So’nggi yangiliklar

22:59Миллатлар лигаси старт олмоқда! Португалия - Хорватия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари билан танишинг  3 22:24ЖЧ саралаши. B ҳамда C гуруҳидаги ўйинларнинг асосий таркиблари маълум бўлди  4 21:58Сречко Катанец: "Мақсадимиз томошабоп ўйин эмас, ЖЧга чиқиш"  42 21:44Жалолиддин Машарипов: "Яхши ўйнадик дея олмайман, асосийси ғалаба"  19 21:34КХДР бош мураббийи: "Биз кутган натижа бўлмади"  13 21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР 1:0, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  31 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  334 20:41Ўртоқлик учрашуви. Россия Вьетнамни қийинчиликсиз мағлуб қилди  3 20:25ЖЧ саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйиннинг асосий таркиблари маълум бўлди  4 18:47ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Фаластин дарвозасига йўл топа олмади!  9 18:15ЖЧ-2026 саралаши. Япония Хитой дарвозасига жавобсиз 7 та гол урди!   8 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ футболчилари "Бунёдкор" стадионига етиб келишди  6 17:36ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР: Асосий таркибимиз маълум  43 17:17"Бунёдкор" стадиони Ўзбекистон - КХДР учрашувига тайёр  6 17:17ЖЧ-2026 саралаши. Австралия ўз уйида мағлубиятга учради  8

Evro-2020. Rossiya kichik hisobda g'alabaga erishdi Yangiliklar

Evro-2020. Rossiya kichik hisobda g'alabaga erishdi

Evro-2020 doirasida Finlyandiya hamda Rossiya terma jamoalari o'rtasidagi o'yin yakunlandi.

Ushbu sahifa orqali uchrashuvdan matnli translyaciyani kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.


Finlyandiya - Rossiya 0:1

Gol: Miranchuk 45+3.

18:00. "Sankt-Peterburg" stadioni

Rossiya: 16. Matvey Safonov, 14. Georgiy Djikiya, 8. Dmitriy Barinov, 3. Igor Diveev, 11. Roman Zobnin, 7. Magomed Ozdoev (19. Rifat Jemaletdinov 61), 2. Mario Fernandes (4. Vyacheslav Karavaev 25), 23. Daler Kuzyaev, 17. Aleksandr Golovin, 15. Aleksey Miranchuk (26. Maksim Muxin 85), 22. Artyom Dzyuba (9. Aleksandr Sobolev 85)

Zaxira: 12. Yuriy Dyupin, 1. Anton SHunin, 24. Roman Evgenev, 5. Andrey Semyonov, 6. Denis CHerishev, 21. Daniil Fomin, 25. Denis Makarov, 10. Anton Zabolotnyy.


Finlyandiya: 1. Lukash Gradecki, 22. Yukka Raytala (13. Pyuryu Soyri 75), 4. Yoona Toyvio, 2. Paulus Arayuuri, 3. Daniel O`SHonessi, 18. Yere Uronen, 8. Robin Lud, 11. ORasmus SHyuller (19. Yoni Kauko 67), 6. Glen Kamara, 20. Yoel Poxyanpalo, 10. Teemu Pukki (21. Lassi Lappalaynen 75).

Zaxira: 12. Esse Yoronen, 23. Anssi Yaakkola, 5. Leo Vyaysyanen, 9. Fredrik Yensen, 14. Tim Sparv,  17. Nikolay Alxo, 24. Onni Valakari, 25. Robert Ivanov, 26. Markus Forss.

Ogohlantirishlar: Kamara 22, Barinov 27, Ozdoev 34, Djikiya 88, O'SHonessi 90.



UCHRASHUV YAKUNLANDI! Rossiya dastlabki g'alabasini qo'lga kiritdi va o'z hisobiga uch ochkoni qo'shib qo'ydi!

90+2. Rossiya qo'shimcha daqiqalarni hujumda o'tkazmoqda.

90. Hakam 5 daqiqa vaqt qo'shib berdi. 

90. O'SHonessiga sariq kartochka. Sobolevga qarshi qarshi qo'pol o'yin uchun. 

88. Djikiyaga ogohlantirish.

88. Yana bir xavfli vaziyattt! Arayurining boshi bilan bergan zarbasi biroz noaniq. 

85. Rossiyada yana o'zgarishlar: Miranchuk o'rniga Muxin, Dzyuba o'rniga Sobolev o'yinni tugatib qo'yadi. 

75. Finlarda ikkita o'zgarish. Raytala o'rniga Soyri, Pukki o'rniga Lappalaynen maydonga tushdi.

72. Zarbaaa! Kuzyaevda juda ajoyib imkoniyat yuzaga kelgandi. Lekin bu vaziyatda Gradecki ajoyib seyv amalga oshirdi!

68. Finlar safida SHuller o'rniga Kauko bahsni davom ettiradi. 

61. Ozdoev o'rniga Jemaletdinov maydonga tushdi.

60. Golovindan yana bir zarba. Juda yuqoriga!

53. Pukkidan zarba. Darvozabon qaytarib yubordi.

51. Zarbaaaa! Golovinning uzoqdan bergan zarbasi xavfli ko'rinish oldi. 

IKKINCHI BO'LIM BOSHLANMOQDA!

TANAFFUS!

BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI!


45+3. GOOOL! Miranchuk chap oyog'ida darvozabonning to'qqizligiga joyladi! CHiroyli gol!

45. Hakam birinchi bo'limga 6 daqiqa vaqt qo'shib berdi. 

41. Rossiyaliklar oldinga o'tishmoqda. Ammo finlyandiyaliklar yaxshi himoyalanishmoqda.

34. Ozdoev raqibga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi.  

27. Barinov Kamaraga nisbatan o'yin qoidasini buzgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

25. Rossiyada majburiy o'zgarish: Fernandes o'rniga Karavaev maydonga tushdi. 

(Jarohat olgan Fernandes aynan shu tarzda maydonni tark etdi)


24. Mario Fernandes havodagi kurashda jarohat oldi. 

22. Kamaraga sariq kartochka ko'rsatildi.

20. Finlyandiyaliklar qarshi hujumda faol. Poxyanpalo hozirgina ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi.

16. Malumot uchun, o'yinda nominal mezbonlar Finlyandiya terma jamoasi. O'yin esa Sankt-Peterburgdagi stadionda o'tkazilmoqda.

12. Xavfli vaziyayatttt!!! Dzyubaning bergan zarbasi finlar darvozasi ustuniga tegib qaytdi. Ushbu vaziyatda o'yindan tashqari holat bo'lgan ekan.


(Hisobga olinmagan gol kiritilgan vaziyat)

4. Gol hisobga olinmadi. Futbolchi o'yindan tashqari holatda qolib ketgan ekan. Hisob 0-0! Davom etamiz.

3. Finlyandiyalik futbolchi Poxyanpalo o'ng qanotdan etkazib berilgan zarbadan so'ng boshi bilan zarba berib, raqib darvozasini ishg'ol qildi. Tezkor gol!

2. Rossiya dastlabki daqiqalarda faol.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI! Bahsni rossiyalik futbolchilar boshlab berishdi!

-Davlat madhiyalari yangramoqda.

-Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

-Assalomu alaykum, hurmatli futbol muxlislari. Evro-2020 2-turi doirasida Finlyandiya hamda Rossiya terma jamoalari o'rtasidagi o'yin boshlanmoqda.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика