So’nggi yangiliklar

18:59ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон — КХДР 1:0 (матнли трансляция)  33 18:47ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Фаластин дарвозасига йўл топа олмади!  4 18:15ЖЧ-2026 саралаши. Япония Хитой дарвозасига жавобсиз 7 та гол урди!   5 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ футболчилари "Бунёдкор" стадионига етиб келишди  6 17:36ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР: Асосий таркибимиз маълум  42 17:17"Бунёдкор" стадиони Ўзбекистон - КХДР учрашувига тайёр  6 17:17ЖЧ-2026 саралаши. Австралия ўз уйида мағлубиятга учради  8 17:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР учрашувини кимлар шарҳлайди?  7 16:53Расман: МЮ ва "Челси" собиқ футболчиси фаолиятини Австралия давом эттиради  4 16:34Фабрицио Романо: "Каземиро "Манчестер Юнайтед"ни тарк этмоқда"  4 16:15Breaking! Абдуқодир Ҳусанов Францияга учиб кетмоқда  16 15:51Ўзбекистон ва КХДР ўзаро ўйинлар тарихи. Пхеняндаги мағлубият, Гейнрихнинг чиройли голи ва Австралияда "порлаган" Сергеев  4 15:26Футзал. Панаманинг Жаҳон чемпионати учун якуний таркиби маълум  0 14:45Саралаш баҳслари старти олдидан Ширшов хотирасига турнир ташкил қилинди  5 14:07Ўзбекистон - КХДР: Терма жамоамиз таркибида йўқотиш бор  21

Evro-2020. 3-turdan oldin: Italiya, Belgiya va Niderlandiya pley-offda, faqatgina SHimoliy Makedoniyada imkon yo'q Yangiliklar

Evro-2020. 3-turdan oldin: Italiya, Belgiya va Niderlandiya pley-offda, faqatgina SHimoliy Makedoniyada imkon yo'q

Hattoki Turkiya ham keyingi bosqich haqida orzu qilishi mumkin.

Biz jamoalarning egallab turgan holati va guruh bosqichi 3-turidan oldin pley-offga chiqish borasida qanday variantlar borligini o'rganib chiqtik. Soddaroq bo'lishi uchun guruhlardagi faqatgina birinchi va ikkinchi o'rinlarni ko'rib chiqamiz – uchinchi o'rinlardagi holat boshqa guruhlarga ham bevosita bog'liq bo'lib qolishi mumkin.


A guruhi: Italiya pley-offda, uchinchi o'rin uchun imkoniyat Turkiyada ham bor

3-tur o'yinlari: Italiya – Uels, SHveycariya – Turkiya

• Italiya keyingi bosqchi masalasini hal qilib ulgurdi. Birinchi o'rinni saqlab qolish uchun Uelsga yutqazmaslik kifoya.

• Uels Italiya bilan hech bo'lmasa durang o'ynasa va Turkiya SHveycariyaga yutqazmasa Garet Beyl jamoasi guruhdan chiqadi.

Uelsni ochkolar teng bo'lib qolishi mumkin bo'lgan holat ham qo'rquvga solmasligi mumkin – shunchaki to'plar nisbatidagi farqni saqlab qolish etarli.

• SHveycariya Turkiyani engishi va Uelsning yaxshi sport formasidagi Italiyaga mag'lub bo'lishini kutishi mumkin xolos. Ana shunday holatda ikkinchi o'rin taqdirini to'plar nisbati hal qiladi.

• Birinchi ikkita o'yinni umumiy 0:5 hisobida boy bergan Turkiya uchinchi o'ringa ko'tarilish uchun SHveycariyani engishi talab qilinadi. Lekin bu keyingi bosqich yo'llanmasini kafolatlamaydi.


B guruhi: Belgiya 1/8 finalda, Rossiyani Daniyaga qarshi hal qiluvchi o'yin kutmoqda

3-tur o'yinlari: Rossiya – Daniya, Finlyandiya – Belgiya

• Birinchi o'rinni saqlab qolish uchun Belgiyaga Finlyandiya bilan bellashuvda durang ham etadi.

• Rossiya Daniyani engsa ikkinchi o'rinni egallaydi. Agar o'zi durang o'ynasa – Finlyandiya Belgiyani yutib qo'ymasligi talab qilinadi.

• Belgiya ustidan qozonilgan g'alaba pley-offga Finlyandiyani olib chiqadi. Rossiya Daniyaga mag'lub bo'lsa, finnlarga durang ham etadi.

• Daniya ikkinchi pog'onani egallashi uchun (o'zi Rossiyani mag'lub etishi, Finlyandiya esa Belgiyaga imkoniyatni boy berishi zarur) to'plar nisbatini ham unutmasligi zarur.


C guruhi: Niderlandiya aniq birinchi o'rin, Ukraina va Avstriya ikkinchi o'rin uchun maydonga tushadi

3-tur o'ynlari: SHimoliy Makedoniya – Niderlandiya, Ukraina – Avstriya

• So'nggi turda nima bo'lsa ham Niderlandiya birinchi o'rindan pasga tushmaydi.

• Ukraina shunchaki Avstriyaga yutqazmasa, ikkinchi pog'onani saqlab qoladi.

• Ikkinchi o'rin uchun Avstriyani faqatgina g'alaba qanoatlantiradi.

• SHimoliy Makedoniya – musobaqada pley-off imkoniyatlarini butkul yo'qotgan yagona terma jamoa hisoblanadi.


D guruhi: CHexiya – Angliya – birinchi o'rin uchun to'qnashuv

3-tur o'yinlari: Xorvatiya – SHotlandiya, CHexiya – Angliya

• CHexiya oxirgi turda Angliyaga yutqazmasa, guruh bosqichini birinchi o'rinda yakunlaydi. O'zi Angliyaga mag'lub bo'lib, SHotlandiya Xorvatiyani taslim etsa, ikkinchi bo'ladi. Patrik SHik va jamoasi uchinchi o'ringa tushib ketish varianti ham yo'q emas: bunda chexlar Angliyaga mag'lub bo'lishi va Xorvatiya kerakli farq bilan o'z o'yinini yutishi talab qilinadi. 

• Faqatgina CHexiya ustidan qozonilgan g'alaba Angliyaga birinchi o'rinni taqdim etadi. Keyingi bosqich uchun durang yoki Xorvatiya SHotlandiyaga yutqazmasligi etarli bo'ladi. Uchinchi o'rin? Unday variant ham bor: CHexiyaga imkoniyat boy berilishi va SHotlandiyaning yirik g'alabasi. 

• Agar CHexiya yutqazib qo'ysa, Xorvatiya kerakli farq bilan g'alabani qo'lga kiritsa, ikkinchi o'ringa ham ko'tarilishi mumkin bo'ladi. Biroq hech bo'lmasa uchinchi o'rindan pley-offga davogarlik qilish uchun SHotlandiyani engish zarur.

• SHotlandiya g'alaba qozonishi shart. Qiziq tomoni shotlandlar hali ham inglizlarni ikkinchi o'rindan tushirib yuborishi mumkin (Xorvatiya ustidan qozonilgan g'alaba va Sautgeyt jamoasi mag'lubiyati buni taminlaydi).


E guruhi: Ispaniyaga shunchaki g'alaba kerak



3-tur o'yinlari: Slovakiya – Ispaniya, SHveciya – Polsha

• SHveciyaga Polsha bilan o'yinda durang ham etarli bo'ladi. Mag'lubiyatga uchraydigan bo'lsa SHveciya bosqichni uchinchi o'rinda yakunlaydi. Eng chalkash vaziyat scenariysi: SHveciyaning mag'lubiyati va Ispaniya yana durang o'ynashi – shunda hammada 4 ochkodan bo'ladi, uyog'iga matematika boshlanadi.

• Ispaniya ustidan qozonilgan g'alaba Slovakiyaga pley-offga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani taqdim etadi, jamoa guruhni kuchli ikkilikda yakunlaydi. Agar durang bo'lsa – SHveciya Polshaga yutqazmasligi zarur. 

• G'alaba Ispaniyani pley-offga olib chiqadi. Durang ularni uchinchi o'rinda qoldiradi – biroq guruhning ikkinchi o'iyinida Polsha SHveciyani yuta olmasligi zarur.

• Polsha Ispaniya bilan qayd etilgan 1:1dan keiyn imkoniyatini saqlab qoldi. Robert Levandovskiy jamoadoshlari SHveciyani yutgan taqdirda, ikkinchi o'ringa ko'tarilishlari mumkin. Buning uchun shuningdek Slovakiya – Ispaniya o'yinida durang qayd etilmasligi zarur. Agarda ispanlar va slovaklar to'qnashuvi durang natija bilan yakunlansa, Polsha o'zi o'yinini ikki va undan ko'proq to'p farqi bilan yuta olsa, Paulo Souza boshchiligidagi Polsha keyingi bosqichga birinchi o'rindan chiqadi.


F guruhi: Portugaliya to'rtinchi bo'lishi mumkin, Vengriyada ikkinchi o'ringa ham kichik imkoniyat bor


3-tur o'yinlari: Germaniya – Vengriya, Franciya – Portugaliya

• Franciya o'zi uchun pley-offdan joy deyarli naqd qilib qo'ydi. Francuzlar Portugaliyaga yutqazib qo'ysa ham, uchinchi o'rindan ham pastga tushib ketishi juda qiyin (4 ochkoga ega jamoa esa 1/8 final bosqichiga chiqishi deyarli aniq). Portugaliya ustidan qozonilgan g'alaba = birinchi o'rin kafolati, durang = kamida ikkinchi o'rin degani.

• Germaniya uchun ham barchasi oddiy. Vengriya ustidan qozonigan g'alaba = kamida ikkinchi o'rinni kafolatlaydi. Durang qayd etilgan taqdirda nemislar ikkinchi o'rinni saqlab qolishadi, agarda Portugaliya Franciyani enga olmasa, Krishtianu Ronaldu va jamoasi zafar quchsa – Germaniya uchinchi. 

• Portugaliya oxirgi turda Franciyani mag'lub etsagina, birinchi yoki ikkinchi o'rinni egallaydi.

Mag'lubiyat uchinchi o'rinni yo'qotishga etarlicha sabab bo'lmasligi mumkin (buning uchun Vengriya Germaniya ustidan g'alaba qozonmasligi zarur). Lekin bu Santush shogirdlari uchun yomon variant, chunki unda Portugaliya hisobida faqatgina 3 ochko va 0ga teng to'plar farqi (hozir 5:4) bo'ladi. Bu esa jamoaga keyingi bosqich uchun kamlik qilishi mumkin. Boshqa tomondan Evro-2016"da Portugaliya shunga o'xshash holatda guruhdan chiqqandi: 3 ochko va to'plar nisbati 4:4.

Agarda Portugaliya Franciyaga mag'lub bo'lsa, Vengriya esa Germaniyadan ustun kelsa, musobaqaning amaldagi g'olibi to'rtinchi o'ringa tushib ketadi.

• Vengriya g'alaba qozonsayu, Portugaliya mag'lub bo'lsa, vengrlar ikkinchi o'rinni egallashadi. Agarda Vengriya ham, Portugaliya ham zafar quchsa, ikkinchi o'rin taqdiri to'plar farqiga ko'ra hal qilinadi. Vengriya uchinchi bo'lishi uchun ikki narsa talab qilinadi: o'z o'yinida g'alaba va Franciya - Portugaliya to'qnashuvida durang.

Agarda guruh bosqichi hozir yakunlanganda, pley-off qanday ko'rinish olardi?



Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика