So’nggi yangiliklar

02:30Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" "Бавария"ни мағлубиятга учратди  4 01:30Уильямс "Атлетик" раҳбариятга "Барселона"га ўтмоқчи эканини айтди  0 01:15"Барселона" Фати билан шартномани узайтириб, уни ижарага беради  1 00:50"Арсенал", "Челси" ва "Бавария" Барколяни сотиб олиш учун кураш олиб бормоқда  1 00:30Григорий Колосовский: "Бугун "Арал"дан кўра иккита кўп хато қилдик"  2 00:17Неъматилло Қуттибоев: "Бугун ғалаба қозонмасак, "Локомотив" билан орадаги фарқ ортиб кетарди"  0 00:02Асрор Алиқулов: "Кубокка даъвогар жамоани мусобақадан чиқариб юбордик. "Нефтчи"нинг услубига тайёр эдик"  5 23:50Ўзбекистон аёллар терма жамоаси назорат ўйинида Фаластинни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  0 23:11Зико: "Европа футболига ҳаддан ташқари юқори баҳо бериб юборилган"  10 23:10Виталий Левченко: "Битта учрашувга қараб фикр чиқариш нотўғри. Ҳеч нимани беркитмаяпмиз, исталган саволингизга жавоб бераман"  13 22:50Санчога Туркиядан харидор чиқди. Футболчига катта маош таклиф қилинмоқда  0 22:23Мбаппе касаллик туфайли 4-5 кг вазн йўқотди  2 21:50"Ньюкасл" Эланга учун 45 миллион фунт таклиф қилди, аммо  0 21:30Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" ўз уйида "Машъал"га мағлуб бўлиб, мусобақа билан хайрлашди. "Сўғдиёна" "Қизилқум"ни қийинчиликсиз мағлубиятга учратди  79 21:05"Ал Қодисия" МЮ қизиқаётган ҳужумчига 15 млн евро таклиф қилди  0

Evro-2020. Ukraina SHimoliy Makedoniyani mag'lub etdi Yangiliklar

Evro-2020. Ukraina SHimoliy Makedoniyani mag'lub etdi

Evropa chempionati "C" guruhi 2-tur doirasidagi Ukraina - SHimoliy Makedoniya o'yini bo'lib o'tdi.


2-tur

"S" guruhi

Ukraina – SHimoliy Makedoniya 2:1 (2:0, 0:1)
17 iyun, 18.00, «Milliy stadion»
Gollar:
1:0 – 29 Yarmolenko, 2:0 – 34 Yaremchuk, 2:1 – 57 Alioski.
Ukraina – Bushchan, Zabarnyy, Mikolenko, Karavaev, Matvienko, SHaparenko (Sidorchuk, 78), Zinchenko, Stepanenko, Malinovskiy (Sobol, 90), Yarmolenko (Cigankov, 70), Yaremchuk (Besedin, 70).
SHimoliy Makedoniya – Dimitrievski, Velkoski (Trichkovski, 85), Musliu, Ristovski, Alioski, Ademi (Ristevski, 85), Nikolov (Traykovski, 46), Bardi (Avramovski, 77), Spirovski (CHurlinov, 46), Elmaz, Pandev.
Ogohlantirishlar: SHaparenko (43), Velkoski (59), Avramovski (83).


Ukraine

Andriy Yarmolenko - 29', Roman Yaremchuk - 34'

EURO Grp. C . 2-tur

17/06/2021, 19:00

1
:
2
Tugadi

North Macedonia

Ezgjan Alioski - 57'

Stadion: Arena Nationala, 10001 tomoshabin

Bosh hakam: Fernando Rapallini

45'
90'
29'  Andriy Yarmolenko
29'  Oleksandr Karavaev
34'  Roman Yaremchuk
34'  Andriy Yarmolenko
43'  Mykola Shaparenko
70'  Andriy Yarmolenko (Viktor Tsigankov)
70'  Roman Yaremchuk (Artem Biesiedin)
78'  Mykola Shaparenko (Serhiy Sydorchuk)
84'  Ruslan Malinovsky
90'  Ruslan Malinovsky (Eduard Sobol)
46'  Stefan Spirovski (Darko Churlinov)
46'  Boban Nikolov (Aleksandar Trajkovski)
57'  Ezgjan Alioski
57'  Ezgjan Alioski
59'  Darko Velkovski
77'  Enis Bardhi (Daniel Avramovski)
83'  Daniel Avramovski
85'  Arijan Ademi (Kire Ristevski)
85'  Darko Velkovski (Ivan Trickovski)

YANGILASH



90+4. O'YIN TUGADI! UKRAINA G'ALABA QOZONDI! 

83. SEYV! Dmitrievski Malinovskining zarbasini qaytardi. QOYIL! Bugun posbonlar ajoyib o'yin namoyish qilishmoqda.

82. PENALTI! Bosh hakam qoida buzilganini malum qildi va nuqtani ko'rsatdi.

80. VAR ishga kirishdi. Biroz oldin Ukraina jarima zarbasini amalga oshirganda, to'p jonli devorga tekkandi. Hakam to'p qo'lga tekkanini ekran orqali kuzatmoqda.

74. CIGANKOOOV! Hozirgina zaxiradan o'yinga qo'shilgan Cigankov jamoasining uchinchi golini urishi mumkin edi, ammo uning zarbasidan so'ng to'p darvoza yonginasidan o'tib ketdi.

70 O'zgarish: Yarmolenko o'rniga Cigankov, Yaremchuk o'rniga Besedin maydonga tushishdi.

68. ZARBAAA! Traykovskining kuchli zarbasini Bushan qaytara oldi, hisob tenglashishiga oz qolgandi.

65. Malinovskiyning jarima maydonchasi ichidan bergan zarbasini Dmitrievski qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

62. Ukraina terma jamoasi to'p nazorati orqali vaziyatni qo'lga olishni reja qilgan va buni hozircha uddalayapti.

56. GOOOL! ALIOSKI! Hisob qisqardi, 2:1. Bushan penaltini qaytardi, ammo qaytgan to'pgan yana Alioski zarba berdi va darvozani ishg'ol qildi.

54. PENALTI! Makedoniyalik futbolchi raqib darvozasining uzoq burchagini nishonga olishga urindi, Bushan bir amallab to'pga tegdi va to'sin tufayli to'p darvozaga kirmadi. Qaytgan to'pga Pandev zarba berishga urindi, bu safar himoyachi Goranga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

50. Zarbaaa... Malinovskiyning jarimadan bergan zarbasini posbon qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

47. ZARBAAA! Makedoniyaliklar ikkinchi bo'lim boshidanoq hisobni qisqartirishga yaqin kelishdi, ammo Ademining yaqin burchakka bergan zarbasini Bushan qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS!

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

43. SHaparenko Makedoniya jarima maydonchasi ichida yiqildi... Hakam xushtak chaldi va simulciyaciya ishlatgan futbolchiga sariq kartochka ko'rsatdi.

40. ZARBAAA! Karavaev jarima maydonchasi ichidan Makedoniya darvozasini ishg'ol qilishga urindi, to'p yo'l-yo'lakay himoyachiga tegib, yo'nalishini biroz o'zgartirdi, ammo makedoniyalik posbon Dmitrievski hisob yiriklashib ketishiga yo'l qo'ymadi.

39. GOL! YO'Q, Pandevning goli ofsayd tufayli hisobga olinmadi.

37. Makedoniyaliklar ustozi Igor Angelovski shogirdlarini oldinga chorlamoqda.

34. GOOOL! YAREMCHUK! Oradagi farqni tiklash uchun oldinga chiqib ketgan makedoniyaliklar himoyada xatoga yo'l qo'yishdi va himoyachilardan qochib ketgan Yaremchuk o'z jamoasining ikkinchi golini urdi.

29. GOOOL! YARMOLENKO! To'p burchakdan uzatildi, yaqin burchakka yugurgan Karavaev orqasiga qaramay ajoyib pas berdi va uzoq burchakdagi Yarmolenko hisobni ochdi.

28. YARMOLENKO! Forvardning yaqin masofadan bergan zarbasini makedoniyalik posbon qaytarishga muvaffaq bo'ldi, burchak o'tkir edi.

26. Malinovski raqib bilan to'qnashuvdan so'ng yiqildi, ammo hakam fol yo'qligini ko'rsatdi.

24. Ukrainaliklar so'nggi bir necha daqiqa davomida Makedoniya jarima maydonchasini "qamalga olib", ketma-ket hujumlar uyishtirmoqda.

20. Ukraina raqib jarima maydonchasi ichida to'pga egalik qildi, ammo zarba berishni amallay olmadi.

16. Makedoniyadan navbatdagi hujum: Qanotdan uzatilgan to'pni Elmas darvozaga burishga urindi, ammo zarba biroz noaniq chiqdi.

15. ZARBAAA... Nikolovning Ukraina darvozaiga bergan zarbasidan so'ng to'p himoyachiga tegdi. To'p yo'liga futbolchi to'g'anoq bo'lmaganida hisob ochilishi mumkin edi.

11. YAREMCHUUUK! Ukrainalik forvard darvozaga zarba berish o'rniga jamoadoshiga pas berishni maqul ko'rdi, ammo qaror xato bo'lib chiqdi va himoyachi to'pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi.

8. ZARBAAA... Malinovskiyning zarbasini Makedoniya posboni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

4. Ukrainaliklar dastlabki xavfli hujumini amalga oshirdi va hujum noaniq bo'lsada zarba bilan yakun topdi.

3. Bugun ikkala jamoa faqat g'alaba uchun maydonga tushgan. Aynan ushbu g'alaba ularga keyingi bosqichga chiqish uchun imkon berishi mumkin.

1. Uchrashuv boshlandi.

Ukraina: Bushan, Zabarniy, Mikolenko, Karavaev, Matvienko, SHaparenko, Zinchenko, Stepanenko, Malinovskiy, Yarmolenko, Yaremchuk.

SHimoliy Makedoniya: Dimitrievski, Velkoski, Musliu, Ristovski, Alioski, Ademi, Nikolov, Bardi, Spirovski, Elmaz, Pandev.

EVRO-2020 GURUHLARIDAGI HOLAT

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика