So’nggi yangiliklar

18:23"Ливерпуль" ван Дейкка ўринбосар топди  1 17:58Ўзбекистон аёллар футзал терма жамоаси Тошкентда йиғинга киришди  0 17:23Расман: Дилшод Комилов — "Қизилқум" ўйинчиси  1 17:04Элит ОЧЛ. "Пахтакор" кейинги босқичга чиқиш имконияти қандай?  14 16:58"Манчестер Юнайтед" яна Шоуни йўқотди  4 16:23Тошлоқда "Фарғона вилояти ҳокими кубоги-2025" мусобақаси старт олди  3 16:01"Милан" Феликснинг ўрнига "Барселона" ўйинчиси билан шартнома имзоламоқчи эди  3 15:35"Манчестер Юнайтед" Гарначо ва Майнуни сотишга тайёр  5 15:02Араухонинг товон пули қанчалиги маълум бўлди  0 14:34Дэвиснинг агенти: "Реал" билан музокаралар олиб бордик"  0 14:04Ўзбекистон U-17 Осиё кубогига тайёргарлик доирасида Тошкентда ўқув-машғулот йиғинига киришади ва 8 февралда Туркиядаги турнирга йўл олади  2 13:25Нико Гонсалес "Манчестер Сити"га ўтиши ҳақида нималар деди?  2 12:57Англиянинг тўртинчи дивизионида сўнгги ўринда бораётган клуб Жеррардни бош мураббий этиб тайинламоқчи  3 12:26ПСВ Маласиани "Манчестер Юнайтед"дан ижарага олди  1 11:55Ўзбекистон U-17 қизлар терма жамоаси бугун Тошкентда ўқув-машғулот йиғинига киришади  0

"Evro-2020 kundaligi". Angliya - Xorvatiya hamda "C" guruhidagi o'yinlar haqida Yangiliklar

"Evro-2020 kundaligi". Angliya - Xorvatiya hamda "C" guruhidagi o'yinlar haqida

13 iyun kuni Evropa chempionati doirasida "C" guruhi va "D" guruhi terma jamoalari ishtirokida o'yinlar o'tkazildi.

Soat 18:00 ga belgilangan o'yinda "D" guruhi vakillari Angliya — Xorvatiya terma jamoalari o'zaro bahs olib bordi. Kechagi kunning markaziy uchrashuvi bo'lishi aytilgan o'yin Angliyadagi "Uembli" stadionida bo'lib o'tdi. 

Uchrashuvning ilk daqiqalarini angliyaliklar anchagina faol boshlashdi. 5-daqiqada Fil Fodenning bergan zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi. SHu vaziyatdan so'ng o'yin tempida biroz pasayish bo'ldi. 1-bo'limda boshqa aytarli xavfli vaziyat bo'lmadi. Bahsning dastlabki 20 daqiqasida Angliya terma jamoasi faol harakat qildi, qolgan qismi esa asosan teng kurashlar ostida kechdi. 

2-bo'limning ilk daqiqalarini faol boshlagan Angliya 56-daqiqaga kelib o'z maqsadiga erishdi. ujumni Kayl Uoker boshlab berdi, uning uzatmasini Kalvin Filipps qabul qilib, bir futbolchidan o'tdi va to'pni ochilib borayotgan Sterlingga uzatdi. Raxim esa qarshisida bir futbolchi bo'lishiga qaramasdan darvozaga zarba berdi va hisobni ochdi. 

Goldan ruhlangan inglizlar keyin ham bir necha marta xavfli hujum tashkil etishdi. Jumladan, 61-daqiqada Keyn Mauntning qanotdan uzatgan to'pini darvozaga yo'llashga urindi, ammo noaniq bo'ldi ushbu zarba.

O'yin so'nggiga qadar ikki terma jamoa ham bir necha bor hujumlar uyushtirdi, biroq ularning hech biri samarali chiqmadi. 

SHu tariqa mazkur o'yinda Angliya terma jamoasi g'alaba qozondi va 1-turdan so'ng hozircha jamoa guruhda etakchilikni o'z qo'liga oldi. Angliya terma jamoasi esa Rahim Sterling gol urgan uchrashuvlarning (11 o'yin) barchasida g'alaba qozonish statistikasini davom ettirdi.

Mazkur guruhdagi ikkinchi o'yin bugun SHotlandiya — CHexiya o'rtasida bo'lib o'tadi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanadi. 

Kecha "C" guruhidan o'rin olgan Avstriya — SHimoliy Makedoniya terma jamoalari o'rtasidagi bahs bo'lib o'tdi. 

O'yinda kutilganidek Avstriya o'z favoritligini namoyish eta oldi. 18-daqiqada uchrashuvda hisob ochildi. Avstriya termasi azosi Layner o'ziga noqulay vaziyatda bo'lishiga qaramay hisobni ochdi. Oradan 10 daqiqa o'tar-o'tmas SHimoliy Makedoniya terma jamoasi Evrop chempionatlari tarixidagi o'zlarining ilk golini urishdi. 

Avstriya darvozabonining to'pni qo'ldan chiqarib yuborishi sabab SHimoliy Makedoniya sardori, SHomurodovning "Jenoa"dagi jamoadoshi Goran Pandev hisobni tenglashtirdi. Pandev bu goli bilan Evro tarixida gol urgan eng yoshi katta (37 yil 321 kun) ikkinchi futbolchiga aylandi. Undan oldinda faqat Ivitsa Vastich (38 yil 257 kun) bor.

1-bo'lim shu hisob bilan yakunlandi.  2-bo'limning dastlabki daqiqalarida ikki terma jamoa ham navbati bilan hujumlarga o'tib turishdi. Ammo omad Avstriya tomonida bo'ldi. 78-daqiqada David Alabaning uzatmasidan so'ng Gregorich to'pni darvozaga kiritdi. Gregorich urgan gol musobaqa tarixidagi 700-golga aylandi.

O'yinning so'nggi daqiqalari o'tib turgan bir vaqtda Zaxiradan tushgan Arnautovich hisobni 3:1 ko'rinishiga keltirdi va o'yinga nuqta qo'ydi. SHu tariqa yakuniga etgan bahsda Avstriya g'alaba qozondi hamda 3 ochkoga ega chiqdi. 

Kechagi kunning so'nggi o'yini 00:00 da start oldi. Unda "C" guruhi vakillari — Niderlandiya hamda Ukraina o'zaro bahs olib bordi. 

O'yinning ilk daqiqalariyoq ikki jamoaning faolligi bilan start oldi. 1-bo'lim davomida har ikki jamoa ham oldinga borishdi. Niderlandiya qiroli Villem-Aleksandr Klaus Georg Ferdinand uchrashuvni stadionning o'zidan kuzatib borgan o'yinning ilk bo'limida xavfli vaziyatlar sodir bo'lgan bo'lsa-da, biroq ulardan samarali foydalanilmadi. 

2-bo'limning avvali esa birinchisiga qaraganda qiziqarli kechdi. Bu esa o'z samarasini bera boshladi. 52-daqiqada Niderlandiya hisobni ochdi. Jorjino Veynaldum ikkinchi tempdagi hujumni gol bilan yakunladi.

57-daqiqada yana Niderlandiya terma jamoasi gol urdi. O'ng qanotdan boshlangan hujum Ukraina jarima maydonchasi ichidagi palapartishlikdan so'ng to'p Vut Verxorstga kelib tushdi va u hujumni yakunladi.

75-daqiqaga kelib hisob qisqardi. Andrey Yarmolenko uzoq masofadan zarba berib, Niderlandiya darvozasini ishg'ol qildi. To'p darvozaning "to'qqizligi"ga borib tushdi. 

Oradan 4 daqiqa o'tar-o'tmas Niderlandiya darvozasi tomon yana jarima zarbasi belgilandi. Malinovskining standartdan oshirgan to'pini Roman Erimchuk Stekelenburg darvozasiga kiritdi.

Go'yoki Ukrainadan kambek bo'layotgandek edi, 85-daqiqagacha... Niderlandiya oldinga o'tdi va Natan Akening uzatmasini Denzel Dumfris Bushchan darvozasiga kiritib yubordi. Mazkur gol 2000-yildan beri Niderlandiya uchun eng kech urilgan g'alaba goli bo'ldi. Oxirgi marta 89-daqiqada terma jamoaning hozirgi murabbiyi De Bur eng kech g'alaba golini urgan edi.

3:2 hisobi bilan yakuniga etgan o'yin "C" guruhidagi 1-turni yakunlab berdi. O'yindagi hisobga ko'ra,  evro tarixida ilk bor 0:0 hisobida yakunlangan birinchi bo'limdan so'ng, ikkinchi taymda 5ta gol urildi. 

Ukraina Evroda ketma-ket oltinchi o'yinda mag'lub bo'ldi va Yugoslaviya antirekordini yangiladi. 

"C" guruhida 1-turdan keyin Avstriya gollar nisbati evaziga peshqadam bo'lib turibdi. 2-o'rindagi Niderlandiyada ham 3 ochko mavjud. Ushbu guruhdagi kelasi tur o'yinlari 17 va 18 iyun kunlari o'tkaziladi. 17 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da Ukraina — SHimoliy Makedoniya terma jamoalari o'zaro kuch sinashishsa, Niderlandiya — Avstriya o'yini 18 iyun kuni 00:00 da boshlanadi. 

Kechagi uchrashuvlarda Kristian Eriksen uchun turli namoyishlar bo'ldi. "Uembli" stadioni tablosida Eriksen uchun yozuvlar paydo bo'ldi. SHuningdek, Buxarestdagi 

Avstriya — SH. Makedoniya uchrashuvida ham shunday holat bo'ldi. Keyinchalik, Avstriya azosi SHtefan Layner SHimoliy Makedoniyaga urgan golini Eriksenga bag'ishladi. Uning libosiga "Eriksen, kuchli bo'lib qol" deb yozilgan edi. 

Niderlandiya — Ukraina o'yinida niderlandiyalik muxlislardan Kristian Eriksenni qo'llovchi bannerni ko'tarishdi.

Muallif : Og'abek Samisov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика