So’nggi yangiliklar

01:00Расман: Шомуродовнинг рақобатчиси "Рома"дан кетди  2 00:46Расман: МЮ футболчиси Конте жамоасига ўтди  0 00:27Сергей Лушчан: "Қизил карточка, хатолар ва амалга оширилмаган пенальти барчаси яхшиликка"   10 23:48Камолиддин Тожиев: "Бугун бизнинг кунимиз эмас экан"  12 23:26Александр Хомяков: “Бугун байрам... ”  2 23:18Эрон. Остон Ўрунов мавсумдаги биринчи голини Ўткир Юсуповга урган учрашув якунланди  6 23:03Февзи Давлетов: “Мағлубиятга лойиқ эмасдик”  7 22:53Ўйиндан ўқ чиқди, "Арсенал"нинг 3 кунлик футболчиси 3 ҳафтага сафдан чиқди  2 22:30Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" - "Навбаҳор", Ибрагимов ва Чераннинг хатоси қимматга тушди  20 22:11Ўзбекистон Кубоги. "Андижон" - "Сурхон" 0:0 (пенальтилар серияси 5:4)  7 22:04Ўзбекистон кубоги. Бир киши кам бўлиб қолган "Навбаҳор" пенальтилар сериясида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, финал йўлланмасини қўлга киритди  390 21:55Ўзбекистон кубоги. "Андижон" тарихий оқшомда "Сурхон"ни мағлуб этиб финалга чипта қўлга киритди  51 21:34БАА. ОЧЛ амалдаги ғолибига қарши ўйинда Ғаниев жамоасидан супер камбэк!  0 21:10"Челси" ҳужумчиси рекорд суммага сотилади  1 19:48Расман: Англия терма жамоаси дарвозабони "Саутгемптон"га ўтди  4

Evro-2020 saralash. Portugaliya yirik g'alabaga erishdi Yangiliklar

Evro-2020 saralash. Portugaliya yirik g'alabaga erishdi

Evro-2020 musobaqasiga saralash bosqichidan joy olgan Portugaliya – Lyuksemburg uchrashuviga oid voqea va tafsilotlarni ushbu sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin!

Portugal

Bernardo Silva - 16', Cristiano Ronaldo - 65', Goncalo Guedes - 89'

EURO Qualification Grp. B . 7-tur

11/10/2019, 23:45

0
:
3
Tugadi

Luxembourg

Stadion: Estadio Jose Alvalade, 47308 tomoshabin

45'
90'
16'  Bernardo Silva
65'  Cristiano Ronaldo
77'  Bernardo Silva (Goncalo Guedes)
88'  Joao Felix (Joao Mario)
89'  Goncalo Guedes
89'  Joao Moutinho (Ruben Neves)
9'  Leandro Barreiro
46'  Florian Bohnert (Danel Sinani)
59'  David Turpel (Daniel Da Mota)
72'  Gerson Rodrigues
88'  Vincent Thill (Stefano Bensi)

Portugaliya – Lyuksemburg 3:0 (1:0, 2:0)

11 oktyabr, 23.45, «Joze Alvalade»

Gollar: Bernardu Silva 16, — 1:0, Krishtianu Ronaldu 65, — 2:0, Gonsalo Guedesh 89, — 3:0.

Portugaliya – Ruy Patrisiu, Semedu, Pepe, Ruben Diash, Gerreyru, Brunu Fernandesh, Danilu Pereyra, Bernardu Silva (77, Gonsalo Guedesh), Moutinyu (90, Ruben Nevesh), Joau Feliks (88, Joau Mariu), Ronaldu.

Lyuksemburg –Moris, SHano, Karlson, Yans, Jerson, O.Till, V.Till, Rodrigesh, Barreyro, Bonert (46, Sinani), Tyurpel (59, Da Mota).

Ogohlantirishlar: Leandro  Barreyro (9), Rodrigesh (71).


                                                   

UCHRASHUV YAKUNLANDI. PORTUGALIYA 11 OCHKO BILAN GURUHDA IKKINCHI O'RINDA.

— Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

90. O'zgarish. Portugaliya. Joau Moutino o'rniga "Vulverxempton" yarim himoyachisi Ruben Nevesh tushdi.

89. GOOOOLLL! Gonsalo Guedesh hisobni yirik ko'rinishga keltirdi (20 o'yin, oltinchi gol). Burchak zarbasidan so'ng himoyachilar to'pni qaytarishgandek bo'lishdi, to'p Guedeshni topdi va natija gol bilan tugadi.

88. O'zgarish. Portugaliya. Joau Feliks o'rnini adashi Mariuga bo'shatib berdi. Joau ayni vaqtda Moskvaning "Lokomotiv" futbolchisi hisoblanadi.

85. Ronalduuu. Darvozabonni aldab o'tdi va erga yiqilayotib noqulay holatda zarba yo'lladi. Biroz noaniq.

84. O'yin biroz sokinlashdi. Vaziyatdan foydalanib keyingi turda Portugaliya Ukraina mehmoni bo'lishini eslatib o'tish joiz. 14 oktyabr kuni "B" guruhining markaziy o'yini bo'lib o'tadi. 

Ukraine

Roman Yaremchuk - 6', Andriy Yarmolenko - 27'

EURO Qualification Grp. B . 8-tur

14/10/2019, 23:45

1
:
2
Tugadi

Portugal

Cristiano Ronaldo - 72'

Stadion: Stadion NSK Olimpiyskiy, Kyiv, 65883 tomoshabin

45'
90'
6'  Roman Yaremchuk
6'  Serhiy Kryvtsov
25'  Taras Stepanenko
27'  Andriy Yarmolenko
27'  Vitalii Mykolenko
47'  Andriy Yarmolenko
63'  Marlos (Yevheniy Konoplyanka)
72'  Taras Stepanenko
73'  Roman Yaremchuk (Viktor Kovalenko)
90'  Oleksandr Zinchenko
90'  Viktor Kovalenko
90'  Vitalii Mykolenko (Igor Plastun)
26'  Pepe
46'  Goncalo Guedes (Joao Felix)
56'  Joao Moutinho (Bruno Fernandes)
64'  Ruben Dias
68'  Joao Mario (Bruma)
72'  Cristiano Ronaldo

77. O'zgarish. Portugaliya. Bernardu Silva o'rniga "Valensiya" yarim himoyachisi Gonsalo Guedesh tushirildi.

73. Qarshi hujumda Portugaliya hisobni yirik ko'rinishga keltirishi mumkin edi. Bernarduning zarbasi kuchli chiqmadi.

73. Zaxiradan maydonga tushgan Sinanida imkoniyat bo'ldi. Noaniq zarba.

71. Rodrigesh ogohlantirildi. Sariq kartochkalar bo'yicha ham 2:0. Mehmonlar foydasiga.

65. GOOOOLLL! Ronaldu! Ushbu saralashdagi oltinchi, faoliyatidagi 699-golini darvozabonning ustidan oshirgan holda, "parashut" uslubida kiritdi — 2:0.

63. Nelson Semedu ham zarba yo'llab ko'rdi. Zarbaga aniqlik etishgani yo'q.

60. Krishtianu bugun o'zining faoliyatidagi 700-golini urish maqsadida astoydil mehnat qilmoqda. Uning chap oyoqda bergan yana bir zarbasi himoyachiga tegib maydondan chiqib ketdi.

59. O'zgarish. Lyuksemburg. Tyurpel o'rnini Da Motaga bo'shatib berdi.

58. Yana bir urinish. Ronaldu bitta harakat balan himoyachini aldab zarba berishni uddaladi. Darvozabon sakrab kelayotgan to'pni qaytara oldi. Burchak to'pi.

56. ZARBAAA! Ronaldu deyarli 15 metrlar masofadan chap oyog'ida o'ta kuchli zarba yo'lladi. Darvozabon o'ziga kelgan olovli to'pni mushtlari bilan amallab qaytarib yubordi. Aniq zarbalar bo'yicha hisob — 6:1.

55. Fernandesh havolatib Ronaldu uchun to'pni etkazib berdi. Lyuksemburg futbolchilari hozircha ikkinchi qavatda bexato o'ynashmoqda.

53. Ronaldu jarima maydonchasi ichida ochiqchasiga yiqitilgandek ko'rindi. Ammo, hakam buni penalti uchun etarli deb hisoblamadi.

51. UXXXX. Ronalduning qaychi uslubida aniq bergan zarbasi gol bo'lmay qoldi. Biroz kuchsiz urinish Morisga qiyinchilik tug'dirmadi, garchi zarba 5 metr masofadan berilgan bo'lsa ham.

49. Zarbaaa! Brunu Fernandesh yana uzoq masofadan zarba berdi. Bu safargisi aniq chiqdi. Biroq, darvozabon ham poziciyani to'g'ri tanlagani uchun qiynalgani yo'q.

— Uchrashuvning ikkinchi bo'limi boshlandi!

Ikkinchi taymga start berilishidan avval Lyuksemburgda o'zgarish bo'ldi. Bonert o'rniga Sinani tushirildi.

— Zaxira futbolchilari chigalyozdi mashqlar va to'p bilan muomala qilish mashg'ulotlarini yakunlab, o'yinda harakat qilayotgan futbolchilarga bo'shatib berishmoqda. Ikkinchi taym boshlanish arafasida. Uchrashuvda qanday natija qayd etilishini bir taxmin qilib ko'rmaysizmi?

O'YINDAN QAYNOQ FOTOGALEREYA


45+1. Hakam birinchi bo'limga qo'shimcha vaqt qo'shib bermadi va jamoalar tanaffusga yo'l olishmoqda.

40. Portugaliya qisqa tanaffus qilganidan keyin yana faollashdi. Ronalduning zarbasi himoyachilar tomonidan bloklandi.

— Bugungi uchrashuvda Portugaliya safida maydonga tushishi mumkin bo'lgan zaxira o'yinchilar: Ruben Semedu, Joze Sa, Betu, Joze Fonte, Andre Silva, Joau Mariu, Bruma, Rikardu Perreyra, Andre Gomesh, Gonsalo Guedesh, Ruben Nevesh, Pizzi.

32. Fernandeeeesh. Bu erda to'pni tepmasdan Feliksga uzatsa ham bo'lardi. Umuman hujum yuzaga kelishida Bernardu asosiy rolni o'ynadi. 

30. Burchak zarbasidan Fernandu Santosh shogirdlari naf chiqara olishmadi. Gerreyruning uzatmasiga Moris "labbay" deb chiqib keldi va egallab oldi.

28. Yana zarbaa! Uzoqdan Fernandesh darvozani o'qqa tutishga harakat qilib ko'rdi. Noaniq. Portugallar ko'plab vaziyatlarni ko'kka sovurishyapti.

26. Vensan Till mehmonlarning birinchi hujumini gol bilan tugatishi mumkin edi. Mo'ljalda biroz adashdi. Ammo, aka-uka Till larning kichigi yaxshi texnikaga ega eganini namoyish etdi. Darvozaga zarbalar soni bo'ychicha — 7:1.

25. Portugaliya sardori 35 metrlar masofadan jarima zarbasini amalga oshirdi. Lekin, to'p darvoza to'sinidan ancha yuqori o'tib ketdi.

23. UXXXX. Ronalduda yaxshi imkoniyat bo'ldi. Ammo, bu vaziyatda omad undan yuz o'girdi. 

16. GOOOOLLLL! Bernardu Silva! O'ng qanotdan Nelson Semeduning yurishini Bernadu gol bilan yakunlab qo'ydi. 

15. ZARBAAAA! Joau Feliks chap oyog'ida jarima maydonchasi ichidan turib kuchli zarba yo'lladi. Biroz to'p traektoriyasi sabab noaniq ketdi.

Dastlabki 10 daqiqada mezbonlar to'p nazoratini o'zlarida ushlab turishdi. Bir necha xavfli vaziyatlar uyushtirishga harakat qilishdi. Ammo, Lyuksemburg futbolchilari ham yomon o'ynashmayapti. 9-daqiqada mehmonlar azosi Leandro  Barreyro ogohlantirildi.

Assalomu alaykum championat.asia saytining kuzatuvchilari. Sizlarni Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya terma jamoasining Evro-2020 saralashi doirasida bo'layotgan navbatdagi uy o'yinini kuzatib borishga taklif qilamiz.


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика