So’nggi yangiliklar

14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  6 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  4 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  2 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  0 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  7 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  4 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  9 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  6 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  10 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1

Evro-2020 saralashi. 4ta jamoada 100% lik natija, Gollandiya 3-o'rinda, Greciya autsayderlar safida Yangiliklar

Evro-2020 saralashi. 4ta jamoada 100% lik natija, Gollandiya 3-o'rinda, Greciya autsayderlar safida

Teglar :  Evro-2020 saralash
O'tgan va joriy haftada 2020 yilda bo'ladigan Evropa chempionatining navbatdagi saralash uchrashuvlari o'tkazildi.

19 noyabrda yakunlanadigan saralash bosqichi bahslarining yarmidan ko'pi o'tib bo'ldi. Guruhlardagi vaziyat haqida to'xtalib o'tamiz.


"A" guruhi

Guruhda kutilganidek inglizlar etakchilik qilmoqda. Ular so'nggi haftalardagi saralash o'yinlarida 2ta g'alabaga erishib, bosqichda 100%lik natija qayd etayotgan 5ta jamoaning biriga aylandi. Ikkinchi o'rin hozircha CHexiyaga tegishli, ammo ularning xato qilishga haqqi yo'q, chukni ulardan bir ochko ortda qolayotgan Kosovo ishonchli o'yin ko'rsatib, Evro-2020 yo'llanmasi uchun jiddiy kurash olib borayotganini isbotladi. Guruhdagi qolgan ikki jamoa - Bolgariya va CHernogoriya qolganlarga ochko ulashishdan to'xtamayapti.


7 sentyabr. Kosovo - CHexiya 2:1

                     Angliya - Bolgariya 4:0


10 sentyabr. Angliya - Kosovo 5:3

                       CHernogoriya - CHexiya 0:3



"B" guruhi

Ukraina ushbu guruh etakchisiga aylanib olgan. Terma jamoalar uchun ajratilgan kunlarda Ukraina bitta uchrashuv o'tkazib, Litvani 3:0 hisobida taslim etdi va ochkolari sonini 13taga etkazib oldi. Qura paytida guruh etakchisi sifatida ko'rsatilgan Portugaliya ketma-ket duranglardan so'ng 2ta ishonchli g'alabaga erishdi va jadvalda 2-o'rinni egallab turibdi. Ronaldu Litvaga qarshi bahsda poker qayd etishga muvaffaq bo'ldi. Bu beshlikda Portugaliyaning xato qilishga haqqi yo'q, aks xolda Serbiya uning o'rnini egallab olishi hech gap emas. Guruhning eng kuchsizlari - Lyuksemburg va Litva kutilganidek eng so'nggi o'rinlarda.


7 sentyabr. Litva - Ukraina 0:3

                     Serbiya - Portugaliya 2:4


10 sentyabr. Litva - Portugaliya 1:5

                       Lyuksemburg - Serbiya 1:3



"C" guruhi

"C" guruhida Germaniya SHimoliy Irlandiya bilan peshqadamlik qilmoqda. Har ikki jamoa 12 ochkodan jamg'arishgan. Gollandiyada esa 9 ochko mavjud, biroq ular qolganlardan bitta kam bahs o'tkazishgan. Guruhdagi autsayderlar - Belarus va Estoniya.


6 sentyabr. Estoniya - Belarus 1:2

                     Germaniya - Gollandiya 2:4


9 sentyabr. Estoniya - Gollandiya 0:4

                     SHimoliy Irlandiya - Germaniya 0:2



"D guruhi

Ushbu beshlikda 3ta teng jamoa mavjud. Uchchala jamoada ham Evro-2020da ishtirok etish uchun imkoniyat etarli. Gruziya va Gibraltar esa kuchli uchlikka ochkolar sovg'a qilishmoqda.


5 sentyabr. Gibraltar - Daniya 0:6

                       Irlandiya - SHveycariya 1:1


8 sentyabr. Gruziya - Daniya 0:0

                     SHveycariya - Gibraltar 4:0



"E" guruhi

Uels, Xorvatiya, Vengriya, Ozarbayjon va Slovakiya joy olgan guruhda xorvatiyaliklar 5ta uchrashuvda 10 ochko to'plab, beshlik etakchisiga aylanib olgan. Ikkinchi o'rin Vengriya bilan teng ochko to'plab, ulardan bitta ko'p gol urgan Slovkiyaga tegishli. Kutilmaganda Garet Beyl to'p tepadigan Uels 4ta o'yinda bor-yo'g'i 6 ochko ishladi.


6 sentyabr. Slovakiya - Xorvatiya 0:4

                     Uels - Ozarbayjon 2:1


9 sentyabr. Ozarbayjon - Xorvatiya 1:1

                     Vengriya - Slovakiya 1:2



"F" guruhi

Ispaniya etakchilik qilayotgan guruhda ikkinchi o'rin uchun 3ta jamoa davogarlik qilmoqda. Ispnalarga hech kim eta olmaydi, ular 6ta o'yinda 100%lik natija ko'rsatishgan. Keyingi 3ta jamoa bir-biriga juda yaqin va hammasi o'zaro bahslarda hal bo'ladi.


5 sentyabr. Farer orollari - SHveciya 0:4

                     Norvegiya - Malta 2:0

                     Ruminiya - Ispaniya 1:2


8 sentyabr. Ruminiya - Malta 1:0

                     Ispaniya - Farer orollari 4:0

                     SHveciya - Norvegiya 1:1



"G" guruhi

Bu guruhda ham 3ta teng kuchli jamoalar Evro-2020da ishtirok etish uchun kurash olib borishyapti. Polsha 13 ochko bilan etakchi, Sloveniya 2 ochko orqada, Avstriya esa 10 ochko to'plab, raqiblarini quvishda davom etyapti. Guruhning yana ikki vakili Makedoniya va Isroil ham turnirning asosiy bosqichida ishtirok etish niyatida va8 ochkodan jamg'arishga muvaffaq bo'lishdi.


5 sentyabr. Isroil - Makedoniya 1:1


6 sentyabr. Avstriya - Latvaiya 6:0

                     Sloveniya - Polsha 2:0


9 sentyabr. Latviya - Makedoniya 0:2

                     Polsha - Avstriya 0:0

                     Sloveniya - Isroil 3:2



"H" guruhi

Navbatdagi guruh 6ta jamoadan tashkil topgan va ikkita terma jamoa (Turkiya va Franciya) 15 ochko bilan asosiy turnirda ishtirok etishga tayyor bo'lib turishibdi. Etakchilarga eng yaqini Islandiya. Albaniya esa 9 ochko bilan 4-o'rinni egallagan. Agar ular keyingi to'rtta uchrashuvda maksimum natijaga erishishsa, Evro-2020 o'yinlarida ishtirok etishi mumkin. Moldova hamda Andorra ochko ulashuvchilar rolida.


7 sentyabr. Islandiya - Moldova 3:0

                     Franciya - Albaniya 4:1

                     Turkiya - Andorra 1:0


10 sentyabr. Albaniya - Islandiya 4:2

                       Franciya - Andorra 3:0

                       Moldova - Turkiya 0:4



"I" guruhi

Bu guruhda Belgiya 6ta o'yinda 18 ochko to'plab, deyarli keyingi bosqich masalasini hal qilib qo'ygan. 15 ochkoga ega Rossiya haqida ham shunday deyish mumkin, chunki guruhdagi 3-o'rin sohibida 7 ochko mavjud. Birorta gol urmagan San-Marinoda ochko yo'q.


6 sentyabr. Kipr - Qozog'iston 1:1

                     San-Marino - Belgiya 0:4

                     SHotlandiya - Rossiya 1:2


9 sentyabr. Rossiya - Qozog'iston 1:0

                     San-Marino - Kipr 0:4

                     SHotlandiya - Belgiya 0:4



"J" guruhi

Ushbu guruhda ham barcha o'yinlarini g'alaba bilan yakunlagan jamoa bor. Italiyaliklar 6ta uchrashuvda 18ta gol urib, shuncha ochko to'plashdi. Finlandiya, Armaniston hamda Bosniya va Gercegovina turnirga yo'llanma beruvchi ikkinchi o'rin uchun kurash olib borishmoqda.


5 sentyabr. Armaniston - Italiya 1:3

                     Bosniya va Gercegovina - Lixtenshteyn 5:0

                     Finlyandiya - Greciya 1:0


8 sentyabr. Armaniston - Bosniya va Gercegovina 4:2

                     Finlyandiya - Italiya 1:2

                     Greciya - Lixtenshteyn 1:1


*Eslatib o'tamiz, guruhda 1 va 2-o'rinni egallagan terma jamoalar Evro-2020 turnirida ishtirok etish yo'llanmasini qo'ga kiritishadi. Qolgan 4ta jamoa mart oyida o'tkaziladigan pley-off bahslari orqali aniqlanadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика