Evro-2020. Gruziyalik futbolchi raqib himoyachisining hayotini saqlab qoldi
25 mar 2019 00:33
Yangiliklar


Evro-2020. Gruziyalik futbolchi raqib himoyachisining hayotini saqlab qoldi
Gruziya terma jamoasi yarimhimoyachisi Jano Ananidze SHvecariyaga qarshi kechgan bahsda qahramonlik ko'rsatdi.
The Sun’ning xabar berishicha, uchrashuvning 25-daqiqasida shvecariyalik himoyachi Fabian SHer raqib futbolchisi bilan bilan to'qnashib ketib, maydonga noqulay yiqilishi oqibatida xushidan ketadi. Mazkur holatda o'zini yo'qotib qo'ymagan Ananidze SHvecariya azosiga birinchi yordamni ko'rsatib, uning hayotini saqlab qoladi.
Gruziya – SHvecariya o'rtasidagi uchrashuvda esa mehmonlar g'alaba (0:2) qozongandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar