So’nggi yangiliklar

22:59Миллатлар лигаси старт олмоқда! Португалия - Хорватия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари билан танишинг  3 22:24ЖЧ саралаши. B ҳамда C гуруҳидаги ўйинларнинг асосий таркиблари маълум бўлди  4 21:58Сречко Катанец: "Мақсадимиз томошабоп ўйин эмас, ЖЧга чиқиш"  42 21:44Жалолиддин Машарипов: "Яхши ўйнадик дея олмайман, асосийси ғалаба"  19 21:34КХДР бош мураббийи: "Биз кутган натижа бўлмади"  13 21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР 1:0, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  31 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  334 20:41Ўртоқлик учрашуви. Россия Вьетнамни қийинчиликсиз мағлуб қилди  3 20:25ЖЧ саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйиннинг асосий таркиблари маълум бўлди  4 18:47ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Фаластин дарвозасига йўл топа олмади!  9 18:15ЖЧ-2026 саралаши. Япония Хитой дарвозасига жавобсиз 7 та гол урди!   8 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ футболчилари "Бунёдкор" стадионига етиб келишди  6 17:36ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР: Асосий таркибимиз маълум  43 17:17"Бунёдкор" стадиони Ўзбекистон - КХДР учрашувига тайёр  6 17:17ЖЧ-2026 саралаши. Австралия ўз уйида мағлубиятга учради  8

Evro-2020. SHveciya Ispaniyani "qo'yib yubormadi", Slovakiya - etakchi Yangiliklar

Evro-2020. SHveciya Ispaniyani "qo'yib yubormadi", Slovakiya - etakchi

Evro-2020ning E guruhidan o'rin olgan Ispaniya - SHveciya bahsi bo'lib o'tdi.

Ispaniya – SHveciya 0:0 "La Kartuxa", Ispaniya.

Ispaniya – Unai Simon, Alba, Laport, Pau Torres, Lorente, Olmo (Jerar Moreno, 74), Rodri (Tiago Alkantara, 66), Pedri, Koke (Fabian Ruis, 87), Ferran Torres (Oyarsabal, 74), Morata (Sarabiya, 66).

SHveciya – Olsen, Lindelef, Augustinsson, Lyustig (Kraft, 75), Danielsson, Larsson, Ekdal, Olsson (Kayuste, 84), Forsberg (Bengtsson, 84), Isak (Klasson, 69), Berg (Kvayson, 69).

Ogohlantirish: Lyustig (55).


Spain

EURO Grp. E . 1-tur

15/06/2021, 00:00

0
:
0
Tugadi

Sweden

Stadion: Estadio de La Cartuja, 10559 tomoshabin

Bosh hakam: Slavko Vincic

45'
90'
66'  Rodri (Thiago Alcantara)
66'  Alvaro Morata (Pablo Sarabia)
74'  Dani Olmo (Gerard Moreno)
74'  Ferran Torres (Mikel Oyarzabal)
87'  Koke (Fabian Ruiz)
55'  Mikael Lustig
69'  Marcus Berg (Robin Quaison)
69'  Alexander Isak (Viktor Claesson)
75'  Mikael Lustig (Emil Krafth)
84'  Kristoffer Olsson (Jens-Lys Cajuste)
84'  Emil Forsberg (Pierre Bengtsson)


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH


90+6-daqiqa. Bo'ldi, SHveciya futbolchisi to'pni uzoqlashtirdi va hakamning final hushtagi chalindi. Total ustunlikka ega bo'lgan va qator imkoniyatlardan unumli foydalana olmagan ispanlarning bor yo'g'i durangga rozi bo'lishdan boshqa chorasi yo'q.  

90+5-daqiqa. Navbatdagi burchak zarbasi, darvoza tomon yo'llangan navbatdagi zarba, lekin hamon hisob ochilmadi.  

90+3-daqiqa. Xordi Albaning faolligi va qanotdan amalga oshirgan uzatmasidan keyin Pablo Sarabiya qulay imkoniyatga ega bo'lgandi, lekin u to'pga zarba bera olmadi va uni posbonga tashlab berdi.   

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi. 

90-daqiqa. Sarabiyaning uzatmasidan keyin Xerard Moreno boshi bilan zarba berdi va darvozabon jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi. 

87-daqiqa. O'zgarish! Koke o'rniga Fabian Ruis o'yinga qo'shildi. Luis Enrike bor imkoniyatidan foydalanib bo'ldi va endi shu futbolchilar o'yin oxiriga qadar raqib darvozasiga yo'l topishga harakat qiladi. 

84-daqiqa. O'zgarishlar! Kristofer Olson o'yinni davom ettirolmaydigan bo'ldiUning o'rniga Yens Kayuste tushgan bo'lsa, Emil Forsberg o'rnini Per Bengtssonga bo'shatib berdi.     

82-daqiqa. Mehmonlar to'pni duch kelgan tomonga tepib yuborishni boshlashdi... Zerikib qolgan Unai Simon to'pni yon chiziqdan tashlab berdi.  

80-daqiqa. To'p uchun kurashda oyoq paylarini cho'zib olgan Kristofer Olssonga bir necha daqiqa davomida yoradm ko'rsatildi. 

74-daqiqa. To'pni olib qo'ygan Xordi Alba sheriklariga dadilroq va tetikroq harakat qilish kerakligini baqirib, tushuntirishga urinmoqda.  

74-daqiqa. O'zgarishlar! Mikel Oyarsabal va Xerard Moreno o'yinga qo'shildi. Ferran Torres va Dani Olmo uchun bugungi bellashuv yakuniga etdi.   

74-daqiqa. SHveciya terma jamoasi futbolchisi Lyustig yordamga muxtoj bo'lib, maydonda yotibdi. 

73-daqiqa. Uzoq davom etgan hujumni Dani Olmo zarba bilan yakunlay oldi, lekin niyatiga eta olmadi.  

69-daqiqa. O'zgarish! Markus Berg o'rniga Robin Kuayson o'yinga qo'shilgan bo'lsa, Aleksander Isaak esa o'rnini Viktor Klassonga bo'shatib berdi.  

68-daqiqa. Dani Olmoning jarima maydonchasi chizig'i ustidan bergan zarbasi umuman qovushmadi.  

66-daqiqa. O'zgarishlar! Rodri o'rniga Tyago Alkantara, Alvaro Morata o'rniga esa Pablo Sarabiya maydonga tushdi.  

63-daqiqa. Luis Enrike yordamchisiga nimalarnidir tushuntirdi va Tyago Alkantara mashqlarni yakunlab, o'rindiq tomon yo'l oldi. Yaqin daqiqalarda uni maydonda ko'rsak ajab emas.  

61-daqiqa. Aleksandr Isaak kutilmaganda qisqa masofada bir nechta raqibini chalg'itib, bo'sh darvoza oldida turgan sherigi Markus Bergga to'pni oshirib bera olgandi, lekin hujumchi shunday vaziyatni ko'kka sovurishni "uddaladi".  

55-daqiqa. Ogohlantirish! Mikael Lyustig qoidani buzgani uchun sariq kartochka bilan "siylandi". 

52-daqiqa. Ispaniya termasi azolari butun tarkib bo'lib maydonning o'z yarimlariga qaytishdi va darvozalari himoyasida ishtirok etishmoqda. Bunaqasi birinchi bo'limda umuman bo'lmagandi.

48-daqiqa. SHvedlar ikkinchi bo'limni faolroq boshlashdi va hozir Ispaniya terma jamoasi darvoza oldida xavfli vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi, lekin hujumda paydo bo'lgan mehmonlar himoyachisi Lyustig to'pni oshirishda sustkashlikka yo'l qo'ydi.  

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

O'sha daqiqa ham bo'lim qanday o'tgan bo'lsa, shunday o'tdi - Ispaniya to'p bilan, lekin hozircha raqib himoyasining zaif nuqtasini topa olmayapti. Mehmonlar esa sabr bilan o'z imkoniyatlari, gollarini kutishda davom etishadi. Hozircha tanaffus, biroz dam olib, yana qaytamiz.

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 1 daqiqa qo'shib berildi.  

41-daqiqa. XAVFLI VAZIYAT! Isaaak! Nima qilyapsan? SHveciya termasi hujumchisi juda qulay vaziyatga ega bo'lgandi, lekin to'p qandaydir aqlbovar qilmas holatda darvoza to'riga borib tushmadi. 

40-daqiqa. To'pni qabul qilib olgan Morata o'yindan tashqari holatda ekanligi qayd etildi.

38-daqiqa. XAVFLI VAZIYAT! Xordi Albaning uzatmasidan keyin himoyachi to'pni qaytara olmagani qanchalik hayratlanarli bo'lsa, Alvaro Morataning keyin darvozani aniq nishonga ola bilmagani shunchalik tushunarsiz bo'ldi.   

36-daqiqa. Mehmonlarning kam sonli hujumlaridan biri guvohiga aylandik. Unai Simon zarbaga aylanib ketgan uzatmadan keyin to'pni maydondan chiqarib yubordi. Burchak zarbasidan keyin esa ish zarbagacha etib bormadi.   

29-daqiqa. Koke yana bir bor zarba berish imkoniyatiga ega bo'ldi, lekin bu safar ham to'p darvozadan yuqoriroqdan o'tib ketdi.  

25-daqiqa. Markos Lorente to'pni jarima maydoniga yo'llagandi, himoyachi uni maydondan chiqarib yubordi. Ispanlan to'rtinchi burchak to'pidan ham samarali foydalana olishmadi.

23-daqiqa. Jarima maydonchasi ichida raqibidan to'pni qabul qilib olgan Koke uzoq o'ylamay, zarba yo'lladi, biroz noaniq. Aks holda mezbonlar hisobni ochishlari hech gap emasdi. 

22-daqiqaga kelibgina SHveciya termasi birinchi zarbani amalga oshirdi, unda ham Emil Forsbergning urinishini chinakamiga zarba deyish biroz mushkul.  

20-daqiqa. Pedri to'p uchun kurashda qoidani buzdi deb topildi. Umumiy olganda o'yin kartinasi o'zgarmayapti va Ispaniya katta ustunlikka ega.  

16-daqiqa. O'ng qanotdan uzatmadan keyin Dani Olmo yaqin masofadan raqib darvozasini "o'qqa tutdi", ammo Robin Olsen ishonchli o'yin ko'rsatib, jamoasini qutqarib qoldi.

15-daqiqa. To'pga egalik qilish 84% - 16%, tabiiyki Ispaniya foydasiga.  

11-daqiqa. Ispaniya terma jamoasi standart vaziyatdan samara chiqara olmadi, lekin shu zahoti to'p uchun kurashga kirishib, uni qaytarib oldi va yangi hujumni boshladi.  

 

5-daqiqa. Xordi Alba qanotda faollik ko'rsatdi va to'pni jarima maydoni markaziga etkazdi, lekin sheriklari bu uzatmaga etib kela olishmadi, burchak zarbasi.  

Ispaniya ilk daqiqalardan ustunlikni "qo'lga" olmoqda.

1-daqiqa. Uchrashuv boshlandi! 


Ispaniya - SHveciya

Ispaniya - Unai Simon, Alba, Lyaport, Torres, Lorente, Pedri, Rodri, Koke, Dani Olmo, Ferran Torres, Morata.

SHveciya - Olsen, Lyustig, Lindelof, Danielson, Augustinson, Larsson, Olsson, Ekdal, Forsberg, Berg, Isak.

Spain

EURO Grp. E . 1-tur

15/06/2021, 00:00

0
:
0
Tugadi

Sweden

Stadion: Estadio de La Cartuja, 10559 tomoshabin

Bosh hakam: Slavko Vincic

45'
90'
66'  Rodri (Thiago Alcantara)
66'  Alvaro Morata (Pablo Sarabia)
74'  Dani Olmo (Gerard Moreno)
74'  Ferran Torres (Mikel Oyarzabal)
87'  Koke (Fabian Ruiz)
55'  Mikael Lustig
69'  Marcus Berg (Robin Quaison)
69'  Alexander Isak (Viktor Claesson)
75'  Mikael Lustig (Emil Krafth)
84'  Kristoffer Olsson (Jens-Lys Cajuste)
84'  Emil Forsberg (Pierre Bengtsson)

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика