Evrofutbol. Ikkala uchrashuv ham yakunlandi! MATNLI TRANSLYACIYA
12 jan 2015 01:59
Yangiliklar


Evrofutbol. Ikkala uchrashuv ham yakunlandi! MATNLI TRANSLYACIYA
MATNLI TRANSLYACIYA
- Biz bugungi o'yinlardan olib borgan translyaciyamizni yakunlaymiz. Doimo sog' va samolat bo'ling, aziz futbol muxlislari! Keyingi o'yinlarda saytimiz orqali g'oyibona ko'rishguncha. Etiboringiz uchun tashakkur!
- "Barselona" - "Atletiko" bellashuvi ham o'z nihoyasiga etdi! "Barselona" o'z maydonida g'alabaga erishdi!
- Bu o'yinda ham barcha masala deyarli hal etildi.
87 - GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! MESSI! Messi va Rakitichning o'zaro uyushtirgan kombinaciyasidan so'ng Messi darvozani ishg'ol etdi, 3:1!
- Raul Garsiya Neymarni bir turtib yiqitib yubordi. Futbolchilar tortishishmoqda.
- "Barselona" - "Atletiko" uchrashuvining 84-daqiqasi boshlandi. To'p maydon egalarida. Neymardan pas, Messi!!! Zarba! Moyya o'z o'rnida!
- Ispaniyaga yo'l olamiz...
- O'YIN TUGADI! "Yuventus" mehmondan muhim g'alaba bilan qaytadigan bo'ldi!
90 - GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!!! ARTURO VIDAL!!!!! Qarshi hujumda "Yuventus" mezbonlarni jazoladi. Arturo Vidal jarima maydonchasi oldidan o'zining aniq zarbasi bilan o'yindagi yakuniy hisobni o'rnatdi, 1:3!
- XAVFLI VAZIYAT!!!!!!!! IGUAIN!!!!!!!!!! Argentinalik hujumchi Bonuchchini ortda qoldirdi va qulay vaziyatga chiqib bordi. Ammo Buffonni dog'da qoldirishda unga aniqlik etishmadi.
- "Napoli" - "Yuventus" bahsiga hakam tomonidan 6 daqiqa qo'shib berildi.
- "Napoli"ning urinishlari samara bermayapti. Uchrashuvining so'ngig daqiqasi boshlandi.
- Garganoning o'rniga Zapata maydonga tashlandi. Benitez bor etiborini oldinga chiziqqa qaratmoqda.
- "Napoli" - "Yuventus" uchrashuviga qaytamiz. Bu erda o'yinning 83-daqiqasi o'tib bormoqda. "Napoli" hujumga intilmoqda. Vaqt oz qolmoqda...
- Gabi o'rniga Torres maydonga tushdi.
- Fernando Torres maydonga tushishga tayyorgarlik ko'rmoqda...
- Neymar bugun ancha faol. "Atletiko" futbolchilari ko'p vaziyatda Neymarni qo'pollik bilan to'xtatib qolishmoqda.
Ximenez Neymarni oyog'iga yaxshigina zarba bergan vaziyat
- Ispaniyada bir muddat to'xtab turamiz. Bu erdagi o'yin holati qanday kechayotganiga biroz nazar solaylikchi. "Atletiko" bitta to'p farqini yo'qqa chiqarishga erishdi. Kurash hali davom etmoqda...
- Yana "qovun" tushdi. Kataloniyadagi o'yinda penalti belgilangan ekan. Mario Manjukich 11-metrlik nuqtadan unumli foydalanginini ko'rib qoldim.
57 - GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! MANJUKICH!
- Allegri Pol Pogbani maydondan oldi. Uning o'rniga SHtefan Lixshtayner tushirildi
- Aytdimku! U erga o'tsak bu erda gol bo'lib o'tiribdi! Pirloning jarima zarbasidan oshirib bergan to'pini Kaseres ham deyarli Britosni goliga o'xshatib darvozaga "tiqib" qo'ydi, 1:2!
69 - GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! KASERES!
- Yo'q, qaytamiz Neapolga....
- Ispagiyaga "birrov"ga o'tamiz.
- Italiyadagi o'yinda intriga yanada oshadigan bo'ldi. "Napoli" endi g'alaba to'pini kiritish maqsadida oldinga boradi. "Yuventus" ham durangga rozi emasligi aniq. Kurash davom etadi.
- "Napoli" - "Yuventus" o'rtasidagi bahsda muvozanat tiklandi. Burchak to'pidan so'ng Britos to'pni Buffon qo'riqlayotgan darvozaga aniq joylab qo'ydi, 1:1!
64 - GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! BRITOS!
- "Atletiko" amalga oshirgan burchak to'pi darvoza tomon berilgan zarba bilan yakunlandi. Noaniq.
- "Atletiko" "Barselona" darvozasini ishg'ol etish uchun imkoniyatga ega bo'ldi. Jarima zarbasi. Jarima maydonchasi tomon oshirib berilgan to'pni raqib himoyachilari maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi. Burchak to'pi.
- "Napoli" tarkibida ilk zo'garish ruy berdi. Marek Gamshik o'z o'rnini Mertensga bo'shatdi.
- Kataloniyada ham ikkinchi bo'lim boshlandi!
- Britos to'pni boshi bilan de Guzman tarafga uzatdi. "Napoli" futbolchi to'pga zarba berishga kechikdi, hisobni tenglashtirish uchun qulay vaziyat bo'lgandi.
- Ikkita o'yinni bir vaqtda onlayn qilish biroz muammo keltirib chiqarar ekan. Televizorni u kanalga olgan paytda bu erda hujum bo'ladi, aksincha bo'lsa u erda hujum bo'ladi.
- "Yuventus" burchak to'pi tepdi. Kellini to'pni boshi bilan darvozaga yo'llamoqchi bo'lib jamoadoshi bilan to'qnashib ketdi va boshini yorib oldi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.
- "Yuventus" o'zining ikkichni golini kiritishga yaqin kelgandi. Kaseresning o'ng qanotdan jarima maydonchasiga oshirib bergan to'piga Pogba zarba bera olmadi. Hujum xavfli chiqdi.
- "Napoli" navbatdagi burchak to'pini amalga oshirdi. Qariya Jiji to'pni o'z jarima maydonchasi ichidan uzoqlashtirdi.
- "Napoli" faol boshladi. Gamshik - Kalexon tandemi ostida tashkil etilgan hujum burchak to'pi ishlash bilan tugadi. Standart vaziyati esa mezbonlarga samara keltirmadi.
- "Napoli" - "Yuventus" uchrashuvining ikkinchi bo'limi boshlandi!
Jamoalarning o'yin oldidan birgalikda tushgan surati
- "Barselona" - "Atletiko" 2:0. Birinchi bo'lim tugadi. TANAFFUS!
- Arda Turan "Atletiko"ning kam sonli hujumlaridan birini boshlagandi. Ammo bu hujumni "Barselona" himoyachilari osonlik bilan bartaraf etishni uddasidan chiqishdi.
- "Barselona" Luis Enrike qo'li ostidagi o'zining eng yaxshi o'yinini o'tkazmoqda desak mubolag'a bo'lmasa kerak.
- SHuni qo'shimcha qilish kerakki, gol bo'lgan vaziyatda Messi to'pni qo'li bilan o'ynagan ekan. Hakam buni payqamay qoldi.
35 - GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SUARES! Messining boshlagan hujumini Luis Suares o'zining aniq zarbasi bilan samarali yakunladi, 2:0!
- Uhhhh! Manjukich va Buskets o'zaro kelisholmay qolishdi. Mario Manjukich Busketsni uramanga tushib ketdi, Busketsni esa jamoadoshlari qaytarib qolishdi. Har ikkala futbolchi ham nohaq ekan aslida. Hakam Manjukichni ogohlantirdi. Busketsga sariq kartochka berganini payqamay qoldim. Hozir bunga ham aniqlik kiritamiz.
- Italiyadagi uchrashuvning birinchi bo'limi tugadi. Tanaffus! Hozircha Allegri shogirdlari hisobda oldinda borishmoqda.
- Hozircha "pult"ni faqat Ispaniyadagi o'yinga qaratib turibman. Messi bugun o'zining bu mavsumdagi eng yaxshi o'yinlarini birin o'tkazmoqda. "Barselona"ning navbatdagi hujumi xavfli tus oldi! Messi yana darvoza tomon "yurish" qildi. Bu safar Moyya jamoasi joniga oro kirdi.
"Yuventus"ni hisobda olib chiqqan futbolchi - Pogba!
Neymar o'z golini nishonlamoqda
- Luis Suares!!! "Barselona"ning navbatdagi xavfli hujumi! Suarez Godindan jda chiroyli tarzda o'tib ketdi va to'pni Neymarga oshirib berdi. Braziliyalik futbol uchrashuvda "dubl" qayd etishga juda yaqin kelgandi. Biroq to'p darvoza to'riga aniq bormadi.
- "Barselrna" goldan keyin yana xavfli vaziyat yaratgandi, biroq so'nggi pallada Moyya o'zini ko'rsatdi va jamoasini goldan saqlab qoldi. Uchrashuv Luis Enrike jamoasi ustunligi ostida kechmoqda.
29 - GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! POGBA! "Yuventus" ham hisobni ochdi. To'g'risi bu golni ko'ra olmay qoldim. Gol muallifi - Pogba! Oldinma ketin "Barsa" va "Yuve" jamoalari gol kiritishdi.
12 - GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! NEYMAR! "Barselona" hisobni ochdi. Tashkil etilgan hujumni avvaliga Messi, keyin Suares samarali yakunlamoqchi bo'ldi. Biroq to'p darvozaga kirmadi, qaytgan to'pni esa Neymar darvozaga joyladi, 1:0!
- "Barselona"ning xavfli hujumi! Neymar va Messi kombinaciyasini Leo samarali yakunlashi mumkin edi. Biroq Messining zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.
- Kataloniyada hozircha sokinlik. To'p har doimgidek "Barselona" futbolchilarida.
- "Barselona" - "Atletiko" uchrashuvi boshlandi!
- Hozircha jamoalar darvozalar oldida aytarli xavfli vaziyatlarni sodir etishgani yo'q. Navbatma-navbat hujumlarni tashkil etishmoqda. Lekin o'ylangan reja ish bermayapti.
- O'yinnig 7-daqiqasida mezbonlar burchak to'pini amalga oshirishdi. Biroq bu standart vaziyati ularga naf keltirmadi. Buffon to'pni o'yinga kiritib beradi.
- "Napoli" uchrashuvni hujumkor ruhda boshladi. Biroq "Yuventus" himoyachilari o'z joylarida ishonchli harakat qilishdi.
- "Napoli" - "Yuventus". O'yin boshlandi!
- "Napoli" va "Yuventus" futbolchilari maydonga tushib kelishmoqda...
"Napoli" - "Yuventus" o'rtasidagi uchrashuv boshlanishiga sanoqli daqiqalar qolmoqda. Ushbu qarama-qarshilikda kim g'olib bo'larkin?
- "San Paolo" stadoni larzaga kelmoqda. Stadion suhandoni "Napoli" muxlislarini "jonlantirib", jamoaning asosiy tarkib futbolchilarini birgalikda o'qib bermoqda. Muhit shunchaki fantastik!
Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Tunni futbol bilan o'tkazishga tayyormisizlar? Unda sizlarga bir yangilik. Bugun Ispaniya va Italiya chempionatlarida deyarli bir vaqtning o'zida ikkita markaziy o'yin boshlanadi. Italiyada "Napoli" "Yuventus"ni qabul qilayotgan bo'lsa, Ispaniyada Luis Enrike boshchiligidagi "Barselona" "Atletiko"ni mehmon qiladi. Uchrashuvlar ketma-ket boshlanashi sababli, ushbu sahifa orqali har ikkala o'yinni parallel tarzda yoritib boramiz. Uchrashuvlardagi eng etiborga molik vaziyatlar va qiziqarli voqealarni imkon qadar Sizlarga etkazishga harakat qilamiz. Bugungi matnli onlayn translyaciyamiz avvalgisiga o'xshamagan, o'zgacha uslubda olib boriladi. Qisqa metrajli onlayn translyaciyani SHahboz Beg'amov amalga oshiradi.
Italiya chempionati, 18-tur.
Napoli – Yuventus 1:3 (0:1, 1:2)
San-Paolo
Gollar: 0:1 – 29 Pogba, 1:1 – 64 Britos, 1:2 – 69 Kaseres, 1:3 – 90 Vidal.
Napoli – Kabral, Kulibali, Albiol, Britos, Madjo, Lopes Silva, Gargano (Sapata, 83), Gamshik (Mertens, 60), de Guzman, Kalexon (Gabbyadini, 73), Iguain.
Yuventus – Buffon, Kellini, Bonuchchi, Kaseres (Ogbonna, 80), Evra, Vidal, Pogba (Lixtshtayner, 70), Pirlo, Markizio, Lorente (Morata, 75), Teves.
Ogohlantirishlar: Teves (39), Kaseres (61), Britos (68), de Guzman (85), Albiol (90), Sapata (90).
Ispaniya chempionati, 18-tur.
Barselona – Atletiko 3:1
Kamp Nou
Gollar: 1:0 – 12 Neymar, 2:0 – 35 Suares, 2:1 – 57, penalti Mandjukich, 3:1 – 87 Messi.
Barselona – Bravo, Dani Alves, Buskets, Pike, Alba, Inesta, Maskerano, Rakitich (Rafinya, 89), Neymar, Suares, Messi.
Atletiko – Moyya, Xuanfran, Ximenes, Godin, Games (Sikeyra, 83), Gabi (Torres, 68), Tiagu, Koke, Turan, Grizmann (Garsiya, 74), Mandjukich.
Ogohlantirishlar: Games (21), Mandjukich (33), Xuanfran (49), Suares (59), Tiagu (65), Grizmann (69), Maskerano (74), Messi (80), Godin (83).

Fikrlar