rekord sohibi
Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu Evropa chempionatida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchiga aylandi.
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Vengriyaga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi va Evropa chempionatida eng ko'p o'yin o'tkazish bo'yicha Lilian Tyuram (Franciya) hamda Edvin var der Sarni (Gollandiya) ortda qoldirdi.
Vengriyaga qarshi o'yin Ronaldu uchun Evropa chempionatidagi 17-uchrashuv sifatida qayd etildi.
Agarda Ronaldu ushbu Evropa chempionatida gol kiritishni uddalasa, unda Krishtianu yana bir rekord sohibiga aylanadi.
Ronaldu bunga qadar Evro-2004, Evro-2008 hamda Evro-2012da gol kiritishga muvaffaq bo'lgan. Hozirga qadar hech bir futbolchiga to'rtta Evropa chempionatida gol urish nasib etmagan.
O’xshash yangiliklar
21:57
"Al Nassr" va "Al Tavun" o'rtasidagi 18-tur bahsi uchun tarkiblar malum: Ronaldu asosiy tarkibda! 0
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди
"Вильярреал" - "Реал Мадрид". "Қироллик клуби" таркиби маълум
Fikrlar