So’nggi yangiliklar

08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  5 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  2 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  5 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  2

"Evro-2020 kundaligi". "B" guruhidagi o'tkazilgan o'yinlar va 1-turdan keyingi holat haqida Yangiliklar

"Evro-2020 kundaligi". "B" guruhidagi o'tkazilgan o'yinlar va 1-turdan keyingi holat haqida

12 iyundan 13 iyunga o'tar kechasi Evropa chempionati guruh bosqichining "B" guruhidagi 1-tur uchrashuvlari o'tkazildi.

Dastlabki o'yin Daniya — Finlyandiya bo'ldi. Mazkur bahs haqida eshitmagan kishi qolmadi desak mubolag'a bo'lmaydi. O'yindan avval qiziqish katta bo'lmagan bahs yakuniga etguniga qadar butun dunyo etiborini o'ziga torta oladi. 

1-bo'limning ilk daqiqalaridan boshlab Daniya terma jamoasi azolar faol harakat qilishdi. Finlyandiya darvozasi tomon bir necha bor xavfli hujumlar, zarbalar berildi. SHu o'rinda takidlash lozimki finlyandiyaliklar darvozaboni jamoasini butun o'yin davomida bir necha bor qutqardi. 

Bahsning 43-daqiqasiga kelib uchrashuv to'xtab qoldi. Daniya terma jamoasi futbolchisi Kristian Eriksen maydonga yiqildi. Uni esa futbolchilar o'rab oldi. Siz bu haqida o'qiganingiz, eshitganingiz tabiiy. SHu bois bu mavzuga ko'p ham to'xtalmaymiz.

Kristian Eriksen haqidagi barcha xabarlar bitta sahifada  

Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlangan o'yin to'xtab qolganidan so'ng 23:30 dan boshlab yana davom ettirildi. 

O'yin davomida daniyaliklar ustunlik qilishda davom etishdi. Biroq gol Finlyandiyaliklar tomonidan urildi. 59-daqiqada Poxyanpalo qanotdan uzatilgan to'pni bosh bilan to'pni darvozaga kiritdi. 

SHundan so'ng daniyalik futbolchilar oldinga borishda davom etishdi. 74-daqiqaga kelib finlyandiya darvozasi tomon penalti belgilandi. Ammo ushbu vaziyatdan Xeybreg gol ura olmadi. .Uning bergan zarbasini darvozabon qaytardi.

SHu tariqa yakuniga etgan o'yinda finlyandiyaliklar 3 ochkoga ega chiqishdi. 

Mazkur bahsdagi statistikaga etibor qaratsak, to'plar nisbati bo'yicha ustunlik Daniya termasi tomonida bo'ldi — 69% — 31%. Darvozaga zarbalar berish bobida ham daniyaliklar etakchi: 16 — 1. SHuningdek, Daniya terma jamoasi ushbu o'yinda 9 marta burchak zarbasini amalga oshirdi. Bu ko'rsatkich Finlyandiyada nolga teng bo'ldi. 

Guruhdagi ikkinchi, kechasi kunning markaziy o'yini deya baholangan Belgiya — Rossiya uchrashuviga to'xtalamiz. 

Uchrashuvning ilk daqiqalaridanoq Belgiya terma jamoasi ustunlikni o'z qo'llariga olishdi. Bu esa 10-daqiqaga keliboq o'z samarasini berdi. O'ng qanotdan uzatmadan keyin Andrey Semenov tushunarsiz harakati bilan Lukakuga gol sovg'a qildi, Romelu esa qulay imkoniyatdan unumli foydalandi. 

SHundan so'ng har ikki jamoada ham qator vaziyatlar bo'lib turdi. 34-daqiqaga kelib zaxiradan o'yinga qo'shilgan Toma Mene oradagi farqni oshirdi. Birinchi bo'lim shu tariqa o'z nihoyasiga etdi. 

Ikkinchi bo'limda ko'pchilik Rossiyadan faollik kutgan edi. Bu bo'limda ko'p ham xavfli vaziyatlar bo'lavermadi. O'yinning so'nggi daqiqalari o'tib borayotgan bir vaqtda esa Romelu Lukaku bahsning natijasiga nuqta qo'yuvchi golni Rossiya darvozasiga kiritdi. 

SHu tariqa "B" guruhining 1-tur uchrashuvlari yakunlandi. Mazkur o'yinlardan keyin esa Belgiya va Finlyandiya 3 ochko to'plagan holda to'plar nisbati farqi bilan 1- va 2-o'rinlarda bormoqda. 

Guruhdagi 2-tur uchrashuvlari 16-17 iyun kunlari o'tkaziladi. Rossiya terma jamoasi Finlyandiya qarshi 16 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 18:00 da o'yin o'tkazadi. Daniya terma jamoasi esa Belgiyaga qarshi o'yin o'tkazadi. Ushbu bahs 17 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi.

Bugun "C" guruhidan o'rin olgan ikki, "D" guruhidan bitta uchrashuv o'tkaziladi. 

Soat 18:00 da "D" guruhi vakillari Angliya — Xorvatiya o'zaro bahslashsa, 21:00 da "C" guruhi vakillari Avstriya hamda SHimoliy Makedoniya o'zaro o'ynaydi. Bugundan ertagaga o'tar kechasi 00:00 da "C" guruhining ikkinchi o'yini — Niderlandiya — Ukraina bahs olib boradi.

Muallif : Og'abek Samisov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика