So’nggi yangiliklar

19:43Асқаров "Турон"ни тарк этди  0 19:10Суперлига. "Шўртан" – "Сурхон". Таркиблар маълум  0 19:02Суперлига. "Пахтакор" – "Қўқон-1912" (матнли трансляция)  2 18:51Моуринью АПЛ вингери билан шартнома имзоламоқчи  0 18:25Тожиев билан "Пахтакор" ютқазмаяпти, Сергеев тўхтамаяпти, “Қўқон-1912” эса Тошкентда ғалабани 30 йилдан бери кутяпти  4 18:22"Арсенал" "Реал" хавбекига қизиқишни тиклади  2 17:58"Барселона" Араухо бўйича қарор қабул қилди  1 17:28"Ювентус" хавбеки АПЛга йўл олиши мумкин  0 17:01"Байер" "Ливерпуль" футболчисини 30+5 млн фунт эвазига трансфер қилмоқда  0 16:38Деку: "Нико Уильямс "Барселона"га ўтмоқчи. Биз у билан шартнома имзолашга ҳаракат қиламиз"  0 16:13"Навбаҳор" ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 15:51Пеп "Ман Сити"нинг совринсиз мавсуми ҳақида: "Сиз буни хоҳлаган бўлардингиз, лекин бу ҳақиқат эмас. Англия Суперкубогини қўлга киритдик! Бу етарли эмас, лекин биз ютдик"  2 15:23Гулер: "Алонсо қўл остида ўзимни "Реал"нинг муҳимроқ футболчиси сифатида ҳис қиляпман"  2 14:58"Челси" Жексон бўйича қарор қабул қилди  4 14:27"Арсенал" Хато билан музокара ўтказди  4

"Evro-2020 kundaligi". "Yangicha" Italiya "chaqilmagan yong'oq" - Avstriyaga qarshi (o'yin haqida) Yangiliklar

"Evro-2020 kundaligi". "Yangicha" Italiya "chaqilmagan yong'oq" - Avstriyaga qarshi (o'yin haqida)

26 iyundan 27 iyunga o'tar kechasi Evropa chempionatining nimchorak finali doirasida Italiya - Avstriya uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Bugungi kunga belgilangan ikki uchrashuvning ikkinchisi Italiya — Avstriya terma jamoalari ishtirokida o'tkaziladi.

Italiya terma jamoasi haqida

Italiyaning mazkur Evropa chempionatidagi ishtiroki avvalgilaridan mutlaqo farq qilyapti. Jamoa bu narsani ilk turdayoq ko'rsatib qo'ygandi. Turkiyaga qarshi kechgan ochilish o'yinida jamoa Turkiyani jarima maydonchasi ichiga "qamadi". Turkiyaning rejasi aslida qarshi hujum asosiga qurilgan edi o'sha kuni, lekin bu ham o'tmadi. Birinchi bo'limdan so'ng zarbalar statistikasi 0-14 bo'ldi, Italiya foydasiga. Ikkinchi bo'limda ham birinchisiniki kabi o'yin ketdi. Yakunda Italiya 3:0 hisobida g'alaba qozondi. 

2-turda italiyaliklar shveycariyaliklarga qarshi bahs olib bordi. O'yin boshidanoq favorit sanalgan italyanlar o'yin davomida chindan ham bu fikrlar to'g'ri ekanligini isbotlab qo'yishdi. Bahsni shveycariyaliklar faollik bilan boshlagan bo'lsa-da, ammo keyinchalik Italiya raqibni jarima maydonchasi ichiga "qamab qo'ydi". 

Bu o'yinda ham Turkiya bilan qayd etilgan natija takrorlandi. Lokatellining dubli hamda Immobilening bir gol italiyaliklar g'alaba olib keldi. 

Italiya — Uels, 3-tur o'yini haqida avvalroq yozdik

SHu tariqa Italiya terma jamoasi "A" guruhida 1-o'rinni olgan holda nimchorak final yo'llanmasiga ega chiqdi.

Avstriya terma jamoasi haqida

Avstriyaliklar "C" guruhda Niderlandiya, Ukraina hamda SHimoliy Makedoniya terma jamoalari bilan bahs olib borishdi. Jamoa 1-turni SH. Makedoniya termasiga qarshi o'tkazdi. O'yinda favorit Avstriya va edi amalda ham buni isbotlay oldi.  Avstriya termasi azosi Layner o'ziga noqulay vaziyatda bo'lishiga qaramay hisobni ochdi. Oradan 10 daqiqa o'tar-o'tmas SHimoliy Makedoniya terma jamoasi Evrop chempionatlari tarixidagi o'zlarining ilk golini urishdi. 2-bo'limning dastlabki daqiqalarida ikki terma jamoa ham navbati bilan hujumlarga o'tib turishdi. Ammo omad Avstriya tomonida bo'ldi. 78-daqiqada David Alabaning uzatmasidan so'ng Gregorich to'pni darvozaga kiritdi. O'yinning so'nggi daqiqalari o'tib turgan bir vaqtda zaxiradan tushgan Arnautovich hisobni 3:1 ko'rinishiga keltirdi va o'yinga nuqta qo'ydi. 

2-turni Avstriya Niderlandiyaga qarshi o'tkazdi. O'yinning ilk daqiqalaridanoq Niderlandiya tashabbusni o'z qo'liga oldi. 9-daqiqada Avstriya darvozasiga qo'yilgan penalti esa birinchi bo'limda niderlandiyaliklarning g'alabasi bilan tugashiga oydinlik kiritdi. Ikkinchi bo'limda ham asosan ustunlik Niderlandiya tomonda bo'ldi. 67-daqiqada Malenning qulay pasidan keyin Dyumfris hisobni oshirdi – 2:0. 

3-turni Avstriya Ukraina terma jamoasiga qarshi o'tkazdi. O'yindagi to'liq tashabbus aynan biror terma jamoasi tomonida bo'ldi deb aytib bo'lmaydi. Arnautovich bir necha bor imkoniyatlarni ko'kka sovurdi. Avstriya birinchi bo'limda sezilarli ustunlikka erishdi, vaziyatlar yaratdi, lekin hozircha faqatgina bitta gol urdi. Ikkinchi bo'limda esa Andrey SHevchenko shogirdlari gol urish uchun bir necha bor hujumlar uyushtirdi. Samara esa bo'lmadi. Avstriyada ham qator vaziyatlar yuzaga keldi-yu, biroq shu kuni boshqa gol urilmadi. 

SHu tariqa Avstriya terma jamoasi "S" guruhida 2-o'rinni olgan holda nimchorak final yo'llanmasiga ega chiqdi.

Xulosa 

Italiya yuqorida takidlaganimizdek bu yili boshqacha o'yin namoyish etmoqda. Tarkibida taniqli futbolchilar nisbatan kam bo'lsa-da Manchini qo'lidagi masalliqdan yaxshi taom tayyorlay olgan. Bu narsa o'tgan 3 turda yaqqol ko'rindi. Markaziy himoyasida yoshi katta futbolchilarga hamon ishonayotgan jamoa turnirda hali gol o'tkazmaganini alohida takidlash lozim. 

Avstriya esa potencial jihatdan yaxshi. Jamoaviy o'yini yaxshi qurilgan. Bu narsa 1- va 3-turlarda yaxshi ko'rindi. 2-turda ham Niderlandiyaga yaxshi qarshilik ko'rsatildi, ammo natija baribir o'sha kuni niderlandiyaliklar tomonida bo'ldi. 

Mazkur jamoalar o'rtasida shubhasiz Italiya favorit. Bu narsani inkor etib bo'lmaydi. Lekin Avstriya bugun Italiyaga yaxshigina bosh og'riq bo'lishi mumkin. Italiya esa ortda qolgan o'yinlarda chempionlikka davogar ekanligini ko'rsata oldi. Pley-offda ham bu narsani davom ettiradimi, yo'qmi ko'rib olamiz. 

Qadrli muxlis, siz mazkur uchrashuvda qaysi terma jamoa g'alaba qozonadi deb o'ylaysiz?

Muallif : Og'abek Samisov
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика