Evro-2020ga chiqish uchun kurash avjida. Serbiya Litva va Lyuksemburg termalariga pul taklif qilmoqda
21 okt 2019 10:40
Yangiliklar
Evro-2020ga chiqish uchun kurash avjida. Serbiya Litva va Lyuksemburg termalariga pul taklif qilmoqda
Serblar Evro-2020ga chiqishga qattiq bel bog'lashgan.
Serbiya futbol federaciyasi Litva va Lyuksemburg termalari Portugaliyadan ochko olishni uddalashsa, ularga pul to'lashga tayyor.
Xabarlarga qaraganda, serblar 500 ming evro miqdoridagi mablag'ni Litva va Lyuksemburg termalariga taklif qilishga tayyorlar.
Portugaliya hozirda 11 ochko bilan guruhda ikkinchi o'rinda bormoqda, Serbiya esa 10 ochko bilan 3-o'ringa joylashgan.
Eslatib o'tamiz, 1-o'rindagi Ukraina terma jamoasi allaqachon Evro-2020 yo'llanmasini qo'lga kiritgan.
Fikrlar