Evro U-21da porlagan o'yinchi "Atletiko"ga o'tishi mumkin
22 avg 2019 10:37
Yangiliklar
Evro U-21da porlagan o'yinchi "Atletiko"ga o'tishi mumkin
Madridning "Atletiko" klubi Zagrebning "Dinamo" klubi yarim himoyachisi Dani Olmoga qiziqmoqda.
21 yoshli futbolchiga bundan tashqari "Ayaks" va "Tottenxem" klublari qiziqmoqda.
Ammo, futbolchining faoliyatini "Atletiko"da davom ettirish ehtimoli yuqori. Faqatgina "matraschilar" yarim himoyachi Anxel Korrea va forvard Nikola Kalinichlarning transferi orqali pul ishlab olishi kerak.
"Barselona" tarbiyalanuvchisi Olmo Ispaniya terma jamoasi tarkibida 21 yoshgacha bo'lgan Evropa chempionatida zafar quchgan edi.
Xavbek finalda Germaniya (2:1)ga qarshi o'yindagi g'alabali goli tufayli finalning "eng yaxshi o'yinchisi" deb topilgan edi.
Fikrlar