So’nggi yangiliklar

18:42Эшитдик-да! "Олимпик"нинг яна бир футболчиси "Пахтакор"га ўтмоқда  8 18:16"Пахтакор"нинг Фарғонадаги ғалабали ўйинидан ГАЛЕРЕЯ  1 17:58Анхель Ди Мария иккита жамоадан бирини танлайди  3 17:39Месси қайтди  0 17:12"Футбол олами". "Нефтчи" ва "Навбаҳор" даврани мағлуб билан якунлашди — Суперлиганинг қолдирилган ўйинлари ҳақида барчаси  0 16:41Хомяков, Бўриев, Ҳамиджонов... Ўзбекистон кубоги 1/8 финални ўтказиб юборадиганлар рўйхати  0 16:05Қўмита қарорларига ҳурматсизлик қилаётган Суперлига клубларига нисбатан санкция қўлланилади  10 15:48Расман: Амирбек Саидов Сербия клуби аъзоси  8 15:29Суперлига: ОКМК футболчиси қизил олиши, "Навбаҳор"нинг голи ҳисобланмаслиги ва "Насаф" пенальти тепмаслиги керак эди. Баҳсли вазиятлар юзасидан Эксперт-ҳакамлар комиссияси хулосаси  20 14:50"Бавария" ўз футболчиси учун 50 млн ва бонуслар хоҳламоқда, МЮ эса ҳали расмий таклиф билан чиқмади  4 14:08Испания терма жамоасининг яна бир футболчиси Саудияга йўл олишга яқин  2 13:39Ўзбекистон терма жамоасининг Гватемалага қарши ўйинлар учун таркиби маълум  0 13:13Эшитдик-да! Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг яна бир футболчиси легионерга айланиши мумкин  21 12:49«Нефтчи» собиқ футболчиси «Хоразм» билан шартнома имзолади  1 12:21"Бизга қайноқ юрак ва совуқ бош керак"  8

Evro-2024. Slovakiyani mag'lub etgan Angliya chorak finalda! Bellingem 95-daqiqada gol urdi Yangiliklar

Evro-2024. Slovakiyani mag'lub etgan Angliya chorak finalda! Bellingem 95-daqiqada gol urdi

Evro-2024 1/8 final doirasidagi Angliya - Slovakiya o'yini bo'lib o'tdi.

Evro-2024
1/8 final

Angliya - Slovakiya 2:1
Gollar: 0:1 – 25 SHranc, 1:1 – 90+5 Bellingem, 2:1 – 91 Keyn.

Angliya – Pikford, Uoker, Stounz, Gexi, Tripper (Palmer, 66), Rays, Foden (Touni, 90), Bellingem (Konsa, 90), Maynu (Eze, 84), Saka, Keyn (Gallaxer, 90).

Slovakiya – Dubravka, Pekarik (Tupta, 90), SHkrinyar, Vavro, Gancko, Kucka (Bero, 81), Lobotka, Duda (Benesh, 81), Garaslin (Suslov, 61), SHranc (Domber, 90), Strelec (Bojenik, 62).

Ogohlantirishlar: Gexi (3), Maynu (7), Kucka (13), Bellingem (17), SHkrinyar (45+1), Pekarik (77), Vavro (108), Domber (114).


England

Jude Bellingham - 90', Harry Kane - 91'

EURO Final Stage . 1/8-tur

30/06/2024, 21:00

1
:
2
Finished AET

Slovakia

Ivan Schranz - 25'

Stadion: Arena Auf Schalke, 47244 tomoshabin

Bosh hakam: Halil Meler

45'
90'
120'
3'  Marc Guehi
7'  Kobbie Mainoo
17'  Jude Bellingham
50'  Phil Foden
66'  Kieran Trippier (Cole Palmer)
84'  Kobbie Mainoo (Eberechi Eze)
90'  Phil Foden (Ivan Toney)
90'  Jude Bellingham
90'  Marc Guehi
91'  Harry Kane
91'  Ivan Toney
106'  Harry Kane (Conor Gallagher)
106'  Jude Bellingham (Ezri Konsa)
13'  Juraj Kucka
25'  Ivan Schranz
25'  David Strelec
45'  Milan Skriniar
61'  Lukas Haraslin (Tomas Suslov)
61'  David Strelec (Robert Bozenik)
77'  Peter Pekarik
81'  Juraj Kucka (Matus Bero)
81'  Ondrej Duda (Laszlo Benes)
90'  Ivan Schranz (Norbert Gyomber)
108'  Denis Vavro
109'  Peter Pekarik (Lubomir Tupta)
114'  Norbert Gyomber
120'  Tomas Suslov



Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH


Bo'ldi, final hushtagi yangradi! Angliya — chorak finalda!

120+1-daqiqa. O'ng qanotdan uzatma va zarba qovushmadi hamda Pikford to'pni egallab oldi.  

Bosh hakam yana 1 daqiqa qo'shib berildi!

120-daqiqa. Qarshi hujumda Ayven Tounida imkoniyat yuzaga keldi, biroq uning kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi. 

119-daqiqa. Slovakiya yana bir imkoniyatdan foydalana olmadi. 

116-daqiqa. Slovakiya burchak zarbasi ishlab oldi. Uzatmadan keyin Eze hech qaerga qarab o'tirmay, to'pni imkon qadar uzoqroqqa tepib yubordi. 

114-daqiqa. Ogohlantirish! Tounini "tepkilab" tashlagani uchun Gyumberga sariq ko'rsatdi hakam. 

113-daqiqa. Sloveniya bosim uyushtirdi va ketma-ket hujumlar uyushtirdi, ammo bu natija bermadi. 

109-daqiqa. O'zgarish! Peter Pekarik o'rniga Lyubomir Tupta maydonga tushirildi. 

108-daqiqa. Ogohlantirish! Eze bir raqibidan o'tib, ikkinchisiga borib urildi. Hakam Vavro o'yin qoidasini buzdi deb topdi va sloveniyalik futbolchiga sariq ko'rsatdi. 

106-daqiqa. Ikkinchi ekstra-taym boshlandi!

O'zgarishlar! Jud Bellingem va Xarri Keyn o'rniga maydonga Konor Gallaxer hamda Ezri Konsa tushirildi. 

105+1-daqiqa. Bosh hakam birinchi ekstra-taym yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi!

105-daqiqa. Peter Pekarik birinchi ekstra-taymning so'nggi daqiqasida muvozanatni tiklab qo'yishi mumkin edi. Lekin himoyachi o'zi tomon aniq yo'llangan to'pni darvozaga to'g'rilashda sustkashlikka yo'l qo'ydi. 

100-daqiqa. Qanotdan uzatilgan to'pni Pikford ushlab oldi. 

97-daqiqa. Angliyaning hujumi uzatmadagi xato tufayli uzilib qoldi.  

95-daqiqa. Slovakiya to'pni nazorat qilmoqda. 

Ayven Touni o'z nomiga assist yozdirib qo'ydi. 

GOOOOOOL! Angliya qo'shimcha bo'limlarni gol bilan boshladi! Xarri Keyn Angliyani oldinga olib chiqdi!

91-daqiqa. Demak, ketdik. Keyn qo'shimcha bo'limlarni boshlab berdi. 

Birozdan keyin ekstra-taymlarga guvoh bo'lamiz.

Bosh hakam uchrashuvning asosiy vaqti yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi!

90+5-daqiqa. GOOOOOOOOL! JUD BELLINGEM Angliyani qutqarib qolmoqda!

90+3-daqiqa. O'zgarish! Yagona gol muallifi bo'lgan Ivan SHranc o'rniga himoyachi Norbert Domber maydonga tushdi.  

90+1-daqiqa. Eze ingizlarga burchak zarbasi ishlab berdi. 

90-daqiqa. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi!

87-daqiqa. Lobotka imkon paydo bo'lgani tufayli zarba yo'llab ko'rdi, Pikford o'z o'rnida. 

85-daqiqa. Jud Bellingem nisbatan fol va inglizlar jarima zarbasi tepish huquqiga ega bo'lishdi.

84-daqiqa. O'zgarish! Kobi Maynu o'rniga Eberiche Eze jangga tashlandi!

81-daqiqa. O'zgarishlar! Ondrey Duda va Yuray Kucka o'rnini Matush Bero hamda Laslo Beneshga bo'shatib berdi. 

81-daqiqa. Deklan Raysning kutilmaganda bergan zarbasidan keyin to'p ustunga tegib qaytdi, Keyn takroriy urinishda mo'ljalni aniq ololmadi. 

77-daqiqa. Ogohlantirish! Peter Pekarik to'p o'rniga Fil Fodenning oyog'iga zarba bergani uchun ogohlantirildi. 

74-daqiqa. Maydonga tushganiga 15 daqiqa ham bo'lmagan Suslov kurashda oyog'ini qattiq qayirib oldi. Unga shifokorlar yordam ko'rsatishmoqda.  

70-daqiqa. Angliya futbolchilari nimalardir qilishga urinmoqda, lekin hozircha Slovakiya darvozasi tomon barcha yo'llar yopiq.

66-daqiqa. O'zgarish! Kiran Tripper o'rniga Koul Palmer maydonga tushirildi. 

61-daqiqa. O'zgarishlar! Lukash Xaraslin va Strelec o'rniga Bojenik hamda Suslov o'yinga qo'shildi. 

59-daqiqa. Jarima maydonchasiga yorib kirayotgan Maynu yiqitildi. Qulay nuqtadan jarima zarbasi.

57-daqiqa. Bellingem bilan kurashdan keyin Pekarik yiqilib yotibdi. 

54-daqiqa. Mana buni vaziyat desa bo'ladi... Angliya futbolchilari maydonda yurib uxlayapti chog'i.

51-daqiqa. Keynning zarbasidan keyin himoyachi to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi. Burchak zarbasidan esa yana naf chiqmadi. 

Ammo, lekin, biroq... "VAR" o'yindan tashqari holatni qayd etdi va gol bekor qilindi.

50-daqiqa. GOOOOOOL! Fil Foden chapdan Kiran Tripperning uzatmasidan keyin bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qildi.  

48-daqiqa. To'p asosan maydon markaziga yaqin hududda aylanib yuribdi. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Birinchi bo'lim yakunlandi! Slovakiya tanaffusga hisobda oldinda borayotgan holda yo'l olmoqda!

45+4-daqiqa. Angliya ketma-ket burchak zarbalarini amalga oshirdi. Biroq ularning hech biridan naf chiqmadi. 

45+1-daqiqa. Ogohlantirish! Milan SHkrinyar sariq kartochka ishlab oldi. U Bellingemning oyoqlari ostidan to'pni tepib yubormoqchi edi, lekin kech qoldi. 

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi!

44-daqiqa. Jon Stounsga nisbatan fol. Sautgeyt raqib futbolchisiga sariq kartochka talab qilib yuribdi. 

40-daqiqa. Jarima maydonchasidagi to'qnashuvdan keyin o'rnidan tura olmagan Vavroga tibbiy yordam ko'rsatildi. 

38-daqiqa. Duda Bellingemga nisbatan fol ishlatdi deb topildi. Inglizlar uchun standart vaziyat. 

35-daqiqa. Vavro to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Yana burchak zarbasi va hujumda fol qayd etildi.  

34-daqiqa. Bellingem jamoasi uchun burchak zarbasi ishlab berdi. 

32-daqiqa. Keynning uzatmasidan keyin Saka zarba yo'llashi reja qilingandi, lekin Bukayo to'pga eta olmadi. 

28-daqiqa. Angliya to'pni nazorat qilmoqda. 

25-daqiqa. GOOOOOOOL! Ivan SHranc Slovakiyani hisobni ochmoqda!

24-daqiqa. Burchak zarbasidan keyin slovakiyalik himoyachilar to'pni qaytargandek bo'lgandi, ammo jarima maydonchasi chizig'i yonidan Kobi Maynu zarba yo'lladi. Uning urinishi kuchli, lekin noaniq chiqdi.    

21-daqiqa. Angliya to'pni o'z nazoratida ushlab turibdi. 

17-daqiqa. Ogohlantirish! Bu safar sariq Jud Bellingemga ko'rsatildi. Jud maydon markaziga yaqin zonada Xaraslinga nisbatan qo'pol o'ynadi. 

14-daqiqa. Foden to'pni qarama-qarshi qanotdagi Sakaga tashlab bergandi, ammo himoyachi zarba berishga imkon qoldirmadi. 

13-daqiqa. Ogohlantirish! Yuray Kucka raqibning ehtimoliy xavfli hujumini qo'pollik bilan to'xtatib qoldi. 

12-daqiqa. Slovakiya yana bitta chinakamiga golli vaziyat yaratdi. 

11-daqiqa. Angliyaning uzoq davom etgan hujumi Deklan Raysning noaniq uzatmasi tufayli oxiriga etmay qoldi. 

9-daqiqa. Bellingemning ajoyib uzatmasidan keyin zarba uchun qulay imkoniyatga ega bo'lgan Trippier regbi zarbasidan ko'rsatib berdi.  

8-daqiqa. Slovakiya yana bir bor Pikford darvozasiga xavf solishni uddaladi. 

7-daqiqa. Ogohlantirish! Hujumdagi fol uchun Kobi Maynu sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

5-daqiqa. Slovakiya chap qanotdan tezkor hujum uyushtirdi, biroq oxirgi uzatmaga aniqlik etishmadi, aks holda hisob ochilishi hech gap emasdi.  

3-daqiqa. Ogohlantirish! Mark Gexi to'pni odinga tashlab, qochib ketayotgan Strelecni qo'pol tarzda to'xtatib qoldi.  

1-daqiqa. O'yin boshlandi! Uni Slovakiya vakillari boshlab berdi.



Reyting: +12   

Fikrlar

+5   
30 iyu 23:27:26
Jasur/barsa
Rasul M foydalanuvchining fikriga javob berish
Davron Fayziyevning yon bosishini togri qabul qilish kerak chunki...Slovakiya oyinni oldrib tashagandi...Keyinga bosqichga Angliyani chqqani maqul oyinni oldradigan jamoa nega kerak Futbol jozibasini yoqatib..
Angliya jozibali oʻynavottimi??? Toʻgʻrisi hich kimga adovatim yoʻqku. Aynan realchila Hayrulla Xamidovni rasa yomonlashadiyu Davron Fayzievni aybi koʻziga koʻrinmidi.
+5   
30 iyu 23:12:41
Jamshid Asadov
Sautgeytni bo’shatish kerak baribir.
+3   
30 iyu 23:45:10
Azamat Shoha
Беллингем чемпионатдаги Энг чиройли голлардан бирини урди
+3   
30 iyu 23:01:37
barselona7
barselona7 foydalanuvchining fikriga javob berish
Ҳали вақт бор. Англия нимадир қилса керак барибир. Қўшимча таймлар бўлса ҳам йўқ демасдим. Испания Грузия ўйинигача узилиш бўлмасди.
Демак Испания Грузия ўйинигача қўшимча таймларни кўрамиз.Белленгэм бир амалладику аммо Англияни ўйини расво. Сал қолса хайр Англия эди. Доим ҳам сўнгги дақиқалар омадли бўлавермайди.
+3   
30 iyu 22:57:23
Forza Milan 1899
Беллингем: Мен хали улганим йук
+3   
30 iyu 21:29:24
Tohir P
Англия - Словакия 2:1 , булармикин ...
+2   
30 iyu 23:33:42
Rasul M
Jasur/barsa foydalanuvchining fikriga javob berish
Angliya jozibali oʻynavottimi??? Toʻgʻrisi hich kimga adovatim yoʻqku. Aynan realchila Hayrulla Xamidovni rasa yomonlashadiyu Davron Fayzievni aybi koʻziga koʻrinmidi.
Shu yerga Barca Real nega kerak...Slovakiyani chiqqanidan Kura Angliyani chiqqani yaxshi chunki Slovakiya Chiqsa Kopchilik kormaydiyam kerak bolsa..Angliya qiynalvotti tugri lekin Slovakiya umuman futbolni oldirib tashagandi Sizningcha Shvesariya Angliya Oyini qiziqmi yoki Shvesariya Slovakiya
+2   
30 iyu 23:31:52
Jasur/barsa
MX foydalanuvchining fikriga javob berish
Shunday paytda Real futbolchisi katta sahnaga chiqsa mazza qilamanda buyoda city arsenal oyinchilari mazasi qochyatkanda
Yaxshiyam 95 minutda gol urib qoʻydi, shu paytgacha judniyam mazasi qochib turudi
+2   
30 iyu 23:06:40
{ CHELSEA }
ArsaBarsa foydalanuvchining fikriga javob berish
Davron Fayziyevni ayblamanglar u ham muxlisda. Keyingi bosqichga Angliya chiqqani baribir yaxshi edi.
Hoʻp...

Lekin Angliya gol urganda mazza qilib Goooollll deb baqirib oldi....
+2   
30 iyu 23:00:52
Janob Hechkim
Dostonbek Anvarov foydalanuvchining fikriga javob berish
Тезда олтин топ беринглар Беллингемга
Jud dan sizga salom endi oltin top uniki Baribi Real fudbolchisiligi bilinadi
+2   
30 iyu 22:59:09
Sardorbek..
Ikkalasiyam antifutbol kamanda ekan shvetsarya yengil urib qo'yadi kim chiqsayam
+2   
30 iyu 22:58:19
Sardorbek..
Dostonbek Anvarov foydalanuvchining fikriga javob berish
Тезда олтин топ беринглар Беллингемга
Orqenga kirgandek boldimi judni goli
+2   
30 iyu 22:58:04
Shakhruzz 7o1
Sen kut uradi Jud tamom
+2   
30 iyu 22:57:04
ArsaBarsa
Omad keldi. Bunaqa o'yin bilan kuchliroq jamoalarga qarshi o'ynasa ezib ketadi. Shvetsariya qiynaydi bularni
+2   
30 iyu 22:55:30
Dilshod Nazarov
Judda Realni dnkasi borda uhhhhhh
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика