So’nggi yangiliklar

14:27"Хаби билан бутун футбол оламини ҳайратга солган жамоани шакллантирдик" — "Байер" спорт директори   0 14:00"Сурхон"нинг голида офсайд қайд этилишича ёрдамчи ҳакамнинг қарорига таянилган, VAR'да эса тасвирлар етарли бўлмаган — Эксперт ҳакамлар қўмитаси  11 13:31"Манчестер Юнайтед" тажрибали дарвозабон билан шартномани узайтирмоқчи  0 13:03"Барса" етакчилари Араухонинг "Реал"га қарши ўйнашига қарши  15 12:37Ким чемпион? Гёкереш ёки Ди Мария? Бугун Португалияда мавсум ўйини бор  2 12:17Ямаль машҳур бренднинг элчиси бўлди  1 11:49Рафаэл Леау АПЛнинг топ-клублари диққат марказида  0 11:20Ички ҳиссиёт. "Насаф" бугун Қаршида очко йўқотади(ми)?  15 11:12Роналду "Спортинг"га ўтишга яқин. Португалиялик ЖЧ-2026га қадар ватанига қайтмоқчи  8 10:46"Арсенал" асосий футболчиси билан музокараларни бошлади  3 10:16«Реал» Алонсо учун «Байер»га қанча товон пули тўлаши маълум бўлди  16 09:45Испания терма жамоаси футболчиси "Арсенал" билан келишувга эришди  10 09:17Пол Робинсон: "МЮ ва "Тоттенхэм" ЕЧЛга тайёр эмас"  12 08:50Салоҳ — журналистлар талқинига кўра АПЛда мавсумнинг энг яхши футболчиси  13 08:22"Байер"ни бошқариш учун асосий номзод маълум  1

Evro-2024. Germaniya - SHotlandiya. Prevyu Yangiliklar

Evro-2024. Germaniya - SHotlandiya. Prevyu

Bugun 2024 yilgi Evropa chempionatining ochilish uchrashuvi o'tkaziladi.

O'yin haqida nimalarni bilish lozim?

Oxirgi uchta yirik turnirning ikkitasida guruh bosqichidan nariga o'ta olmagan Germaniya 2006 yilli scenariyning takrorlanishiga umid qilmoqda, o'shanda Yurgen Klinsmann shogirdlari o'z yashil maydonlarida bo'lib o'tgan jahon chempionatida turli prognozlarga qaramasdan, yarim finalga qadar etib borgandi. Xans-Diter Flik o'rniga bosh murabbiylikka tayinlangan Yulian Nagelsman terma jamoadagi faoliyatini yorqin tarzda boshlamadi, biroq mart oyida Franciya va Niderlandiya ustidan qozonilgan g'alabalar muvaffaqiyatli kelajakka bo'lgan umid uchqunlarini hosil qildi. Dastlabki turda Myunxendagi g'alaba nemislarning pley-offga chiqish imkoniyatini oshirishi shubhasiz.

Saralash bosqichida uch karra Evropa chempioni Ispaniya, shuningdek, Norvegiya va Gruziya ustidan qozonilgan g'alabalardan so'ng muxlislarning SHotlandiyaga bo'lgan ishonchi yuqori. Stiv Klark SHotlandiyani ketma-ket ikkinchi qita chempionatiga olib chiqqan birinchi murabbiy sanaladi. U "Aston Villa" sardori Jon Makginn va "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Skott MakTominay kabi saralash bosqichining sakkizta o'yinida ettita gol urgan o'yinchilardan iborat jamoa shakllantirdi. Bu jamoa sensaciya yaratishda davom etadimi?


Taxminiy tarkiblar

Germaniya: Noyer; Kimmix, Ryudiger, Ta, Mittelshtedt; Andrix, Kroos; Musiala, Gyundogan, Virc; Xaverc

SHotlandiya: Gann; Porteus, Xendri, Tirni; Rolston, Maktominey, Makgregor, Robertson; Makginn, Adams, Kristi


Oxirgi natijalar

Germaniya

Oxirgi natijalar (barcha turnirlar, oxirgi o'yinlar birinchi bo'lib sanab o'tilgan, G' - g'alaba, D - durang, M - mag'lubiyat): G'DG'G'MM

SHotlandiya

Oxirgi natijalar: DG'MMDD


Ekspertlar fikri

Germaniyalik muxbir Fil Reber

O'tgan Evropa chempionatida ichki sezgim pand bermagandi (2016 yil Portugaliyani g'olib sifatida tanlaganimda hamma meni aqldan ozgan deb o'ylagandi), hozir esa bu sezgi menga Germaniyaning turnir yaxshi ruhda o'tkazishini aytmoqda. Nemislar so'nggi uchta yirik turnirda dastlabki o'yinlarda mag'lub bo'lishdi, ammo bu seriya Myunxenda yakunlanishiga ishonaman. Agar SHotlandiya mart oyida Niderlandiyaga qarshi o'ynagandek tajovuzkor o'ynasa, ochilish o'yini qolgan bahslar uchun yuqori plankani o'rnatadi.

SHotlandiyalik muxbir Aleks O'Xenli

Hammasi oddiy. Oldinda SHotlandiyaning mazkur avlodi uchun eng muhim o'yin kutib turibdi. SHotlandiya 1998 yil Franciyadagi jahon chempionati ochilish uchrashuvida ishtirok etganidan beri bunday yirik mastshabdagi o'yinda qatnashmagan. O'shanda Kreyg Braun shogirdlari braziliyaliklar bilan tengma-teng kurash olib borishgandi, ammo alamli avtogol ularni ochkodan mahrum qilgandi. Oradan 26 yil o'tib, Klark shogirdlari Evro-2024 ochilish o'yinida har qanday munosib natijaga erishish uchun hamma narsaga tayyor.


Murabbiylar fikri

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann: "SHogirdlarimlarning ko'zlariga qarasam, ularning birinchi o'yinda g'alaba qozonishga chanqoq ekanliklarini ko'raman. Bo'lajak uchrashuvni intiqlik bilan kutyapman. Garchi biroz asabiylashayotgan bo'lsam ham, bu yoqimli hissiyot baxsh etadi. Evropa chempionati juda katta turnir. Mamlakat terma jamoasiga boshchilik qilish o'zgacha tuyg'u hisoblanadi. SHotlandiya juda yaxshi va iqtidorli jamoaga ega. Ular ko'p pas o'ynashadi va juda xavfli. Raqib o'yinchilari maydonda bor kuchini namoyon etishadi va har qanday yakkakurashga kirishadilar, bu shotlandcha mentalitetning bir bo'lagi sanaladi".

SHotlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stiv Klark: "Mazkur bellashuv har ikki tomon uchun ham ajoyib voqea bo'ladi. Germaniya ham, biz ham g'alaba qozonishni istaymiz, qolganlar esa bayramdan rohat olishni istashadi. Mening oilam shu erda. Ularga o'yin yoqadi degan umiddaman. Biz bu erga kelishni uzoq vaqt kutdik. Oktyabr oyida final bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritganimizdan beri ancha vaqt o'tdi. Yigitlar to'qnashuvga tayyor, men ham uchrashuvga shayman, shu bois biz yaxshi o'yin namoyish etishga umid qilamiz".

Eslatib o'tamiz, "A" guruhi 1-turidan o'rin olgan Germaniya - SHotlandiya uchrashuvi 15 iyun kuni soat 00:00 da boshlanadi.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика