Boyataning Batshuayi libosida maydonga chiqqani qimmatga tushishi mumkin

21 noya 2019, 01:07
UEFA Belgiya qirolligi futbol uyushmasiga qarshi Evro-2020 saralash bosqichidagi Rossiya terma jamoasiga(4:1) qarshi bahsda sodir etilgan qoidabuzarliklari tufayli intizomiy ish ochdi.

Chunki o'sha uchrashuvning ikkinchi bo'limiga terma jamoa himoyachisi Dedrik Boyata hujumchi Mishi Batshuayining libosida chiqib kelgan va 10 daqiqa o'ynagandi. Shuningdek, Belgiya futbol uyushmasi uchrashuvni kech boshlaganlikda ayblanmoqda.

UEFA bu ishni ko'rib chiqadi va 12 dekabrda yakuniy qarorini e'lon qiladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: uefa.com