Evro-2020. UEFA yarim finallar va finalda o'ynaladigan to'pni namoyish qildi
05 iyu 2021 19:38
Yangiliklar
Evro-2020. UEFA yarim finallar va finalda o'ynaladigan to'pni namoyish qildi
UEFA Evropa chempionati yakuniy bosqichida foydalaniladigan to'pni taqdim etdi.
"Uniforia Finale" nomli to'p Evro-2020 final bosqichi o'tadigan London ramzi bilan bezatilgan va u maydonda yaxshi ko'rinishi uchun yorqin ranglardan foydalanilgan.
Evropa chempionati finali 11 iyun kuni Londondagi "Uembli" stadionida o'tkaziladi. Birinchi finalchi 6 iyul kuni Italiya – Ispaniya o'yinida aniqlansa, Ikkinchisi — 7 iyul kuni Angliya va Daniya o'rtasidagi uchrashuvdan keyin aniq bo'ladi. O'z o'rnida aytib o'tish joiz, bu ikki bahs ham "Uembli"da bo'lib o'tadi.
Fikrlar