So’nggi yangiliklar

20:37Альваро Мората Италияга қайтади  0 20:35Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" - ОКМК  9 19:53Де ла Фуэнте тақвим ҳақида: "Иккиюзламачилик бўлмаслиги керак"  1 19:38"Андижон"га қарши ўйинда "Қизилқум"нинг голи ўғирландими? Суперлиганинг 13-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  0 19:13Шота Арвеладзе собиқ клубига қайтди  0 18:38"Олтин тўп" эгаси КЧЖни кузатмаяпти: "Барселона" ўйнамаяпти. Шундай экан... нимага уни кўриш керак?  5 17:10"Ювентус" ва Дэвид йиллик маоши 6 млн евро бўлган шартнома бўйича келишиб олди. Фуболчининг агентлари 10+ млн. евро комиссия талаб қилишмоқда  0 17:01Эшитдик-да! "Насаф" ҳужумчиси клубни тарк этмоқда   16 16:28Сардор Абдураимов: "Чемпионатдаги мағлубият учун "Нефтчи"дан реванш олдик"  5 16:19Саутгейт рицарлик унвонига сазовор бўлди  0 15:36"Машъал" "Нефтчи"ни Ўзбекистон Кубогидан чиқариб юборган ўйиндан галерея  3 15:20"Арсенал" 5 миллион фунтга "Челси"дан Кепани сотиб олади  2 15:05Бобир Абдихолиқов ва Жасур Жалолиддинов "Сумқайит"ни тарк этишди  12 14:40Жамшид Ҳасанов: "Ўзбекистон Кубогини ким ютади? Мен учун "Машъал" фаворит"  2 14:20Ҳожиакбар Алижонов нега фақат қора бутсада майдонга тушади?  11

EVRO-2020. Franciya terma jamoasi Xummelsning avtogoli evaziga g'alaba qozondi Yangiliklar

EVRO-2020. Franciya terma jamoasi Xummelsning avtogoli evaziga g'alaba qozondi

Evropa chempionatining 1-turidan o'rin olgan so'nggi bahs yakunlandi.

France

Mats Hummels - 20'

EURO Grp. F . 1-tur

16/06/2021, 01:00

0
:
1
Tugadi

Germany

Stadion: Fussball Arena Munchen, 13000 tomoshabin

Bosh hakam: Carlos del Cerro

45'
90'
20'  Mats Hummels
85'  Karim Benzema
89'  Karim Benzema (Corentin Tolisso)
90'  Adrien Rabiot (Ousmane Dembele)
7'  Joshua Kimmich
74'  Serge Gnabry (Timo Werner)
74'  Kai Havertz (Leroy Sane)
88'  Matthias Ginter (Emre Can)
88'  Robin Gosens (Kevin Volland)

Franciya – Germaniya 1:0

"Alyanc-Arena"

Gol: 1:0 – 20, avtogol Xummels.

Franciya – Loris, Varan, Pavar, Kimpembe, Lyuka Ernandes, Pogba, Kante, Rabo (Dembele, 90), Mbappe, Benzema (Tolisso, 89), Grizmann.

Germaniya – Noyer, Ryudiger, Ginter (Djan, 87), Xummels, Gozens (Folland, 87), Gyundogan, Kroos, Xavertc (Sane, 74), Kimmix, Myuller, Gnabri (Verner, 74).

Ogohlantirish: Kimmix (7).


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+5. Nemislar to'pni nazorat qilish orqali hujumlar tashkil etishmoqda, biroq Franciya terma jamoasi himoyasi bugun "tirqishsiz" ekanligini ko'rsatib qo'ymoqda.

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.

89. Franciyaliklarda o'zgarish: Benzema o'rniga Tolisso o'yinga qo'shildi.

88. Yana bir o'zgarish: Gosens o'rniga Folland maydonga tushdi.

85. GOOOL! BENZEMAAA! YO'Q, ofsayd ekan.

78. Mbappe katta tezlikda Xummelsdan o'tib ketdi, ammo Mats uni o'z jarima maydonchasi ichida yiqitdi, hakam esa xushtak chalmadi, VAR ishga kirishgan bo'lsa kerak.

76. Germaniya terma jamoasi faollashdi, biroq qanotdan bo'layotgan uzatmalar manziliga etib bormayapti.

73. Nemislarda o'zgarish: Gnabri o'rniga Verner, Xaverc o'rniga Sane maydonga tushishdi.

71. Ushbu suratga izoh kerak emas deb o'ylayman.

66. GOOOL! MBAPPE! YO'Q, yon hakam bayroqchasini ko'tarib, ofsayd borligini ko'rsatdi.

63. Joshuaning uzatmasi xavfli chiqdi, ammo franciyaliklar to'pni bir amallab qaytarishdi. Burchak zarbasi omadsiz chiqdi.

58. ZARBAAA... Qanotdan uzatilgan to'pni Gonsens darvozaga yo'llay deganda Pavar boshi bilan to'pni qaytardi, Gonsens esa Benjaminga zarba berib yubordi, qaytgan to'pga nemis futbolchisi zarba berdi, u to'p ofsaydda yotgan Robinga tegdi.

56. Nemislar raqib jarima maydonchasigacha kirib borishni eplashyapti, ammo so'nggi zarbada omadsizliklar ro'y bermoqda.

54. ZARBAAA... Gnabriiii... Qanotdan uzatilgan ideal pasdan so'ng Serj to'pni darvozaga yo'llashga urindi, ammo zarbadan so'ng to'p darvozaning biroz yuqorisidan o'tib ketdi.

52. ZARBAAA... Raboning chap qanotdan jarima maydonchasi ichiga kirib bergan zarbasini Noyer qaytara olmadi, ammo to'p ustunga tegib, maydonni tark etdi.

47. Mbappe raqib jarima maydonchasiga yorib kirdi va to'pni uzatmay fintlarini davom ettirdi. Raqib himoyaga qaytib olgach, Kilian to'pni orqaga qaytarishga majbur bo'ldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

- Muxlislar futbolni do'stlar va yaqinlar darvasida ko'rishni xush ko'rishadi. Sizchi?

TANAFFUS!

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

40. Kimmix maydonga yiqilayotib Lyuka Ernandesning yuziga tepib yubordi. Hakam futbolchilarga ehtiyot bo'lish kerakligini aytdi.

37. Hozirgacha EVRO-2020da 3ta avtogol kiritilibdi.

36. Grizmann o'yinga kiritgan burchak to'pi muvaffaqiyatsiz chiqdi, to'p Lorisgacha qaytib bordi.

35. Mbappe katta tezlikda bir raqibidan qochib ketdi, ammo to'pni markazga uzatishda aniq harakat qila olmadi. Burchak zarbasi.

29. Kimmix Kimpembe bilan kurashda yiqildi va u tezlik bilan hakamga murojaat qildi, biroq referi xushtagini chalmadi.

27. Kroosning bu urinishi ham omadsiz chiqdi.

26. Franciya terma jamoasi vakillari yana bir bor o'z jarima maydonchasi oldida qoida buzishdi. Yana to'p oldida Kroos.

24. Nemislar raqib darvozasiga yaqin hududda jarima zarbasi ishlab olishdi, ammo Kroosning zarbasidan so'ng to'p jonli devorga tegib qaytdi.

20. GOOOL! Aniqrog'i AVTOGOOOL! O'ng qanotdan boshlangan hujumni Pogba qarama-qarshi qanotga ko'chirdi, Lyuka Ernandes esa bor kuchi bilan to'pni markaziy hududga yo'lladi, Xummels esa hujumchilarning vazifasini 5 bahoga uddaladi. U to'pni o'z darvozasiga burib qo'ydi.

18. Franciya - Germaniya o'yini startidan avval maydonga parashyutchi qo'ndi. 

17. ZARBAAA... Mbappening uzoq burchakka yo'llagan zarbasidan so'ng Noyer seyv ijro etdi.

16. Burchak to'pi Pogbaning bosh bilan bergan noaniq zarbasi orqali yakun topdi.

15. Franciyaliklarning xavfli hujumi burchak zarbasi bilan davom etadi. Pavarning uzatmasini qaytarib qolishdi.

14. Nemislar himoyada juda qattiq (jestkiy) o'yin ko'rsatib, franciyalik raqiblarini cho'chitishga urinishmoqda.

11. Saudiya Arabistoni - O'zbekiston uchrashuvini kuzatib, siqilayotganlar bu sahifaga o'tavering, bu erda yutqazmaysiz, faqat chiroyli futbol guvohi bo'lasiz.

5. 1-turning so'nggi uchrashuvida hozircha nemislar etakchilik qilib, birinchi raqamli jamoa bo'lib o'ynayapti.

1. Uchrashuv boshlandi.

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

Franciya – Germaniya

00.00, «Alyanc-Arena»

Franciya – 1.Ugo Loris, 2.Benjamen Pavar, 4.Rafael Varan, 3.Presnel Kimpembe, 21.Lyuka Ernandes, 14.Adrien Rabo, 13.N'Golo Kante, 6.Pol Pogba, 7.Antuan Grizmann, 19.Karim Benzema, 10.Kilian Mbappe        

Zaxira: 16.Stiv Mandanda, 23.Mayk Menyan, 5.Kleman Langle, 8.Toma Lemar, 9.Olive Jiru, 11.Usmon Dembele, 12.Koranten Tolisso, 15.Kurt Zuma, 18. Lyuka Din, 20.Kingsli Koman, 22.Vissam Ben Yedder, 25.Jyul Kunde                        

Germaniya – 1.Manuel Noyer, 4.Mattias Ginter, 5.Mats Xummels, 2.Antonio Ryudiger, 6.Joshua Kimmix, 21.Ilkay Gyundogan, 8.Toni Kroos, 20.Robin Gosens, 25.Tomas Myuller, 7.Kay Xaverc

Zaxira: 12.Bernd Leno, 22.Kevin Trapp, 3.Marsel Xalstenberg, 9.Kevin Folland, 11.Timo Verner, 15.Niklas Zyule, 16.Lukas Klosterman, 17.Florian Noyxaus, 19.Leroy Sane, 23.Emre Jan, 24.Robin Kox, 26.Kristian Gyunter                                                    


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика