Ota o'g'ilga qarshi maydonga tushadi?!

Omonjon To`xtamirzayev
3 dek 2024
Xabaringiz bor, Angliya Kubogi 3-bosqichiga qur'a tashlandi.

Uning natijalariga ko'ra, "Everton" "Peterboro" klubiga qarshi maydonga tushadigan bo'ldi. 

APL muxlislari yaxshi bilishadiki, tajribali futbolchi Eshli Yang hozirda Liverpulning "Everton" klubi sharafini himoya qilmoqda. 

E'tiborlisi, bo'lajak raqib safida uning 17 yoshli o'g'li Tayler Yang harakat qiladi. Shu tariqa, "Everton" - "Peterboro" uchrashuvida Eshli Yang o'g'liga qarshi maydonda to'p tepishi mumkin. Bunaqasi jahon futbolida ham noyob voqea.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia

O'xshash yangiliklar