So’nggi yangiliklar

15:41Маскерано: "Интер Майами" дунёнинг энг яхши 16 жамоаси қаторига кирди"  0 15:34"Насаф" ОЧЛ Элитда кимлар билан ўйнайди?  1 15:14МЮ Мбеумо учун курашда пешқадам ва у учун катта пул ажратишга тайёр  0 14:45Лотар Маттеус "Манчестер Сити"га Тер Штегенни сотиб олишни маслаҳат берди  0 14:17Жонни Эванс МЮда маълум бир лавозимга тайинланади  0 13:48Миш-мишларга қарамай, Маунт МЮни тарк этишни режалаштирмаяпти  2 13:20Илёс Зейтуллаев: "Самарқанддаги 3 очкони жамоавий ғалаба деган бўлардим"  2 13:02Мареска: "АҚШдаги об-ҳаво туфайли машқ қилиш деярли имконсиз"  0 12:34Раулнинг навбатдаги манзили Испания U-21 термаси бўлиши мумкин — музокаралар бошланди  0 12:07"Бавария" дортмундликлар юлдузини сотиб олмоқчи  0 11:39"Манчестер Сити" ҳимоячисининг дисквалификацияси узайтирилди  4 11:19Суперлига. 14-тур ҳакамлари маълум: "Насаф" – "Пахтакор" учрашувини Тўхтасинов бошқаради  26 10:40"Тоттенхэм" 20 ёшли япониялик футболчининг трансфери бўйича келишувга эришди  1 10:04Шаҳбоз Умаров “Турон“ билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси водий клуби бўлиши мумкин  7 09:33Шомуродовга А Серия жамоасидан таклиф бор  13

Evro-2020. Bugun katta to'qnashuv - "Nemis mashinasi" "tanlanganlar"ga qarshi! (prevyu) Yangiliklar

Evro-2020. Bugun katta to'qnashuv - "Nemis mashinasi" "tanlanganlar"ga qarshi! (prevyu)

Portugaliya Evropa chempionati "F" guruhi ("o'lim guruhi") 2-turida Germaniya bilan ro'baro' keladi.

Hash-pash deguncha ikkinchi turni yakunlovchi o'yinlarga etib keldik. Bugun muxlislar katta to'qnashuv guvohiga aylanishadi. 

Bu jamoalar yirik turnirlarda tez-tez ko'rishib turishadi. Oxirgi 4 t o'yinda Germaniya zafar quchgan, Portugaliyaning oxirgi g'alabasi esa 2000 yilgi Evropa chempionatida qo'lga kiritilgan. 

Portugaliya terma jamoasi 

"Tanlanganlar" ushbu Evro'da eng tajribali tarkibga ega, desak mubolag'a bo'lmaydi. Ularda super-yulduz Ronaldu rahnamoligidagi g'alabaga chanqoq va unga erishishni uddasidan chiqa oladigan yigitlar yig'ilishgan. Portugaliya termasi birinchi turda Vengriyani yutdi (3:0). Hisob o'yinga mos bo'lmasligi mumkin, biroq Santush shogirdlari g'alabaga loyiqliklarini isbotlay olishdi. 84-daqiqada hisobni ochgan portugaliyaliklar g'alabadan mamnuniyat his qilib, shu hisobni saqlashga urinishmadi, aksincha yana va yana gol urishga urindilar. 

Birinchidan, ular bu orqali haqiqiy kuchlarini namoyon qilishdi.

Ikkinchidan, uzoqni o'ylab ish qildilar, bunday musobaqalarda har bir gol muhim ahamiyat kasb etishini ular yaxshi tushunishadi.

Germaniya terma jamoasi

Germaniyaning Franciyadan qabul qilib olgan mag'lubiyati kutilgandi, desak xato bo'ladi. O'yin deyarli teng kurashlar ostida kechdi. Oxirgi vaqtlarda bunday muvaffaqiyatsizliklar nemislar uchun odatiy holga aylangandek go'yo. JCH-2014'dagi yutuqdan keyin jamoada pasayish kuzatildi. Terma jamoa o'tgan Evro'da unchalik ko'zga tashlanmagan bo'lsa, JCH-2018'da katta sahnaga chiqmadi. "Nemis mashinasi"da avlodlar almashinuvi bilan bog'liq holat u qadar engil o'tmayapti. 

Ayrim mutaxassislarning fikricha, Yoaxim Lyovning ketishi oldindan aniqligi ham jamoa kayfiyatiga ozroq salbiy tasir qiladi. U ikki haftadan so'ng terma bilan birga bo'lmaydi. 

Oldingi chiziqda umid Ronaldudanmi?

Portugaliya sardori Krishtianu Ronaldu Evro'ga doimgidek bir nechta rekordlar bilan kirib keldi. U Vengriyaga qarshi uchrashuvda dubl qayd etdi. Umuman olganda, oxirgi 4 o'yinda raqiblar darvozasiga 3 ta to'p kiritdi. 

Hujumchi top-termalarga uzoq vaqtdan beri gol urmaganini aytish joiz – Ronaldu oxirgi bor Jahon chempionatida Ispaniyaga 3 ta gol urgandi. U Germaniya bilan 4 o'yinda 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan. 

Portugaliya oradan 20 yil o'tib Germaniyani mag'lub eta oladimi?

Odatiy statistik raqamlarga ko'z yugurtiramiz. Portugaliya termasi Evropa chempionatlarida juda ishonchli o'ynaydi, jamoa bejizga amaldagi chempion emas – ular turnirda 12 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyaga ega bo'lib turishibdi. Statistika ko'zni qamashtiradigan, ammo Germaniya bilan oson bo'lmaydi.

Bundan tashqari, Bundestimga qarshi xalqaro musobaqalar doirasidagi oxirgi 4 bahs boy berilgan. Nihoyat, bu seriyaga chek qo'yilishi mumkin. 

Lyov 3 himoyachi bilan o'ynashda davom etadimi?

Yoaxim Lyovning o'yin uslubidan xabardorlar bilishadi, mutaxassis tartibni xush ko'radi va uslubni uncha-munchaga o'zgartirmaydi. 

Joshua Kimmixning o'ng qanotga o'tkazilishi majburan amalga oshirildi, lekin bu ish bermadi. Kimmix o'ng qanotda o'zini noqulay his etdi, shu bilan birga Kroos-Gyundogan juftligi yaxshi samara berdi, deyish qiyin. Bundestimga markazdagi kreativlik etishmadi. 

Bularning baridan kelib chiqsak, Lyov odatiy 4-2-3-1 taktik sxemaga qaytishi mumkin, lekin bunga ishonish has sal qiyin.

Hech kim gol urganicha yo'q

Germaniyaning asosiy muammosi – gol. Lyov Franciya bilan o'yinda futbolchilarning universalligiga tayandi. Futbolchilar o'rin almashib o'ynashdi.  

Myuller tez-tez chap qanotda ko'rinish berdi, Xaverc qaror qabul qilishda bir talay xatoliklarga yo'l qo'ydi, Gnabri og'ir mavsumdan keyin o'ziga kela olmagani bilindi. Forvardlar Timo Verner hamda Kevin Follandining o'yinga qo'shilishi foyda keltirishi ko'zga tashlandi. Demak, yuqorida aytilganidek, Lyovdan taktik sxemani o'zgartirishini kutamiz. O'shanda hujumchilar samara keltirishadi. 

Leon Goreckaning qaytishi

Portugaliya bilan o'yin oldidan "nemis mashinasi"ga oid 2 ta yomon, 1 ta yaxshi xabar paydo bo'ldi. Malum qilinishicha, Serj Gnabri va Lukas Klostermann mashg'ulotda ishtirok etishmagan. Quvonarlisi, hujumchiga shunchaki dam berilgan, qanot himoyachisi esa safdan chiqqan.

Klostermann asosiy tarkib o'yinchisi emasdi, biroq uning yo'qligi Kimmixga tasir qiladi, yani u endi markazda o'ynay olmasligi mumkin. SHunday qilingan taqdirda Emre Jan o'ngga qo'yiladi. 

Yaxshi yangilik – Gorecka o'yinda ishtirok etishga shay. Bunday turdagi yarim himoyachi Germaniyada yo'q, uning maydonga tushishi nemislarni kuchaytiradi.

Taxminiy tarkiblar

Portugaliya: Ruy Patrisiu – Nelson Semedu, Ruben Diash, Pepe, Gerreyru –  Danilu, Villyam Karvalyu – Diogu Jota, Brunu Fernandesh, Bernardu Silva – Ronaldu

Germaniya: Noyer – Ginter, Xummels, Ryudiger – Kimmix, Gyundogan, Kroos, Gosens – Xaverc, Myuller, Gnabri

Murabbiylar fikri

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush: "Biz musobaqani g'alaba bilan boshladik, ammo bu bor-yo'g'i 3 ochko degani. Evropa chempionatida hamma o'yinlar muhim ahamiyatga ega".

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov: "SHogirdlarimning o'yinga tayyorgarligi doimgidek yuqori darajada. Aynan shu sababli hozirgi vaziyatni o'zgartirishga ishonchimiz komil. Hujumda ko'proq g'ayrat namoyish etsak, Portugaliyani enga olamiz".

21:00 da boshlanadigan bahsni aslo o'tkazib yubormang. Yoqimli tomosha!

SHerzod Nurmatov  

Muallif : Sherzod Nurmatov
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика